|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 29/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniMAVZU:Saqlanish qonunlari.
Jism va kuch impulsi. Impulsning saqlanish qonuni.
Og’irlik, elastiklik va ishqalanish kuchlari.
REJA: 1. Jism va kuch impulsi. Jismlar yopiq sistemasining ta’rifi.
2. Impulsning saqlanish qonuni-Nyutonning 2- va 3- qonuni sifatida.
3. Og’irlik, elastiklik va ishqalanish kuchlarining bajargan ishi.
4.To’la mexanik energiya. Energiyaning saqlanish qonuni.
TAYANCH IBORALAR: Yopiq sistema; yopiq sistemada impul’sning saqlanish qonuni; reaktiv harakat; energiya; to’la mexanik energiya, to’la mexanik energiyaning saqlanish qonuni;
Yopiq sistema. Impulsning saqlanish qonuni yopiq sistemada qaraladi. Yopiq sistema tushunchasi ham fizikada keng qo'llaniladidan modellardan biridir.
Yopiq sistema uchun impulsning saqlanish qonuni. Buning uchun yopiq sistemaga kiruvchi har bir moddiy nuqtaning impulsini yozib olaylik. Moddiy nuqtaning impulsi
P=mv Ko'rinishdagi vector kattalik bilan aniqlanishi bizga ma'lum.
Impulsning saqlanish qonuni tabiatning aosiy qonunlaridan biri bo'lib, u nafaqat klassik mexanikada balki fizikaning barcha bo'limlarida ham to'la bajariladi. Hozirgacha tabiatda impulsning saqlanish qonuni bajarilmagan jarayon kuzatilmagan.
Reaktiv harakat. Impulsning saqlanish qonuni ko'plab texnik masalalarni yechishga imkon beradi. Bunga eng yaxshi misol reaktiv harakatdir. Demak impuls ham nolga teng. Endi yonish bo'lmasidagi yoqilg'I yoqiladi. Yonish bo'lmasida yuqori bosimgacha qizigan gaz oqimi raketa soplosidan yi tezlik bilan otilib chiqadi. Natijada raketa vp tezlik bilan harakatlana boshlaydi. Raketa soplosidan otilib chiqadigan gaz massasi m raketa massasi M dan juda kichik harakat boshlangandan key in ham raketaning massasi M o'zgarmay qolaveradi, deb hisoblaylik.
Energiya, ish va quvvat
Energiya. Energiya-turli shakldagi harakatlar va o'zaro ta'sirlarning universal o'lchovidir. Materiya harakatining shakliga qarab energiya ham turlicha bo'ladi. Masalan mexanik, issiqlik, elektromagnit, yadro energiyalari va hokazolar. O'zaro ta'sir natijasida bir turdagi energiya boshqasiga aylanadi. Lekin bu jarayonlarning barchasida, birinchi jismdan ikkinchisiga berilgan energiya ikkinchi jism birinchisidan olgan energiyaga teng bo'ladi.
Nyutonning ikkinchi qonunidan ma'lumki, jismning mexanik harakatini o'zgartirish uchun unga boshqa jismlar tomonidan ta'sir bo'lmog'I kerak. Boshqacha aytganda, bu jismlar o'rtasida energiyalar almashuvi ro'y beradi. Mexanikada ana shunday energiya almashuvini tavsiflash uchun mexanik ish tushunchasi kiritilgan va u fizikada A harfi bilan belgilanadi.
Mexanik ish. Mexanik ish deb, kuchning shu kuch ta'sirida ro'y bergan ko'chishga skalyar ko'paytmasiga teng bo'lgan kattalikka aytiladi.
Ishning birligi. Ishning SI dagi birligi Joul.
Ishning SI dagi birligi sifatida 1H kuchning 1m masofada bajargan ishi qabul qilingan.
Quvvat. Ishning bajarilish tezligini tavsiflash uchun quvvat degan kattalik kiritilgan va u N harfi bilan belgilangan.
Quvvat deb, bajarilgan ishning shu ishni bajarish uchun ketgan vaqtga nisbati bilan o'lchanadigan kattalikka aytiladi.
Mexanik energiya. Mexanik energiya deb mexanik harakatlarning va o'zaro ta'sirlarning miqdoriy o'lchoviga aytiladi. Sistemaning holatiga qarab kinetic va potensial energiyalar bo'ladi.
Kinetik energiya. Sistemaning kinetic energiyasi deb uning mexanik harakat natijasida oladigan energiyasiga aytiladi. m massali jism F kuch ta'sirida harakatga keladi va v tezlik oladi.
Natijada uning energiyasi kuch bajargan ishga teng miqdorda ortadi. v tezlik bilan harakatlanayotgan m massali jism kinetic energiyaga ega bo'ladi.
Jismning kinetic energiyasi uning massasi va tezligi kvadrati ko'paytmasining ikkiga bo'linganiga teng.
Potensial energiya. Jismlar sistemasining potensial energiyasi deb, ularning bir-biriga nisbatan joylashuviga va ular orasidagi o'zaro ta'sir kuchlarining harakteriga bog'liq bo'lgan energiyaga aytiladi.
Aytaylik, jismlarning ta'siri biror maydonda ro'y bermoqda. Shu maydonda bajarilgan ish, jismning qanday trayektoriya bilan harakatlanishiga emas, balki uning boshlang'ich va oxirgi holatlariga bog'liq bo'lsin. Bunday may donga potensial maydon, undagi kuchlarga esa konservativ kuchlar deyiladi. Potensial maydondagi har qanday jism potensial energiya Ep ga ega bo'ladi.
To'la mexanik energiya. Sistemaning to'la mexanik energiyasi deb, uning kinetic va potensial energiyalarning yig'indisiga aytiladi
E=Ek +Eп
Tabiatda bir turdagi energiyaning boshqasiga aylanishi ro'y berib turadi. Bunga ishqalanish natijasida mexanik energiyaning issiqlik energiyasiga aylanishi misol bo'ladi.
Tabiatda energiyaning saqlanish qonuni bajariladimi? O'tkazilgan ko'plab tajribalar, nazariy xulosalar energiyaning saqlanish qonunini qatiy bajarilishini ko'rsatadi. Faqatgina tabiatda energiyaning bir turdan boshqasiga aylanishi ro'y beradi. Shuning uchun ham bu qonunga energiyaning saqlanish va aylanish qonuni ham deyiladi. U tabiatning asosiy qonunlaridan bo'lib, nafaqat makroskopik, balki mikro jismlar sistemasi uchun ham o'rinlidir. Shunday qilib, energiya hech qachon yo'qolmaydi ham, pay do ham bo'lmaydi. U faqat bir turdan boshqasiga aylanishi mumkin. Yopiq sistemada to'la energiya saqlanadi. Hali tabiatda energiyaning saqlanish qonuni bajarilmagan jarayon ma'lum emas.
|
| |