|
MAVZUNI MUSTAHKAMLAS BO’YICHA SAVOLLAR
|
bet | 23/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniMAVZUNI MUSTAHKAMLAS BO’YICHA SAVOLLAR.
1.Qattiq jismning muvozanati deb nimaga aytiladi?
2. Aylanma harakat deb qanday harakatga aytiladi?
3. Ilgarilanma harakat deb qanday harakatga aytiladi?
4. Impul’s moment nima?
5. Kuch moment deb nimaga aytiladi?
6. Deformatsiya nima?
7. Defermatsiyaning qanday turlarini bilasiz?
8. Jismning muvozanat sharti nima?
MAVZU: Suyuqlik va gazlar mexanikasi.
Bernulli tenglamasi.
REJA: 1. Suyuqlk va gazlarda bosim.
2.Tutash idishlar
3.Arximed kuchi
4.Suyuqlik oqiminig uzluksiz tenglamasi. Bernulli tenglamasi
TAYANCH IBORALAR: Suyuqlik va gazlar; Suyuqlik va gazlarning laminar va turbulent oqimi; suyuqlik va gazlarda bosim; Paskal qonuni; gidrostatik bosim; Arximed qonuni; suyuqliklarning oqishi va oqim; Bernulli tenglamasi;
1. Suyuqlik va gazlarda bosim. Kuchning yuzaga ta’sirini miqdor jihatidan tavsiflash uchun «bosim» deb ataluvchi kattalik qabul qilingan. Yuzaga tik yo’nalgan F kuchning P bosimi shu kuchning moduliga to’g’ri, kuch ta’sir qilayotgan S yuza kattaligiga teskari proporsional bo’ladi, ya’ni:
(1)
Birlik yuzaga tik ta’sir etayotgan kuchga son jihatdan teng bo’lgan fizik kattalikka bosim deyiladi. Bosim skalyar kattalikdir. XBS da bosim birligi maxsus nomga ega bo’lib, Pa (Paskal) deb yuritiladi.
Ba’zan kuch sirtga tik emas, balki biror burchak ostida ta’sir etishi mumkin (1-rasm). Bunday kuchning bosimini topish uchun F kuchni vertikal Fy va gorizontal Fx tashkil etuvchilarga ajratamiz. Bosim skalyar kattalik bo’lganligi chun F kuchning bosimi uning vertikal va gorizontal tashkil etuvchilari bosimlarining arifmetik yig’indisiga teng bo’ladi,
ya’ni:P=Px+Py (2)
Kuchning gorizontal tashkil etuvchisi sirtga parallel yo’nalganligi uchun, u sirtga bosim bermaydi. Shuning uchun
(3)
|
| |