|
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH BO'YICHA SAVOLLAR
|
bet | 2/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniMAVZUNI MUSTAHKAMLASH BO'YICHA SAVOLLAR:
1.Fizka fani nimani o'rganadi?
2.Halqaro birliklar sistemasi nima?
3.SI birliklar sistemasining yetita asosiy fizik kattaliklarini ayting.
4.Sharq allomalaridan kimlarni bilasiz?
5.O’zbekistonda fizika taraqqiyoti sohasida qanday ishlar olib borilmoqda?
6.Xalqaro birliklar sistemasi qachon qabul qilingan?
7.“Fizika” so’zining ma’nosi nima va u qanday so’zdan olingan?
8.Hosilaviy birliklar qanday aniqlanadi?
9. Fizika va tibbiyotning o’zaro bog’liq tomonlari bormi?
10. Fizik kattalikning birligi deb nimaga aytiladi?
MAVZU: I-Bob. Kinematika. Kinematikaning vazifalari. Jismlarning
fazodagi vaziyatlarini aniqlash.
REJA: 1. Kinematikaning vazifalari.
2. Harakat xaqida umumiy tushuncha.
Koordinatalar va sanoq sistemalari.
Vektorlar ustida amallar.
Vektor kattaliklarning koordinata o’qlaridagi proyeksiyalari.
TAYANCH IBORALAR: Moddiy nuqta; absolyut qattiq jism; ilgarilanma va aylanma harakat; sanoq sistemasi; vektor kattaliklar; trayektoriya; ko’chish va yo’l.
Fizikaning mexanik harakat qonunlari, hamda bu harakatni vujudga keltiruvchi va o'zgartiruvchi sabablarini o'rganuvchi bo'limiga mexanika deyiladi.
Mexanika uch qismga bo'linadi: 1. Kinematika.
2. Dinamika.
3. Statika.
Kinematika jismlarning harakat qonunlarini bu harakatni vujudga keltiruvchi sabablarni e'tiborga olmay o'rganadi.
Dinamika jismlarning harakat qonunlarini bu harakatni vujudga keltiruvchi va o'zgartiruvchi sabablar bilan birgalikda o'rganadi.
Statika - jismlar sistemasini muvozanat qonunlarini o'rganadi va fizikada dinamika qonunlari bilan birgalikda ko'riladi.
Mexanikaning jismlar harakati qonunlari bu harakatni vujudga keltiruvchi sabablarsiz o'rganadigan bo'limiga kinematika deyiladi. Kinematikaning asosiy vazifasi harakatni xarakterlovchi kattaliklarni aniqlash va formulalar , grafiklar , jadvallar yordamida tafsiflashdir.
Shuni aloxida qayd etmoq kerakki , insonning eng yuksak intellectual qobiliyati solishtirish yordamida o'rganishdir. Boshqacha aytganda, o’rganilayotgan jism harakati , undan soddaroq bo’lgan, fizik model sifatida tanlab olingan jism harakati bilan solishtirish yordamida o'rganiladi.
|
| |