|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 21/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniImpuls momenti. Ilgarilanma harakatda impuls bajaradigan vazifani aylanma harakatda impuls momenti bajaradi. U impuls kabi vektor kattalik bo'lib, L harfi bilan belgilanadi. A moddiy nuqtaning harakatsiz О nuqtaga nisbatan impuls (harakat miqdori) momenti deb, quyidagi vektorial ko'paytma bilan aniqlanadigan fizik kattalikka aytiladi (rasm).
Impuls momenti vektorining moduli
L=r · p · sin a=mvr sin a= p · l
bu yerda r — aylanish o'qidan impuls qo'yilgan A nuqtagacha bo'lgan radius-vektor; r sin a = l,l - p – vektorning 0 nuqtaga nisbatan yelkasi; a-r va p — vektorlar orasidagi burchak (rasm).
Impuls momentining SI dagi birligi 1 kg ·
[L] =[r] · [p] = 1m • 1 kg • m/s=l kg • m2/s.
Impuls momenti va aylanma harakat kinematikasi xarakteristikalari orasidagi bog'lanish. Ilgarilanma va aylanma harakat xarakteristikalari orasidagi o'xshashlikka asosan impuls momenti uchun quyidagi ifodani yozamiz.
L = J · ω
Bunda p = m ω ifodadan foydalanib, p ning o'rniga L ni va m ning o'rniga J ni, v ning o'rniga ω ni qo'ydik. Shuningdek, ilgarilanma harakat dinamikasi asosiy qonunining ifodasi yordamida qattiq jism aylanma harakat dinamikasining qonunini yozamiz.
(22.4)
Impuls momentining saqlanish qonuni. Agar sistema yopiq bo'lsa, unda tashqi kuchlar momenti nolga teng bo'ladi, ya'ni M = 0. Bu holda (22.4) quyidagi ko'rinishni oladi.
Agar o'zgarmas kattalikning hosilasigina nolga teng bo'lishini nazarda tutsak
L= const. (22.5)
(22.5) — impuls momentining saqlanish qonunidir. Yopiq siste-mada impuls momenti saqlanadi, ya 'ni vaqt о 'tishi bilan о'zgarmaydl. Oldin ta'kidlanganidek impuls momentining saqlanish qonuni tabiatningfundamental qonunlaridan biri bo'lib, и fazo izotropligining natijasidir.
Aylanma harakat qilayotgan jismning kinetik energiyasi. Aylanma harakat qilayotgan jismning kinetik energiyasini Wk = ifoda yordamida topamiz, ya'ni mos kattaliklarni almashtirgandan keyin olamiz.
Wk = . (22.6)
Agar jism dumalayotgan bo'lsa, ya'ni ham ilgarilanma, ham massa markaziga nisbatan aylanma harakatda ishtirok etayotgan bo'lsa, uning to'la kinetik energiyasi ham ilgarilanma, ham aylanma harakat kinetik energiyalarming yig'indisiga teng bo'ladi:
Wk=
Bu yerda vc — jism massa markazining tezligi, Jc — jismning massa markaziga nisbatan inersiya momenti.
|
| |