|
Nazariy elektrotexnika fanida mustaqi ishi Axborot tizimlari va texnologiyalari yo’nalishi k-21-20 gurux talabasi
|
bet | 1/12 | Sana | 28.12.2023 | Hajmi | 32,04 Kb. | | #128808 |
Bog'liq Nazariy elektrotexnika fanida mustaqi ishi-azkurs.org
Nazariy elektrotexnika fanida mustaqi ishi
Nazariy elektrotexnika fanida mustaqi ishi Axborot tizimlari va texnologiyalari yo’nalishi K-21-20 gurux talabasi Xoldarov Abdumalikning
2021
Mavzu: Aktiv, Reaktiv, To’la quvvat, ularni tenglamalari, ishlab chiqarish.
Sinusoidal tok zanjirlarida aktiv, reaktiv va to’la quvvatlar.
Ularni tenglamalari, ishlab chiqarilishi.
Sinusoidal o’zgaruvchan tok elektr zanjirlari va uning elementlari.
O’zgarmas tok metallarda erkin elektronlarning barqaror ilgarilanma harakatidan iboratdir. Agar elektronlar tebranma harakatda bo’lib, tok vaqt birligi ichida ham qiymati, ham yo’nalishini davriy o’zgarib tursa, bunday tok o’zgaruvchan tokdeb yuritiladi.
Elektr energiyasi issiqlik energiyasiga aylanib, elektr va magnit maydonlari energiyasi o‘zgaradigan elektr zanjiri R- qarshilik, C- sig'im va L-induktivlik deb ataladigan uch xil parametrlar bilan ta’riflanadi.
Sinusoidal tokda aktiv R, induktiv L va sig‘im C elementlar uchun asosiy bog‘lanishlar 1-jadvalda keltirilgan.
Induktivlik va sig‘im uchun bir davrdagi o‘rtacha quvvat nolga teng bo‘lgani uchun ushbu elementlar reaktiv deb ataladi, ularning oniy quvvati amplitudasi esa Volt-Amper reaktiv (Var) o‘lchov birligida bo‘ladi(1-rasm).
Qarshiliklar uchun bir davrdagi o‘rtacha quvvat doimo noldan katta, shuning uchun ushbu element parametrlari aktiv deb ataladi.
Turg‘un rejimda elektromagnit energiya iste’moli doimo faqat aktiv qarshilik bilan bog‘liq.
Sinusoidal qonun bilan o’zgaradigan EYuK sinusoidal EYuK deb ataladi. Elektr zanjirlarida bunday EYuK tasirida hosil bo’lgan tok sinusoidal tok deb ataladi.
1-rasm. Sinusoidal tokda aktiv R, induktiv L va sig‘im C elementlar
1-jadval
|
| |