• TAYANCH IBORALAR
  • Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja




    Download 8,06 Mb.
    bet1/197
    Sana01.02.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #149719
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
    Bog'liq
    Fizikadan maruza matni






    -
    MAVZU: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa
    fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati.
    REJA: 1. Kirish. Tabiatni o’rganishda fizikaning o’rni.
    2. Sharq allomalarining tabiatni o’rganish ilmiga qo’shgan hissalari.
    3. Fizikaning rivojlanish tarixidan ma’lumotlar.
    4. Fizika va texnika.
    5. Fizikaning tibbiyotdagi ahamiyati.


    TAYANCH IBORALAR: Fizika, fizikaviy qonunlar, fizik kattaliklar, birliklar sistemasi, Xalqaro birliklar sistemasi, hosilaviy birliklar.

    Fizika tabiat hodisalarining eng sodda va shu bilan birga eng umumiy qonunlarini, materiyaning xossalari, tuzilishi va ularning harakat qonunlarini o'rganadigan fandir .


    Fizika so'zi yunoncha “phyuzis" – “tabiat” so'zidan olingan bo'lib , uning qonunlari barcha tabiatshunoslik bilimlarining asosida yotadi. Shuning uchun ham uni uzoq vaqt tabiat falsakasi deb ham ataganlar. Tajriba materiallarning ko'payishi, ularning ilmiy umumlashtirishi va tekshirishi usullarining takomillashtirilishi natijasida tabiat falsafasida -astronomiya, kimyo, biologiya , geologiya va boshqa tabiiy fanlar, jumladan , fizika ham chiqqan. Shuning uchun ham fizikaning boshqa tabiiy fanlar bilan chegarasi shartli bo'lib, vaqt o'tishi bilan o'zgarib boradi.
    Inson bilimining chuqurlashuvi va fanlar orasida yanada chambarchas bog'lanish mavjudligini ko'rsatadi. Buning natijasida esa astofizika , fizika kimyo, biofizika , geofizika kabi fanlar vujudga keldi.
    Tabiat qonunlarini chuqur o'rganish bizni o'rab turgan dunyo materiyalarni, ya'ni bizning olamimizdan tashqarida ham mavjudligini ko'rsatadi. Bizni o'rab turgan barcha mavjudot va bizning o'zimiz ham, jumladan, fizikada ko'p foydalaniladigan modda va maydon ham materiyaning ajralmas qismidlaridandir. Materiya doimo xarakatda bo'ladi, yani vaqt o'yishi bilan ularning o'zaro joylashuvi, shakli, o'lchamlari, agregat holati, fizika va kimyoviy xossalari o'zgarib turadi. Harakat materiyaning ajralmas xossasi va mavjudlik shartidir. Fizika tjribaviy fan bo'lib, uning qonunlari tajriba natijalariga asoslanadi. Tajriba ma'lum qonunlarni tekshirish va yangi natijalarni aniqlash uchun o'tkaziladi.
    Fizikaning rivojlanishi ishlab chiqarishning texnikaviy darajasiga ta'sir ko'rsatadi. Fizikada kashfiyotlar amalgam oshirilgandan so'ng, ularni chiqarishga tadbiq etish bilan birga shug'lanuvchi mutaxasislar maydonga chiqadilar va fizika bilan chambarchas bog'langan yangi fanlar vujudaga keladi.
    XIX asrning oxiri XXasrning boshida elektromagnit xodisalariga bog'liq ko'plab jarayonlar kashf etildi.
    Atom va yadro fizikasi soxasidagi kashfiyotlar atom energiyasidan foydalanish imkoniyatlarini yaratdi.
    Hozirgi paytda ко plab atom elektr stansiyalari, atom energiyasida ishlovchi muzyorar va suvosti kemalari ishlab turibdi.
    Yarim o'tkazgichlarning kashf qilinishi radio va electron hisoblash texnikasida inqilobiy o'zgarishlarni amalga oshirdi. Zamonaviy televizorlar , magnitofonlar, kompyuterlar va boshqa vositalarning yaratilishiga asos bo'lib xizmat qildi. Kosmosning o'zlashtirilishi va undan amalda foydalanish natijasida esa dunyoning istalgan chekkasidan uzatilayotgan radio va televizion eshtirishlarni qabul qilish, simsiz so'zlashuv vositalarini yaratish imkoni vujudga keldi.
    Yarim o'tkazgichli fotoelementlarining yaratilishi suniy yo'ldoshlarni energiya bilan taminlashga, quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirib, ekologik toza energiya olishga imkon yaratdi. Natijada elektrotexnika , radiotexnika , yadro texnikasi, issiqlik texnikasi, geliotexnika, elektronika kabi fanlar vujudga keldi. Insonning og'irini yengillashtirishga xizmat qilayotgan fizik kashfiyotlar natijalarini yana ko'plab keltirish mumkin.
    Sharq allomalarining buyuk vakillaridan bo'lmish Muso al - Xorazmiy va Muxammad al - Farg'oniylar Bag'dod akademiyasi "Bayt ul-Xikmat " da o'z tadqiqotlarini olib borganlar. Abu Abdullox ibn Muso al -Xorazmiy matematika, astronomiya , geografiya sohasida asarlar yaratgan. Uning " Xisob al- Hind " va " Astronomik jadvallar " asarlari XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropada tarqalgan o'nlik sanoq sistemasi va algoritm tushunchasining yoyilishiga olib kelindi.
    Muxammad Ibn Al - Farg'oniy ham astronomiya , geografiya , matematika fanlari bilan shug'ullangan. Farg'oniy quyosh tutilishini oldindan hisoblab chiqqan. Yerning sharsimon ekanini ilmiy isbotlagan meridian uzunligini hisoblagan. Uning " Yulduzlar ilmi va samoviy xarakatlar xaqida to'plam " nomli qomusiy asari ko'plab tillarga tarjima qilingan. Qomusiy olim va mutaffakir Abu Rayxon Beruniy birinch globusni yasagan. Geliosentrik sistema to'g'risidagi fikrlari fan taraqqiyotiga katta xissa qo'shgan.
    Abu Ali Ibn Sino - qomusiy olim, mutaffakir, faylasuf , shoirning asarlarining soni 280 dan ziyod. Ularning 40 dan ko'prog'i tibbiyotga, 30 dan ortig'i tabiiy fanlar va musiqaga oid, qolganlari falsafa, mantiq, axloq, iloxiyot, ijtimoiy - siyosiy mavzularda.
    XV asrda Mirzo Ulug'bek Samarqandda akademiya tashkil qildi. U dunyodagi eng yirik astranomiya maktabini tuzgan katta ilmiy va madaniy meros qoldirgan .
    Atoqli matematik va astranom al-Koshiy G'iyosiddin Jamshid birinchi bo'lib matematikaga o'nli kasrlarni kiritdi va asosladi, sin I va П sonin o'nli sistemada 17 xonagacha aniqlik bilan hisoblagan.
    Buyuk bobolar ruhiga yuksak hurmat va ehtirom bo'lgan keyingi avlodlar ularning ishlarini munosib davomchilari bo'lib qolishmoqda.
    Fizik kattaliklar , miqdor jixatdan bar bir ob'yekt uchun xususiy, lekin sifat jixatdan ko'plab ob'yektlar uchun umumiy bo'lgan va bu ob’yektlarning biror xossasmi ilodalovchi kattaliklarga aytiladi.
    Fizik kattalikni ham miqdor, ham sifat jixatdan to'la ifodalaydigan kattalika haqiqiy qiymati deyiladi.
    Fizik kattaliklarning qiymatlari doimo takomillashtirib boriladigan tajribalar yordamida aniqlanadi va ularni solishtirish kelishilgan birliklarni kiritilishini taqazo etadi.
    Fizik kattaliklar sistemasi asosiy va xosilaviy kattaliklardan iborat. Asosiy fizik kattaliklar 7 ta bo'lib, ularni 3tasi moddiy dunyoning asosiy xossalarini ifodalovchi: uzunlik , massa , vaqtdir . Qolgan 4 tasi: tok kuchi, termodinamik harorat, modda miqdori va yorug'lik kuchi fizikaning biror bo'limidan olingan.
    Fizik kattalikning birligi deb, har bir kattalikni miqdoriy ifodalash uchun qo'laniladigan , shartli ravishda son qiymati birga teng deb belgilangan o'lchamli fizik kattalikka aytiladi.
    Fizik kattalikning Xalqaro birliklar sistemasi (SI -sistema international) 1960 yida o'lchov va tarozilar bo'yicha bosh konferensiyada qabul qilingan bo’lib, yettita asosiy birlik- metr, kilogramm, sekund , amper, kelvin, mol, kandela va ikkita qo'shimcha radian va steradianlardan tuzilgan .
    Hosilaviy birliklar fizik qonunlardan foydalanib topiladi. Fizik kattaliklarning asosiy va xosilaviy birliklarning to'plami birliklar sistemasini tashkil qiladi.

    Download 8,06 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




    Download 8,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja

    Download 8,06 Mb.