|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 3/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniModdiy nuqta deb, ma'lum massaga ega bo'lgan va harakat o'rganilayotgan holda o'lchamlarini hisobga olmaslik mumkin bo'lgan jismga aytiladi.
Absolyut qattiq jism deb, hech qanday holatda ham deformatsiyalanmaydigan, nuqtasi orasidagi masofa o'zgarmay qoladigan jismga aytiladi.
Har qanday harakatni ham ilgarilama , ham aylanma harakatlar yig'indisi sifatida qarash mumkin.
Agar qattiq jisimning istalgan nuqtasiga biriktirilgan to'g'ri chiziq harakat davomida o'zining dastlabki holatiga parallel bo'lib qolsa, bunday harakatga ilgarilama harakat deyiladi. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, jism ilgarilama harakat qilganda barcha nuqtalari bir xil harakatlanadi va parallel izlar qoldiradi.
Agar qattiq jismning barcha nuqtalati aylanish o'qi deb ataluvchi ma'lum o'q atrofida aylanalar bo'ylab harakatlansa, bunday harakatga aylanma harakat deyiladi. Aylanib o'ynaladigan bolalar o'yinchog'i bunga misol bo'ladi.
Jismlarni, yoki jism qisimlarining bir biriga nisbatan vaziyatining o'zgarishiga mexanik harakat deyiladi.
Sanoq sistemasi. Yuqorida qayd qilib o'tilganidek , mehanik harakat jism joylashuvining boshqa jisimlarga nisbatan o'zgarishini ko'rsatadi. Demak, uning holati qaysi jismga nisbatan o'rganilayotgani bo'lsa, shu jisimga go'yoki sanoqning boshiga aylanadi. Poyezd harakati vokzalga, futbol to'pi harakati futbolchiga nisbatan joylashuvining o'zgarishiga qarab aniqlanadi. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin. Mexanik harakatni to'la tavsiflash uchun esa uning makon va zamondagi holatini to'la ko'rsata oladigan sanoq sistemasini kiritish zarur. Bunday vazifani geometriyadan tanish bo'lgan dekart sistemasi va unga biriktirilgan soat majmuasi bajrish mumkin.
Fazodagi istalgan moddiy nuqtaning o'rni uchta koordinata ( x , у , z ) bilan aniqlanadi. Agar harakat tekislikda ko'rilayotgan bo'lsa, ikkita koordinatalar (x , у ) to'g'ri chiziqda ko'rilayotgan bo'lsa, bitta koordinata ( x) bilan kifoyalanish mumkin x , у , z, vektorlar r vektorning tashkil etuvchilarini yoki koordinatalar o'qlaridagi proyeksiyalari deyiladi.
Moddiy nuqtaning harakati. A moddiy nuqta sanoq sistemasida harakatlansa , uning koordinatalari (x, y, z ) t vaqt o'tishi bilan o'zgara boradi. Moddiy nuqta holatini vaqt о’tishi bilan o'zgarishini ifodalaydigan tenglama moddiy nuqta harakatining kinematik tenglamasi deyiladi.
|
| |