|
Tukli bargli xandeliya guli-flores handeliae trichophyllae
|
bet | 10/15 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 2,43 Mb. | | #138039 |
Bog'liq O\'zbekistondagi foydali o\'simliklar.Otaxonova DilnozaxonTukli bargli xandeliya guli-flores handeliae trichophyllae
O'simlikning nomi. Tukli bargli xandeliya- Handelia trichophylla (Schrenk.) Heimerl.; Astradoshlar- Asteraceae (murak-kabguldoshlar- Compositae) oilasiga kiradi. Ko'p yillik, mayda qirrali, yuqori qismi qalqonsimon shoxlangan, balandligi 70-100 sm bo'lgan poyali o't o'simlik. Ildizoldi to'pbarglari uzun sertukli bandli, poyadagilari bandsiz ketma-ket joylashgan. Hamma barglari chiziqsimon-ipsimon bo'laklarga patsimon qirqilgan. Sariq rangli gullari savatchaga joylashib, poya va shoxlari uchida ro'vaksimon-qalqonsimon gul to'plamini hosil qiladi. Mevasi-kulrang pista. May oyining oxirida- iyunda gullaydi, mevasi iyun oxirida- avgustda yetiladi.
Geografik tarqalishi. O'simlik, asosan, O'rta Osiyo (Jung'or Olatog'i, Tyan-Shan, Pomir-Oloy)da tarqalgan. U tog' etaklaridan tog'larning o'rta qismigacha bo'lgan shag'alli-toshli qoyalarda, daryolar qirg'oqlarida, qisman ekilmay qolgan va boshqa yer-larda o'sadi. O'zbekistonda Toshkent, Farg'ona, Andijon, Samar-qand, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida uchraydi.
Mahsulot tayyorlash. O'simlik gullagan vaqtida gul to'plamlari qirqib olinadi va soya yerda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot qalqonsimon gulto'plamining ayrim bo'laklari va 1 sm dan uzun bo'lmagan bandli savatchalardan tashkil topgan. Savatchalar mayda (diametri 3-5 mm), ko'p gulli (hamma gullari sariq, naychasimon), yarim shar ko'rinishida. Naychasimon o'rama bargi uch qator. Mahsulot hidi o'ziga xos, mazasi- xushbo'y, achchiq.
2.2. O‘ZBEKISTON DORIVOR VA FOYDALI O‘SIMLIKLARINING XOMASHYO BAZASI.
O’simliklar dunyosining xilma-xilligi. Bizga tanish bo'lgan barcha o'simliklar tanasi hujayra va to'qimalardan tashkil topgan. O’simlik hujayrasi fanga XVII asrning 60-yillaridan ma’lum. O’simlik hujayrasini o'rganishda Robert Gukning xizmati katta. Guk po'kakdan yupqa kesik tayyorlab, mikroskop oqrali qaralganda mayda katakchalarni ko'rib, uni «hujayra» deb atadi. Hujayra haqidagi ma’lumotlarni kengayishida Malpigi va Gryu (1671 y.)larning roli katta. O’simliklar dunyosi o'zining xilma-xil morfologik tuzilishga ega bo'lgan vakillarga juda boy. O’simliklarning bir hujayralilaridan tortib juda katta hajmdagi vakillarini uchratish mumkin. Masalan, ko'k-yashil suvo'tlar bo'limi vakillarining ba’zilari bir hujayrali sharsimon, ipsimon, diatom suvo'tlar bo'limining ko'pgina vakillari mikroskopik tuzilishga ega. Shu bilan birga tabiatda yuksak o'simliklar hozirda sporali yuksak o'simliklar, ochiq urug'lilar va gulli o'simliklar tarzida o'zining hayotiy faoliyatini davom ettirmoqdalar. Sporali yuksak o'simliklar yo'sintoifa, plauntoifa, qirqbo'g'imtoifa, qirqquloqtoifa o'simliklar bo'lib, ularning tashqi ko'rinishi turli-tuman shaklda. Yo'sintoifa o’simliklarning ba’zi vakillari tanasi qattanadan iborat bo'lib, ular Yer kurrasining ko'p hududlarida uchraydi. Plauntoifalar shakllangan barg va poyaga ega. Qirqquloqtoifalarning tashqi ko'rinishi chiroyli bo'lib, har doim uchidan o'suvchi «vayya» deb nomlanuvchi bargi va bo'g'im oraliqlari qisqargan novdalari shakllangan. Sporali yuksak o'simliklaming faqat yo'sintoifalarida gametofiti dominat bo'lib, har xil ko'rinishlarga ega. Ochiq urug'li o'simliklar yirik tanasi ba’quvvat bo'lib, urug'lari urug'chili qubbalarda ochiq holda hosil bo'ladi.
Gulli o'simliklar hozirda xukmron o'simliklar bo'lib, yuqorida qayd qilingan o'simliklarga nisbatan ancha murakkab hayotiy shakllarga ega. Ularda urug' yopiq holda hosil bo'ladi, hamda changlanish va urug'lanish kabi biologik jarayonlar sodir bo'ladi. Shunday qilib, Yer kurrasidagi o’simliklar har xil ekologik sharoitlarda o'sadi va Yer yuzida yuz beradigan ko'pgina jarayonlarda ishtirok etadilar.
|
| |