|
Gorizontal va gorizontga qiya otilgan jism harakati
|
bet | 6/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniGorizontal va gorizontga qiya otilgan jism harakati.
REJA: 1. To’g’ri chiziqli tekis harakat.
2. Tekis harakat tezligi.
3. O’rtacha va oniy tezlik..
4. Yuqoriga tik otilgan jism harakati.
5. Gorizontal va gorizontga qiya otilgan jism harakati.
TAYANCH IBORALAR: O’rtacha tezlik vektori; oniy tezlik; tekis va notekis harakatlarda tezlik; tezlanish; to’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat; erkin tushish; erkin tushish tezlanishi;Yuqoriga tik otilgan jism harakati; Gorizontal va gorizontga qiya otilgan jism harakati;
Tezlik. Biz kundalik hayotda „tezroq" yoki „sekinroq" degan tu-shunchalarni ko'p ishlatamiz. Masalan, samolyot poyezddan, yengil avtomobil avtobusdan, velosipedchi piyodadan tezroq harakatlanadi degan iboralar qo'llaniladi. Bunda tezroq harakatlanayotgan vosita bir xil vaqt davomida ko'proq masofaga ko'chishi nazarda tutiladi.Vaqt birligida bosib o'tilgan yo'lga tezlik deyiladi.
Tezlik vektori. Shunday qilib, tezlik harakatlanayotgan nuqtaning ko'chishiga va buning uchun sarflangan vaqtga bog'liq kattalik ekan. Tezlik nafaqat harakat tezligi, balki uning yo'nalishini ham ko'rsatadigan vektor kattalikdir.
O'rtacha tezlik vektori deb, moddiy nuqta ko'chish vektori Arning ko'chish uchun sarflangan vaqt Atga nisbati bilan aniq-lanadigan kattalikka aytiladi:
Oniy tezlik. Endi jismning A nuqtada bo'lgandagi tezligini topaylik. Shu maqsadda harakatlanish vaqti At ni tobora kichray-tira boramiz, ya'ni At-^ 0
At cheksiz kichraytirib borilganda, o'rtacha tezlik u0.r oniy tezlik vga intiladi. Demak, (4.1) ga asosan,
Oniy tezlik deb, moddiy nuqta radius-vektoridan vaqt bo'yicha olingan birinchi tartibli hosilaga yoki moddiy nuqtaning berilgan vaqtdagi tezligiga aytiladi.
Tekis harakatda tezlik. Moddiy nuqtaning tekis harakati deb, bir xil vaqt oralig'ida bir xil yo’lо 'tiladigan harakatga aytiladi.
Demak, yo'lning barcha nuqtalaridagi oniy tezlik bir xil bo'ladi va bosib o'tilgan yo'l As ning sarflangan vaqt At ga nisbati kabi aniqlanadi:
ifoda yordamida aniqlanadi.
|
| |