|
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH BO'YICHA SAVOLLAR
|
bet | 30/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniMAVZUNI MUSTAHKAMLASH BO'YICHA SAVOLLAR:
Impuls deb nimaga aytiladi?
Impuls necha xil bo'ladi?
Kuch impulsi nima ?
Jism impulsi nima?
Impulsning saqlanish qonuni qanday ifodalanadi?
Impulsning birligi?
Mexanik ish deb nimaga ayiladi?
Ishning birligi?
Energiya deb nimaga aytiladi?
Energiya necha xil bo'ladi?
Potensiyal energiya deb nimaga aytiladi?
Kinetik energy a deb nimaga aytiladi?
Energiyaning saqlanish qonuni qanday ifodalanadi?
Yopiq sistemaning ta’rifi?
MAVZU: Tebranish va to’lqinlar
Tabiatda tebranma harakat. Erkin va majburiy tebranishlar.
Rezonans.
REJA: 1. Tabiatda tebranma harakat.
2. Erkin va majburiy tebranishlar.
3. Amplituda, davr, chastota.
4. Tebranma harakatda energiyaning aylanishi.
5. Matematik va prujinali mayatniklar.
TAYANCH IBORALAR: Tebranma harakat; erkin va majburiy tebranishlar; garmonik tebranishlar; garmonik tebranishlar davri va chastotasi; matematik mayatnik; prujinali mayatnik;
Biror muvozanat vaziyati atrofida davriy takrorlanib turuvchi harakatga tebranma harakt yoki tebranish deyiladi. Bunga soat mayatnigining tebranishi, elektr zanjirida o’zgaruvchan to’k elektro magnit tebranishlar tovush va shu kabilar misol bo’la oladi.
Tebranishlar ikki xil bo’ladi:erkin va majburiy tebranishlar. Muvozanat vaziyatdan chiqarilgan va tashqi kuchlar ta’sirida bo’lmagan tebranishlar erkin tebranishlar deyiladi(yoki xususiy tebranishlar deyiladi.). Bunday tebranishlar so’nuvchi tebranishlardir.
Davriy ravishda o’zgaruvchi doimiy tashqi kuch ta’sirida sodir bo’ladigan tevbranishlar majburiy tebranishlar deyiladi. Bunday tebranishlar so’nmaydigan tebranishlardir.
Tebranayotgan sistemasi ta’sir qiluvchi davriy o’zgaruvchi majburiy kuchning chastotasi sistemaning xususiy tebranish chastotasi tenglashganda majburiy tebranish amplutudasining keskin o’sishiga rezonans deyiladi.
|
| |