|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 25/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matni2. Tutash idishlar.Asoslari tutashgan ixtiyoriy shakldagi idishlarga tutash idishlar deyiladi. Tutash idishlarning biriga suyuqlik quyilsa, asosi orqali suyuqlik bir idishdan ikkinchisiga o’ta oladi. Tutash idishlarning biriga bir jinsli suyuqlik quyilsa, uning barcha idishlariga suyuqlik sirti bir xil balandlikka erishguncha oqib o’tadi. Har qanday shakldagi tutash idishlarda tinch holatda bo’lgan bir jinsli suyuqlikning erkin sirti bir xil balandlikda bo’ladih1=h2(1-a, rasm).
1-rasm
Agar tutash idishlarga bir-biri bilan aralashmaydigan, zichliklari 1 va 2 bo’lgan turlicha suyuqliklar solinsa, bu suyuqliklar muvozanatda bo’lganda ularning satxlari bir xil balandlikda bo’lmaydi. Bunday holda idishlardagi suyuqlik ustunlarining balandliklari suyuqliklarni ajratib turuvchi AB tekislik sathidan boshlab o’lchanadi (1-b, rasm). AB tekislik ikki suyuqlikning ajralish sathi deb ataladi. AB sathdan pastda turgan suyuqlik bir jinslidir, shuning uchun bu sathda ikkala idishdagi gidrostatik bosim bir xil bo’ladi, ya’ni:
1 gh1=2 gh2 (1)
va undan quyidagi ifodaga ega bo’lamiz:
(2)
Bu ifoda yordamida tutash idishlar qonunini ta’riflaymiz: tutash idishlardagi turli suyuqliklarning muvozanat holatida suyuqliklarni ajratib turuvchi sathdan boshlab o’lchanadigan ustunlar balandliklari suyuqliklarning zichliklariga teskari proporsional bo’ladi.
Gidravlik mashina (gidravlik press).Gidravlik mashina diametrlari har xil bo’lgan, o’zaro nay bilan tutashgan ikki silinr va ular ichida devorlariga jips tegib harakatlanadigan porshenlardan iborat (2-rasm). Porshenlarning yuzasi S1 va S2bo’lsin. Agar kichik porshenga kattaligi F1 bo’lgan kuch perpendikulyar yo’nalishda ta’sir etsa, suyuqlikda qo’shimcha P=F1/S1 bosim yuzaga keladi. Bu qo’shimcha bosim Paskal qonuniga ko’ra ikkinchi porshenga uzatiladi.
Ikkinchi porshen tagida ham xuddi shunday bosim yuzaga keladi, ya’ni P=F2/S2. U holda Paskal qonuniga ko’ra quyidagi munosabatga ega bo’lamiz:
yoki (3)
(3) ifodaga ko’ra gidravlik mashinada katta porshenining yuzi kichik porshenning yuzidan necha marta katta bo’lsa, gidravlik mashina kuchdan shuncha marta yutuq beradi.
F1 kuch ta’sirida kichik porshen h1 masofaga pastga siljisa ikkinchi idishdagi katta porshen h2 masofaga yuqoriga ko’tariladi (2-rasm). Porshenlarning siljish masofalari nisbati ularning yuzalari nisbatiga ham, kuchlar nisbatiga ham teskari proporsional bo’ladi, ya’ni:
yoki (4)
Demak, porshenlar yuzi bir-biridan necha marta farqlansa, gidravlik mashinada katta porshenning ko’chishi kichik porshenning ko’chishidan shuncha marta kichik bo’ladi.
|
| |