• Reja: 1.
  • Avtomatlashtirilgan axborot tizimini tadbiq etishning samarali yollari.
  • Toshkent gumanitar fanlar universiteti iqtisodiyot yo




    Download 85.04 Kb.
    bet1/4
    Sana19.06.2023
    Hajmi85.04 Kb.
    #74192
      1   2   3   4
    Bog'liq
    avtomatlashtirilgan axborot tizimi tasniflanishi
    Игамбердиева Мунаввар Тухтаевна, Aziziddin Nasafiy asarlarida shaxs, ma’naviy, axloqiy tarbiyasi va xozirgi glaballashuv jarayonidagi ma’naviy uyg‘unlik sifati, ish reja materialshunoslik., Elektronika Nawrizimbet, Мавлиди шариф, Sayrlarda jarohatlanish sabablari va ularning turlari, Ozbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi (1) (1), Mavzu Ozbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi., article hr, 35302-Axborot matnlar bilan ishlash va media madaniyati, Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xususiyatlari-fayllar.org, Algebra va sonlsr nazaryasi masalalar, 1-kurs, chizma geometriya fanidan oraliq nazorat uchun topshiriq, Reference-303201101372

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI


    TOSHKENT GUMANITAR
    FANLAR UNIVERSITETI
    IQTISODIYOT YO’NALISHI
    202-GURUH TALABASI SAIDOV RASUL
    IQTISODIYOTDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYLAR VA TIZIMLARI FANIDAN

    MUSTAQIL ISH

    MAVZU: AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TIZIMI TASNIFLANISHI
    BAJARDI SAIDOV RASUL
    QABUL QILDI______________________

    TO’RTKO’L-2023



    Reja:
    1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini tadbiq etishning samarali yo'llari.
    2. Ma'lumotlar bazasi tushunchasi.
    3. Ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimi




    Kirish
    Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB)kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz.
    Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir.
    Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmokda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

    Avtomatlashtirilgan axborot tizimini tadbiq etishning samarali yo'llari.
    Axborot tizimlari boshqaruv xizmatlari xodimlariga axborot xizmat ko’rsatuvchi tizim sifatida axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va ishlab chiqish bo’yicha texnologik vazifani bajaradi. U aniq iqtisodiy obyektda qabul qilingan boshqaruv faoliyatining usullari va tuzilishi bilan belgilangan tartibda vujudga keladi, shakllanadi va faoliyat yuritadi.
    Jamiyatni axborotlashtirishning zamonaviy darajasi iqtisodiy obyektlarning turli-tuman axborot tizimlarida eng yangi texnik, texnologik, dasturiy vositalardan foydalanishni taqozo qiladi. 
    AATning tashkil qilinishi iqtisodiy obyektning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ko’maklashadi va boshqaruv sifatini ta’minlaydi. Korxona, firma va barcha sohalarning ish rejalarini muvofiqlashtirishda tezkor qarorlarni ishlab chiqish, moddiy va moliyaviy resurslar bilan aniq harakat qilish orqali AATning eng katta samaradorligiga erishiladi.
    Shu bois ham AATlarining faoliyat yuritish sharoitlarida boshqaruv jarayonlari obyektning o’ziga xos tarkibiy-dinamik xususiyatlarini ko’proq yoki kamroq adekvat aks ettiruvchi iqtisodiy-tashkiliy modellarga asoslanadi. Modelning o’xshashligi, eng avvalo uning haqiqiy vaziyatga tahlid qiluvchi sharoitlarda xatti-harakati o’xshashligi ma’nosida obyektga mosligini, qo’yilgan vazifa-ning ta’riflari va xususiyatlari uchun muhim qismida modellashtirilgan obyektning holatini bildiradi. Shubhasiz, modelda obyektning xususiyatlari to’liq qaytarilishi mumkin emas, ammo tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun muhim bo’lmagan qismlarini e’tiborga olmaslik mumkin. Modellar ehtimoliy va deterministik, vazifaviy va tarkibiyga bo’lingan, o’z shaxsiy tasnifiga ega.
    Modelning bu xususiyatlari axborot tizimlarining xilma-xil turlarini vujudga keltiradi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy komponentlari 1-rasmda keltirilgan.
    AATni tashkil qilish tajribasi, muvofiqlashtirilgan usullarni iqtisodiy ish faoliyatiga tadbiq etish, ishlab chiqarish - xo’jalik jarayonlarining vaziyatlarini shakllantirish, davlat va tijorat tuzilmalarini zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash boshqaruvda axborot jarayonlari texnologiyasini tubdan o’zgartiradi. Hozirda boshqaruv faoliyatining AAT ko’plab tashkil qilinmoqda.
    Boshqaruv obyekti faoliyat yuritishining sohasi bo’yicha tizimlarning tasnifi ravshan bo’lgani uchun, quyidagi alomatlarni ko’rib chiqamiz. Boshqaruv ja-rayonlarining turlari bo’yicha AAT quyidagilarga bo’linadi:
    - Texnologik jarayonlarni boshqarishning AAT - bu texnologik qurilmalar, dastgohlar, avtomatik liniyalarni boshqarishni ta’minlovchi «inson-mashina» tizimlaridir;
    - Tashkiliy-texnologik jarayonlarni boshqarishning AAT - texnologik jarayonlarni boshqa-rishning AAT va korxonalarni boshqarishning AATini birlashtiruvchi ko’p darajali tizimdan iborat;
    - Tashkiliy boshqaruvning AAT uchun iqtisodiyotni boshqarishning barcha bosqichida amalga oshiriladigan, ishlab chiqarish, ho’jalik, ijtimoiy-iqtisodiy, vazifaviy jarayonlar obyekti bo’lib xizmat qiladi, xususan:
    a) Bank ATT;
    b) Fond bozori AAT;
    c) Moliya AAT;
    d) Sug’urta AAT;
    e) Bojxona xizmati AAT;
    f) Statistika AAT;
    r) Marketing AAT;
    i) Buxgalteriya AAT;

    Download 85.04 Kb.
      1   2   3   4




    Download 85.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent gumanitar fanlar universiteti iqtisodiyot yo

    Download 85.04 Kb.