|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 8/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniO'rtacha va oniy tezlanish. Tezlanish — tezlikning kattaligini, shuningdek, yo'nalishining o'zgarishini ham xarakterlaydi. Notekis harakatning ∆t vaqtdagi o'rtacha tezlanishi a o’r deb, tezlikning o'zgarishi ∆v ning ∆tga nisbati bilan aniqlanadigan vektor kattalikka aytiladi
Agar ∆t ni cheksiz kichraytirib borsak, ya'ni ∆t→ 0, unda mod-diy
nuqtaning t vaqtdagi oniy tezlanishini topamiz:
Shunday qilib, tezlanish tezlikdan vaqt bo'yicha olingan birinchi tartibli hosila kabi aniqlanadigan vektor kattalikdir.
Tezlanishning ta'rifiga asosan uning birligini quyidagicha aniqlaymiz:
Shunday qilib, SI da tezlanishning birligi sifatida tezligini 1 sekundda 1 m/s ga o'zgartiradigan harakat tezlanishi qabul qilingan.
T
ezlanishning tashkil etuvchilari. Ta'rifda qayd etilganidek, tezlanish tezlik va uning moduli (kattaligi) yo'nalishining o'zgarishi bilan xarakterlanadi. Demak, to'la tezlanish (a ) tezlik modulining o'zgarish tezligini (a,) va yo'nalishining o'zgarish tezligini (3n) xarakterlovchi tashkil etuvchilarning geometrik yig'indisidan iborat ekan (rasm), ya'ni
a =a1, + an
Agar rasmdagi uchburchakka Pifagor teoremasini qo'llasak, tezlanishning kattaligi uchun a = ifodani olamiz.
Bunda a1, tezlanishning — tangensial, an— normal tashkil etuvchilaridir.
Tezlanishning tangensial tashkil etuvchisi. Tezlanishning tangensial tashkil etuvchisi a, tezlik modulidan vaqt bo'yicha olingan birin-chi tartibli hosiladek aniqlanadi. U doimo harakat trayektoriyasiga urinma bo'ylab yo'nalgan bo'lib, tezlik modulining o'zgarishini xarakterlaydi:
To'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakat.
To'g'ri chiziqli tekis о'zgaruvchan harakat deb, tezliklari teng vaqtlar oralig'ida teng miqdorda o'zgaradigan harakatga aytiladi.Bunday harakatda tezlanishning tangensial tashkil etuvchisi o'zgarmas bo'ladi, ya'ni
∆v — tezlikning ∆t vaqt davomida o'zgarishi, ya'ni ∆v= v1 — v0, bunda v0— boshlang'ich (dastlabki) tezlik, v1— ∆t vaqt o'tgandan keyin erishilgan tezlik. Biz vt = v deb olaylik. Shuningdek, vaqt oralig'ini soddaroq qilib Af — t deb belgilasak, yuqoridagi formula quyidagi ko'rinishga keladi:
Bu formuladan keyingi tezlik v ni topsak
v=v0+at
Harakat teilanuvchan bo 'Iganda a musbat ishora bilan, sekinla-nuvchan bo 'Iganda manfiy ishora bilan olinadi.
To'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakatda o'rtacha tezlik vo’r boshlang'ich v0va oxirgi v tezliklarning o'rtacha arifmetik yig'indisi kabi topilishi mumkin:
|
| |