|
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fanidan 2- amaliy ishni bajarishga namuna
|
bet | 1/4 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 120,36 Kb. | | #142656 |
Bog'liq MTA 2-amaliy ish 2022
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
“KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI
“AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI
“Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fanidan
2- AMALIY ISHNI BAJARISHGA
NAMUNA
(2-kurslar uchun)
Mavzu: Funksiyalarni amalga oshirish
Fan o‘qituvchisi: kat.o‘q. Kudratov R.B.
S a m a r q a n d _ 2022
Mavzu: Funksiyalarni amalga oshirish
Ishdan maqsad: Ma’lumotlarning oddiy sozlangan va nostandart toifalarini o’rganish va ularni tadqiq qilish.
Qo’yilgan masala: Haqiqiy, belgili, mantiqiy toifadagi ma’umotlarni e’lon qilish, nostandart toifalarni yaratish va ularga doir misollarning dasturini ishlab chiqish. Funksiyalar yaratish.
Ish bajarish tartibi:
Tajriba ishi nazariy ma’lumotlarini o’rganish;
Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;
Python dasturlash muhitida dasturni yaratish;
Natijalarni tekshirish;
Hisobotni tayyorlash va topshirish.
Funksiya – bu ko'p marta ishlatiladigan dastur bo'lagi. Funksiyalar ma'lum buyruqlar blokini ko'rsatilgan nom bilan saqlash va shu blokni dasturning istalgan joyida, istalgan miqdorda bajarish imkonini beradi.
Funksiyalar def zahira so'zi orqali aniqlanadi. Bu so'zdan so'ng funksiya nomi, undan so'ng qavs va shu qavs ichida bir necha o'zgaruvchilarni ko'rsatish mumkin bo'ladi va oxirida ikki nuqta (:) yoziladi. Shulardan so'ng funksiyani tashkil qiluvchi buyruqlar bloki yoziladi. Quyidagi misolda buning oson ekanligini ko'rish mumkin.
Misol:
Ikki sonnning yig’indisini topuvchi funksiya yaratish.
a,b=eval(input('ikkita sonni kiriting')) #a va b sonlarni kiritish
def funk(a,b): # funksiya e’lon qilish
return a+b #qiymat qaytarish
print(funk(a,b)) #funksiyaga murajaat qilish
NATIJA:
Misol: (function1.py nomi bilan saqlang)
def Salom():
print('Salom, Dunyo!') # funksiyaga tegishli blok
# Funksiya oxiri
Salom() # funksiyani chaqirish
Salom() # ya'na bir marta funksiyani chaqirish
|
| |