|
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH BO'YICHA SAVOLLAR
|
bet | 32/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniMAVZUNI MUSTAHKAMLASH BO'YICHA SAVOLLAR:
1 Tebranishlar deb nimaga aytiladi?
2. Erkin tebranishlar deb nimaga aytiladi?
3. Majburiy tebranishlar deb nimaga aytiladi?
4. Garmonik tebranishlar deb nimaga aytiladi?
5. Matematik mayatnik deb nimaga aytiladi?
6. Prujinali mayatnik deb nimaga aytiladi?
7. Matematik mayatnikning tebranish davri ifodasini ayting.
8. Prujinali mayatnikning tebranish davri nimaga bog’liq?
MAVZU: Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash. Laboratoriya ishi №
Ishning maqsadi : Erkin tushish tezlanishini matematik mayatnik yordamidaaniqlash usulini o‘rganish.
Asbob va jihozlar: Matematik mayatnik, laboratoriya universal ta’minlash manbayi, lahza o‘lchagich, shtangensirkul, o‘lchov lentasi.
Matematik mayatnik
|
Laboratoriya universal ta’minlash manbayi
|
Lahza o‘lchagich
|
|
|
|
Laboratoriya ishini bajarishdan oldintebranma harakatni tavsiflovchi kattaliklar haqida tushuncha va ularni aniqlash to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beriladi. Tajriba qurilmasini yig‘ishda, o‘quvchilar faol qatnashmog‘i kerak. Ishda elektr o‘quv-asboblaridan foydalanganligi uchun texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish qoidalari eslatiladi. Tajriba natija va xulosalari daftarga ko‘chiriladi.
Ishning nazariy asosi:
Uzun, vaznsiz, cho‘zilmaydigan ipga osilgan jism matematik mayatnik deyiladi. Matematik mayatnikning og‘irlik markazi osilish nuqtasidan pastda yotadi. Mayatnik ipining massasi unga osilgan jism, masalan metall sharcha massasidan juda ham kichik bo‘lganligi sababli uni hisobga olmasa ham bo‘ladi. Mayatnikning harakat qilmayotgan holati mayatninkning muvozanat vaziyati deyiladi (1- rasm, a). Mayatnikni muvozanat vaziyatidan uncha katta bo‘lmagan a burchakka og‘dirib, uni qo‘yib yuborsak, u muvozanat vaziyati atrofida
tebranma harakat qila boshlaydi (1- chizma, b).
Mayatnikning bir marta to‘liq tebranish uchun ketgan vaqtga tebranish davri deb ataladi va uni T bilan belgilanadi. Agar biror t vaqt ichida mayatnik Nmarta tebransa to‘liq bir marta tebranishi uchun ketgan vaqt, ya’ni tebranish davri quyidagicha hisoblanadi: (1)
SI sistemasida tebranish davri sekundlarda o‘lchanadi.
Matematik mayatnikning tebranish davri ipga osilgan yukning massasiga va tebranish amplitudasiga bog‘liq emas. Matematik mayatnikning uzunligi deganda ipning osilish nuqtasidan sharcha markazigacha bo‘lgan masofaga aytiladi. Matematik mayatnikning tebranish davri matematik mayatnik l uzunligining kvadrat ildiziga to‘g‘ri proporsional va g erkin tushish tezlanishining kvadrat ildiziga esa teskari proporsional bo‘lib, u quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
(2)
(2) ifodaga ko‘ra erkin tushish tezlanishi g ni aniqlash uchun quyidagi tenglikka ega bo‘lamiz:
(3)
|
| |