|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 26/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matni3 . Arximed kuchi. Agar bir bo’lak po’kakni suyuqlik ichida ushlab qo’yib yuborsak, uning suyuqlik sirtiga qalqib chiqqanini ko’ramiz. Bundan suyuqliklarda, unga botirilgan jismga ta’sir etuvchi ko’taruvchi kuch bor ekanligini aniqlaymiz. Faraz qilaylik, silindr shaklidagi jism suyuqlikka to’liq botib turgan bo’lsin (1-rasm). Suyuq likka botirilgan jism asosining yuzasi S ga, balandligi esa h ga teng bo’lsin
(h=h2h1). Jismning ustki va pastki asoslariga ta’sir etuvchi gidrostatik bosim quyidagi -
tengliklar orqali aniqlanadi:
P1=sgh1 va P2=sgh2 (1)
h2>h1 bo’lganligi uchun P2>P1 bo’lib quyidagi ifoda orqali aniqlanuvchi bosimlar farqi yuzaga keladi:
P=P2P1=sg(h2h1) (2)
Paskal qonuniga asosan, P bosim suyuqlikning hamma tomoniga, shu jumladan, pastdan yuqoriga qarab tik uzatiladi. Bu bosimni yuzaga keltirgan kuch ham tik yuqoriga yo’nalgan bo’ladi va bu kuch quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
F=PS=sg(h2h1)S=sgV (3)
(3) ifodadagi sV ko’paytma jism siqib chiqargan suyuqlikning massasiga teng. U holda (3) ifodani quyidagi ko’rinishda yozish mumkin:
F=msg (4)
Demak, suyuqlikka (gazga) botirilgan jismga pastdan yuqoriga qarab yo’nalgan, jism siqib chiqargan suyuqlik og’irligiga teng bo’lgan ko’tarish kuchi ta’sir qilar ekan. Bu kuchga Yunon olimi Arximed sharafiga Arximed kuchi deyiladi. Arximed kuchining son qiymati quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi:
FA=sVjg (5)
bunda, s suyuqlik zichligi, Vj suyuqlikka botirilgan jismning hajmi.
Arximed kuchi FA bilan jismning oirligi mg orasidagi ayirma ko’taruvchi kuch Fk deyiladi:
Fk=FA mg (6)
Ko’taruvchi kuchning kattaligi va yo’nalishiga bog’liq ravishda suyuqlikka botirilgan jism uch holatda bo’lishi mumkin:
1.Arximed kuchi og’irlik kuchidan kichik bo’lsin, bunda ko’taruvchi kuch manfiy: Fk< 0FA mg=sVjgjVjg=(sj)gVj< 0
Bu holda s<j va jism suyuqlik tubiga tushadi, ya’ni cho’kadi.
2. Arximed kuchi son jihatdan jismning og’irligiga teng, bunda ko’taruvchi kuch nolga teng,Fk=0FA mg=(sj)gVj=0
Bu holda s=j va jism suyuqlikka to’liq botgan holda suzib yuradi.
3. Arximed kuchi og’irlik kuchidan katta bo’lsin, bunda ko’taruvchi kuch musbat: Fk> 0FA mg q (sj)gVj> 0
Bunda s>j va suyuqlikka botirilgan jism undan qalqib chiqa boshlaydi. Jismning og’irligi uning suyuqlikka botib turgan qismi miqdoridagi suyuqlik og’irligiga tenglashgach jismning ko’tarilishi to’xtaydi. Suyuqlik ustida qalqib suza boshlayotgan jismga ta’sir etuvchi Arximed kuchining son qiymati uning og’irligiga teng bo’ladi, ya’ni:
FA=sVbg=mjg (7)
Bunda Vb jismning suyuqlikka botgan qismining hajmi (2-rasm). Jismning massasi mj=jVj, (bu yerda Vj jismning to’liq hajmi) ekanligini inobatga olib quyidagi ifodaga ega bo’lamiz:
sVbg=jVjgyoki (8)
Suyuqlikvaundasuzibyurganjismzichliklarianiqbo’lsa (7) ifodako’rajismningsuyuqlikkabotganqisminianiqlashmumkin.
|
| |