|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 16/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniN'yutonnig uchinchi qonuni. Hamma vaqt jismlarning o`zaro ta'siri mavjud. Biror jismning boshqa jismga ta'siri ko`rilayotganda ta'sir ko`rsatilayotgan jism o`zini qanday tutadi, degan savol tug`iladi. Tajribalar ko`rsatishicha, u ham ko`rsatilayotgan ta'sirga teng va qarama-qarshi yo`nalgan kuch bilan ta'sir ko`rsatadi.
O`zaro ta'sirlanuvchi ikki jism bir-biriga kattalik jihatdan teng va yo`nalishi qarama-qarshi bo`lgan kuchlar bilan ta'sir qiladi, ya'ni:
F12= -F21
Misol uchun: darvoza ustuniga tekkan futbol to`pi orqaga sapchib ketadi. Binobarin, urilish paytida to`p ustunga ta'sir etmasdan, balki ustun ham to`pga ta'sir etadi.
Ta'sir va aks ta'sir kuchlarining jismlarga beradigan tezlanishlari ham qarama-qarshi tomonga yo`nalgan bo`ladi. Jismlarning o`zaro ta'sirida yuzaga keladigan kuchlar boshqa-boshqa jismlarga qo`yilgan bo`lgani uchun ular bir-birini muvozanatlay olmaydi, chunki bir jisga qo`yilgan kuchlargina muvozanatlasha oladi.
N'yuton qonunlari barcha inersial sanoq sistemalarida bir xil ko`rinishga ega.
Ishqalanish kuchlari. Jismlarning har qanday harakatida ishqalanish mavjuddir. Motor o`chirilgandan keyin gorizontal yo`l bo`yicha avtomobil harakatining sekinlashib borishi, qiya tekislik ustiga qo`yilgan yog`och taxtachaning pastga sirpanib tushmay, tinch turishi va hokazolar ishqalanish tufayli bo`ladi.
Ishqalanish tufayli paydo bo`luvchi va jismlarning harakatiga to`sqinlik qiluvchi kuch ishqalanish kuchi deyiladi. Ishqalanish kuchi ikki turda: tashqi va ichki bo`ladi.
Tashqi ishqalanish turlari: tinchlikdagi ishqalanish, sirpanish ishqalanish va dumalanish ishqalanish.
Ichki ishqalanishdeb, bir jismning turli qismlari orasida vujudga keladigan ishqalanishga aytiladi. Bunday ishqalanish suyuqliklar va gazlarda mavjud bo`ladi.
Ishqalanishning tabiatda va texnikada ahamiyati katta. Ishqalanish bo`lmaganda odamlar, transport vositalari harakatlana olmas edi, binobarin qurib, mexanizm qismlarini tex boltlar bilan mahkamlab, buyumlarni qo`lda tutib bo`lmas edi. Ba'zi hollarda ishqalanish zarar keltirishi mumkin va uni bartaraf qilishga harakat qilinadi. Ishqalanishni kamaytirish uchun ishqalanuvchi sirtlar moylanadi. Ishqalanishni oshirish uchun masalan, yer muzlaganda yo`llarga qum sepish, avtomobillarning orqa g`ildiraklariga zapjir o`rash mumkin.
Ishqalanish kuchi jism sirtlarini bir-biriga qisib turgan normal bosim kuchiga to`g`ri proporsional: Fishq= k.FN
bu yerda k -ishqalanish koeffitsienti, FN-normal bosim kuchi.
Insonning turli harakatlarida muskullar va harakat apparatlarining deformatsiyasi (siqilishi, bukilishi va cho`zilishi) sodir bo`ladi. Harakat vaqtida umurtqa pog`onasi suyaklari, tos suyaklarining egilishi va siqilishi kuzatiladi.
Muskullar va bog`lovchi tolalarning chidamliligi yog`ochnikiday bo`lsa, suyaklarniki betonnikidan yuqori.
|
| |