• Nazorat uchun savollar
  • TAYANCH IBORALAR
  • Nyutonning birinchi qonuni.(Inersiya qonuni).
  • Kuch.
  • Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja




    Download 8,06 Mb.
    bet14/197
    Sana01.02.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #149719
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   197
    Bog'liq
    Fizikadan maruza matni

    (m)


    (m)



    υ0
    m/s

    tu
    s

    300

    1-otilish






















    2-otilish







    3-otilish







    450

    1-otilish






















    2-otilish







    3-otilish







    600

    1-otilish






















    2-otilish







    3-otilish







    Nazorat uchun savollar:

    1. Gorizontga nisbatan qiya otilgan jism harakatining trayektoriyasi qanday bo‘ladi?

    2. Gorizontga nisbatan qiya otilgan jismning uchish uzoqligi qanday kattaliklarga bog‘liq?

    3. υ0 boshlang‘ich tezlik bilan otilgan jismning tushayotgan paytdagi tezligi qanday bo‘ladi va gorizont bilan qanday burchak tashkil qiladi?







    -
    MAVZU:Dinamika. Dinamikaning vazifalari. Nyuton qonunlari.
    Inersial va noinersial sanoq sistemalari
    Butun olam tortishish qonuni.
    REJA: 1. Dinamikaning vazifalari.

    1. Nyuton qonunlari.

    2. Gravitatsion maydon. Butun olam tortishish qonuni.

    3. I-Kosmik tezlik formulasini keltirib chiqarish.

    TAYANCH IBORALAR: Dinamika, Nyyton qonunlari, inersial sanoq sistemasi, noinersional sanoq sistemasi, inertlik, massa, kuch, harakat miqdori (impuls), ishqalanish kuchi, inersiya kuchlari, Gravitatsion maydon, Butun Olam tortishish qonuni, I-kosmik tezlik.


    Dinamika bo`limi jismlarning harakat qonunlarini bu harakatni vujudga keltiruvchi va o`zgartiruvchi sabablar bilan birgalikda o`rganadigan bo`limdir.
    Dinamikaning asosiy qonunlari uchta bo`lib, ularni ingliz fizigi Isaak N'yuton (1643-1727) kashf qilgan va uning sharafiga N'yuton qonunlari deb ataladi. Bu qonunlar 1687 yilda chop etilgan “Natural filosofiyaning matematik asoslari” asarida bayon qilingan.
    N'yutonning birinchi qonuni.(Inersiya qonuni). Inertsiya qonuni haqidagi fikr XVII asrning boshlarida mashhur italyan fizigi Galileo Galiley (1564-1642) tomonidan aytilgan bo`lib, u Yerga tortilishi, havoning ishqalanishi va qarshiligi kabi turli ta'sirlardan ozod bo`lgan jism o`zgarmas tezlik bilan adabiy harakat qilishi kerak degan to`g`ri xulosaga keldi.
    N'yuton o`zidan oldin o`tgan olimlar xulosalariga hamda kuzatish va tajribalarga asoslanib, inertsiya qonunini quyidagicha ta'rifladi: har qanday jism boshqa jismlar yoki tashqi kuch ta'sir etmaguncha, u o`zining tinch yoki to`g`ri chiziqli tekis harakat holatini saqlaydi.
    Jismning tinch yoki to`g`ri chiziqli tekis harakat holatini saqlashga intilish xususiyatiga inertlik deb ataladi. Inertsiya so`zi lotincha bo`lib, "qotib qolishlik", "harakatsizlik" demakdir. Inertsiyaning namoyon bo`lishiga misol: harakatlanayotgan tramvaydagi yo`lovchilar tramvayning tezligi kamaysa-oldinga ortib borsa-orqaga, tramvay o`ngga burilsa-chapga, chapga burilganda-o`ngga og`adilar.
    N'yuton qonunlari bajariladigan sanoq sistemalariga inersial sanoq sistemalari deyiladi.
    N'yuton qonunlari bajarilmaydigan sanoq sistemalariga noinersial sanoq sistemalari deyiladi.
    Massa. Jismning massasi deb, uning inertlik o`lchovidan iborat bo`lgan fizik kattalikka aytiladi.
    Fizikada massani m harfi bilan belgilash qabul qilingan. SI sistemasida massa birligi 1 kgdeb qabul qilingan.
    Kuch. Kuch ta'sirida jism tezlanish oladi, jism deformatsiyalanishi, ya'ni shakli va o`lchamlarini ham o`zgartirishi mumkin. Kuch-vektor kattalik bo`lib, jismga boshqa jismlar va maydonlar tomonidan ko`rsatilayotgan ta'sir o`lchovi hisoblanadi. Fizikada kuch F harfi bilan belgilanadi.
    Kuch dinamometr asbobi, massa tarozi yordamida o`lchanadi. N'yutonning birinchi qonunini tajribada bevosita tekshirish mumkin emas, chunki atrofdagi barcha jismlarning ta'sirini to`la bartaraf qilib bo`lmaydi.
    Misollarni umumlashtirish orqali N'yutonning birinchi qonuni to`g`riligiga ishonch hosil qilishimiz mumkin. yelib borayotgan ot birdan to`xtab qolsa, chavandoz harakatni davom ettirib otning boshidan oshib tushadi.

    Download 8,06 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   197




    Download 8,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja

    Download 8,06 Mb.