• Butun olam tortishish qonuni.
  • Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja




    Download 8,06 Mb.
    bet17/197
    Sana01.02.2024
    Hajmi8,06 Mb.
    #149719
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   197
    Bog'liq
    Fizikadan maruza matni

    Inersiya kuchlari. Inersiya kuchlarining vujudga kelishiga sabab, biror sanoq sistemasining qaralayotgan sanoq sistemasiga nisbatan tezlanish bilan harakatlanishidir. Ular quyidagi hollarda namoyon bo’ladi:
    1. Sanoq sistemasining tezlanish bilan ilgarilanma harakat qilishi natijasida vujudga keladigan inersiya kuchi.
    2. Aylanma harakat qilayotgan sanoq sistemasida tinch turgan jismga ta’sir etadigan inersiya kuchi.
    3. Aylanma harakat qilayotgan sanoq sistemasida harakatlanayotgan jismga ta’sir etadigan inersiya kuchi.
    Shuni alohida qayd etish lozimki, inersiya kuchlari jismlarning ta’siri natijasida emas, balki sanoq sistemasining tezlanish bilan harakatlanishi natijasida vujudga keladigan kuchlardir.
    Butun olam tortishish qonuni. XVII asrga qadar Yer faqat o`z sirti yaqinidagi jismlar bilangina o`zaro tortishish xususiyatiga ega deb hisoblanar edi.
    Quyosh sistemasidagi sayyoralar harakatini va jismlarning Yerga tushish qonunlarini analiz qilgan N'yuton fazodagi ixtiyoriy jismlar o`rtasida ham o`zaro tortishish kuchi mavjud, degan xulosaga keldi.
    N'yuton aniqlagan bu tortishish kuchi butun olam tortishish kuchi deb ataldi. U quyidagicha ta'riflanadi: har qanday ikki moddiy nuqtaning o`zaro tortishish kuchi massalarining ko`paytmasiga to`g`ri, orasidagi masofaning kvadratiga esa teskari proportsionaldir.
    F=G m1. m2 (1)
    r2
    m1, m2-moddiy nuqtalarning massalari, r-ular orasidagi masofa, G-butun olam tortishish doimiyligi yoki gravitatsion doimiy.
    Butun olam tortishish qonuni jismlarni moddiy nuqta deb hisoblash mumkin bo`lgan hollar uchun o`rinlidir.
    (1) formuladan gravitatsion doimiy G ni aniqlash mumkin:
    G= F . r2 (2)
    m1. m2
    Demak, gravitatsion doimiy son jihatdan massalari 1 kg, orasidagi masofa 1 m bo`lgan ikkita moddiy nuqta orasidagi tortishish kuchiga teng. Uning son qiymatini tajriba yo`li bilan 1798 yilda ingliz fizigi Kavendish aniqlagan.
    Kavendish buralma tarozi yordamida qo`rg`oshin sharlar orasidagi tortishish kuchini o`lchadi.
    Asbobning tavsifi: elastik ingichka kvars ipga bir-biriga teng kichik m1 va m2 massali sharlar o`rnatilgan yengil sterjen osilgan. Uchlariga bir xil M1 va M2 massali katta sharlar osilgan ikkinchi sterjen birinchi sterjenga burchak ostida o`rnatiladi. Katta sharlar kichik sharlarga yaqinlashtirilsa, yengil sterjen ipni burab, og`ir sterjen tomonga burilib yaqinlasha boshlaydi. Burilish natijasida ipda hosil bo`lgan elastiklik kuchi, tortishish kuchiga teng bo`lganda sterjenlar harakatdan to`xtaydi. Kavendish tomonidan aniqlangan gravitatsion doimiylikning qiymati hozirgi zamonda topilgan qiymati:
    G=6,67 . 10-11 N . m2
    kg2
    dan faqat 1% ga farq qilgan xolos.
    Tortishish kuchlari tortishish maydoni yoki gravitatsion maydon orqali amalga oshiriladi. Har bir jism atrofida gravitatsion maydon mavjud.
    Agar Yerning o`z o`qi atrofida aylanishini e'tiborga olmasak, Yerning sirtida og`irlik va tortishish kuchlari teng bo`ladi. Ya'ni:
    P=mg=F=G m . M (3)
    R2
    bu yerda:
    M-yerning massasi, R-jism va Yer markazi orasidagi masofa. Agar jism Yer sirtidan h balandlikda joylashgan bo’lsa,
    P=G m-M (4)
    (R0+h)2
    bo`ladi. Bu yerda R0-Yerning radiusi. Demak, Yerning sirtidan uzoqlashgan sari og`irlik kuchi kamaya boradi.

    Download 8,06 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   197




    Download 8,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja

    Download 8,06 Mb.