|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 15/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniN'yutonning ikkinchi qonuni. N'yuton jismga qo`yilgan kuch, shu kuch ta'sirida jismning olgan tezlanishi va massasi orasidagi bog`lanishni aniqlaydi. U tajribalarida gorizontal stol ustida harakatlanadigan aravachadan foydalandi. Aravachaga d dinamometr mahkamlangan bo`lib, dinamometrning ikkinchi uchiga B blokdan o`tkazilgan ipning bir uchli bog`langan. Ipning ikkinchi uchiga m pallacha osilgan. Aravachaga ta'sir etayotgan kuchni dinamometr ko`rsatishiga qarab aniqlash mumkin. n'yuton o`z tajribalarida avval jism (aravacha) ning massasini o`zgarmas qilib oldi, unga har xil kuch (yuk) lar bilan ta'sir etib, jism (aravacha) ning olgan tezlanishini aniqladi. Ko`plab tajribalar asosida N'yuton quyidagi xulosalarga keldi:
1) Jism o`zgarmas kuch ta'sirida o`zgarmas tezlanish bilan harakatlanadi;
2) Jismning massasi o`zgarmas bo`lganda uning tezlanishi ta'sir qiluvchi kuchga to`g`ri proporsional ravishda o`zgaradi. Ya'ni: a F
3) O`zgarmas kuch ta'sirida jismning olgan tezlanishi jism massasiga teskari proporsional ravishda o`zgaradi, ya'ni:
a ~ 1 /m
N'yuton dinamikaning ikkinchi qonunini yaratdi: jism olgan tezlanish shu jismga ta'sir etuvchi kuchga to`g`ri proporsional va uning massasiga teskari proporsionaldir.
a = F/ m
Bundan F ni aniqlasak, F=ma
Hayotda ayollarning kuchi erkaklarnikadan biroz kamroq bo`ladi. Chunki ayollarning tanasi erkaklarnikidan uzunroq, oyoq-qo`llari kaltaroq, yelka uzunligi kichik bo`ladi. Ko`krak qafasi erkaklarnikiga nisbatan kalta va torroq. Erkaklar muskullarining jami og`irligi gavda umumiy og`irligining 40% ni, ayollarda esa-32% ni tashkil etadi.
Bu ifoda kuchning SI dagi birligini aniqlashga imkon beradi.
[F]=[m].[a]=1 kg . 1 m / s2 = 1 kg . m / s2= 1 N
1 N kuch deb, 1 kg massali jismga 1 m/s2 tezlanish bera oladigan kuchga aytiladi.
Harakat miqdori (impul's). Mexanik harakatning o`zgarishi haqida gapirilganda "harakat miqdori" tushunchasidan foydalaniladi.
Jismning harakat miqdori (impul's) deb, jism massasining tezlik vektoriga ko`paytmasiga teng bo`lgan va yo`nalishi tezlik vektori yo`nalishi bilan mos keladigan vektor kattalikka aytiladi.
P=mV
Uning SI dagi birligi:
[P]=[m].[v]=1 kg . 1 m/s = 1kg m/s
Kuch impul'si deb, jismga ta'sir etayotgan kuchning shu kuch ta'sir etgan vaqt oralig`i qiymatiga ko`paytmasi bilan ifodalangan F .t vektor kattalikka aytiladi.
Jism impul'sining o`zgarishi kuch impul'siga teng.
F .t=mV-mV0
Kuch impulsining birligi:
[F .t]=1N . 1s=1N.s
|
| |