Deformatsiya.Deformatsiya turlari




Download 8,06 Mb.
bet22/197
Sana01.02.2024
Hajmi8,06 Mb.
#149719
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   197
Bog'liq
Fizikadan maruza matni

Deformatsiya.Deformatsiya turlari. Biz hozirgacha absolut qattiq jism tushunchasidan foydalanib keldik. Lekin tabiatda absolut qattiq jism yo'q va barcha jismlar ozmi-ko'pmi deformatsiyalanadi.
Qattiq jismlarning tashqi kuch ta'sirida o'z shakli va o'lchamlarini о'zgartirishiga deformatsiya deyiladi.
Tashqi kuchning ta'siri tugagandan so’ng jism o’zining dastlabki shakli va o’lchamlariga qaytsa, bunday deformatsiyaga elastik deformatsiya deyiladi.
Chizg'ichning qayrilishi, rezinkaning cho'zilishi va hokazo elastik deformatsiyaga misol bo'la oladi.
Qattiq jism deformatsiyasi uchun Guk qonuni. Ingliz fizigi Guk kichik deformatsiyalar uchun nisbiy uzayish e va kuchlanish a orasi­da quyidagi munosabat mavjudligini aniqladi:

Moddalarning elastik xususiyatlarini ko'rsatuvchi a ga elastik koeffitsiyent deyiladi. Unga teskari kattalik E esa Yung moduli deyiladi. E qancha katta bo'lsa, jism shuncha kam deformatsiyalanadi.

yoki oxirgi ifoda yordamida Guk qonunini boshqacha yozish mumkin.
F = (23.5)
Elastik deformatsiyada deformatsiya kattaligi deformatsiyalovchi kuchga to'g'ri proporsional. Bu yerda k — elastiklik koeffitsiyenti deyiladi.
Shuni ta'kidlash lozimki, qattiq jismning deformatsiyasi Guk qonuniga ma'lum chegaragacha bo'ysunadi.
Qattiq jismning muvozanati deb, uning barcha nuqtalari qarala-yotgan sanoq sistemasiga nisbatan harakatsiz bo'lgan holatiga aytiladi.

Aylanma harakat qilmaydigan jismning muvozanati. Bizga ma'lumki, jismga ta'sir etadigan kuch yoki kuchlar sistemasi Nyuton-ning ikkinchi qonuniga muvofiq unga ma'lum tezlanish bermog'i kerak. Qachon bu kuchlar jismga tezlanish bera olmaydi? Bu kuchlarning yig'indisi nolga teng bo'lsa, shundagina jismlar o'zlarining to'g'ri chiziqli tekis ilgarilanma harakatini yoki tinch holatini saqlaydi.


Aylanma harakat qilmaydigan jism unga qo'yilgan kuchlarning geometrik yig'indisi nolga teng bo'lgandagina muvozanat holatda bo'ladi.
F1 + F2...+Fn = 0. (24.1)
Osib qo'yilgan jismga ta'sir etayotgan og'irlik kuchi vaipning taranglik kuchlarining geometrik yig'indisi nolga teng.
P+T = 0.
Aylanma harakat qilayotgan jismning muvozanati. Jism biror qo'zg'almas o'qqa nisbatan aylanraa harakat qilayotgan bo'lsin. Endi shu jismning tinch yoki tekis harakat holati shartlarini ko'ramiz. Agar 21-§ dagi solishtirishdan foydalansak, ilgarilanma harakatdagi kuch o'rniga aylanma harakatdagi kuch momentidan foydalanib, oldingi banddagi qoidani qayta yozamiz.
Qo'zg'almas o'q atrofida aylanma harakat qilayotgan jism, unga qo 'yilgan barcha kuch moment/arming geometrik yig'indisi nolga teng ho 'Igandagina muvozanat holatida bo 'ladi.
M1 + M2+...+Mn = 0.
G'ildirak motorning tortish kuchi momenti MM va qarshilik kuchi momenti M4 ta'sirida harakatsiz turadi.

Download 8,06 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   197




Download 8,06 Mb.