|
Mavzu: Kirish. Tabiatni o'rganishda fizikaning o'rni va uning boshqa fanlar taraqqiyotidagi ahamiyati. Reja
|
bet | 12/197 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 8,06 Mb. | | #149719 |
Bog'liq Fizikadan maruza matniIshning nazariy asosi:
Jismni son qiymati (υ0) ga teng bo‘lgan boshlang‘ich tezlik bilan gorizontga nisbatan biror (α) burchak ostida qiyalatib otaylik. Havoning qarshiligi hisobga olinmaganda sharcha og‘irlik kuchi ta’sirida harakatlanadi va u erkin tushadi, ya’ni tezlanishi 9,8 m/s2 ga teng bo‘ladi. Otilgan jismning harakatini kuzatganimizda u avval gorizontal yo‘nalishda otilgan nuqtasidan uzoqlashayotganligini hamda vertikal yo‘nalishda ko‘tarilayotganligini ko‘ramiz. Gorizontga qiyalatib otilgan jism bir vaqtning o‘zida gorizontal va vertikal yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanadi. Bu harakat trayektoriyasining ko‘rinishi 1-chizmaada keltirilgan.
ko‘tarilish balandligi (hmax), to‘liq uchish vaqti (tu) quyida keltirilgan
ifodalar yordamida aniqlanadi:
(1) 2) (3)
Uchish uzoqligi l va qiya otilish burchagi α ma’lum bo‘lsa, (1) ifodaga ko‘ra jismning otilish tezligi quyidagicha hisoblanadi: (4)
Qurilmaning tuzilishi va uni ishlatish to‘g‘risida ma’lumot.
Gorizontga qiya otilgan jism harakatini o‘rganish qurilmasining umumiy ko‘rinishi 2-chizmada keltirilgan. Qurilmaning asosiy qismi ballistik to‘pponchadan iborat. Ballistik to‘pponcha quyidagi qismlardan iborat: to‘pponcha tanasi (1), to‘pponcha tanasiga mahkamlangan transportir (2), tana ichki qismiga o‘rnatilgan prujina (3), tutqich (4). Tutqich stvol ichida haraktanuvchi porshenga mahkamlangan. To‘pponcha tanasi qisgich (5) bilan birlashtiriladi va 2-chizmadagidek stol chetiga mahkamlanadi.
2-chizma
Qurilmani ishga tushirish uchun tutqichni (4) orqaga tortib prujina siqiladi va to‘pponcha stvolining ichiga metall sharcha joylashtiriladi. Tutqich qo‘yib yuborilganda siqilgan prujina stvol ichidagi porshenni harakatga keltiradi. Porshen stvol ichiga joylashtirilgan sharchani zarb bilan urib, uni stvol ichidan uloqtiradi.
|
| |