Ta’limga tizimli va texnologik yondashuv




Download 27.2 Kb.
bet3/6
Sana10.09.2023
Hajmi27.2 Kb.
#81024
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu
PUBG MOBILE регламент, MIRZAYOROVA GULHAYO - OBYEKTIVKA, Zakovat SAVOLLAR JAVOBLARI BILAN ENG SARA SAVOLLAR, wordskilss Булунғур 2 сон кхм, tri, 2-Mustaqil ish topshiriqlari, 2 dars, Mavzu. Egri chiziqli harakatda ko\'chish tezlik va tezlanish. Ayl, tibbiy bilim asoslari yakuniy javoblari, IT Organizations, 2-lab sql, 1-mavzu sql amaliy, file, i7IHARDgHT0imjb4207
2. Ta’limga tizimli va texnologik yondashuv.
Texnologiya – tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llanadigan usul va metodlar majmui bo’lib, shunday usul va metodlarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi fan sifatida ta’riflanadi. Texnologiyaning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o’quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o’quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv, eng avvalo, tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko’rsatmali tuzilmada o’z ifodasini topadi.
Ta’limga texnologik yondashuv o’quv jarayonini o’zaro uzviy bog’liq etaplar va amallarga ajratishni va bo’lishni; ta’limdan ko’zlangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirish, bosqichma-bosqich amalga oshirishni; loyihalashtirilgan ish va amallarning barchasini bir xil tarzda bajarishni nazarda tutadi.
Qayta takrorlanish xususiyati tufayli ushbu tizim modul shakliga ega bo’lib, mazmunlar bilan to’ldirilgan va umumiy tarkibga bog’langan birliklar, ya’ni ta’limning umumiy maqsadi va mazmuni, o’quv maqsadi, o’qitish va baholash jamlamalaridan tashkil topadi. Amalda bu pedagogning qayta-qayta takrorlanuvchan harakatining algoritmi hisoblanadi. Ushbu algoritmning yangi va yangi bo’limlarda qo’llanishi o’quv jarayoni ko’lamini qamrab oladi.
Ta’lim jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil etishning rejalashtirish bosqichida, yetakchi pedagoglardan pedagogik texnologiyaning qonun-qoida va tamoyillari asosida uslubiy ashyolarni ishlab chiqish paytlarida yuqoriroq malaka talab etiladi. Loyiha tayyor bo’lgach, pedagog asosan tashkilotchi va maslahatchi vazifalarini bajaradi.
Bu yondashuv asosan, reproduktiv ta’limga xosdir. Reproduktiv ta’lim tipik vaziyatlarda biror ish-harakatni oldin bilib olingan qoidalar asosida bajarishdir. Reproduktiv daraja uchun pedagogik texnologiya usulida ta’lim – takror ishlab chiqiladigan konveyerli jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutiladigan natija ham mufassal tasvirlanib, aniq qayd etiladi. O’quv materiali aniq ifodalangan o’quv maqsadiga mos qayta tuzilib, ishlab chiqiladi, ba’zi bo’laklari qismlarga ajratilib, har bir bo’lakni o’rganish mustaqil nazorat qilinib, xato va kamchiliklari to’g’rilanib boriladi.
O’quv jarayonining barcha bosqichlarida butun tizimning asosiy texnologik jihati – o’quv jarayonining so’nggi natijalari bo’lgan o’quv maqsadiga erishishga yo’naltirilganligini ham kuzatish mumkin. Texnologik yondashuvni qo’llash qo’yilgan o’quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydi.
Keng ko’lamda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari ta’lim jarayonining ilg’or texnologiyalarini o’rganish va ularning o’quv-tarbiya jarayoniga joriy etilishini taqozo qiladi. Bu esa, o’z navbatida, pedagoglardan ta’lim sohasiga texnologik yondashuvni, pedagogik texnologiya usulini egalashni va hududimizning milliy, ma’naviy-madaniy xususiyatlarini va an’analarini hisobga olgan holda pedagogik amaliyotda qo’llash va ularni rivojlantirishni talab etadi.
Texnologik yondashuv doirasida yaratilgan didaktik loyihalash usullariga bo’lgan munosabat o’quv jarayonini samarali va ijodiy rejalashtirish, yangi fikrlar bilan boyitish, ularning natijalarini baholashga yordam beradi.

Download 27.2 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 27.2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’limga tizimli va texnologik yondashuv

Download 27.2 Kb.