• Sirtlarning tekislik bilan kesishuv chizigʻini va kesim yuzalarining haqiqiy kattaligini yasash.
  • Reja: Sirtlarning tekislik bilan kesishuv chizigini va kesim yuzalarining haqiqiy kattaligini yasash.
  • Sirtlarning tekislik bilan kesishuv chizigini va kesim yuzalarining haqiqiy kattaligini yasash. 1-masalani koʻrib chiqish.
  • Python. Олимпиадное программирование




    Download 0.82 Mb.
    bet1/4
    Sana30.05.2023
    Hajmi0.82 Mb.
    #67125
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Yusupova Gulnura
    11-mavzu, BJB oxr, Mathlab sistema-WPS Office, Math termins-2, 3-Mavzu (1), 1684839966-20233318 запрос (1), 22-amal mash (1), Xolbo`tayev Diyorbekning 5 lab, Orziqulov Nurjahonning materialshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi 2., 7-ma\'ruza, 1-mustaqil ish, BIOPASPORT, rumiy 2, мавзулар

    Qoraqolpoq davlat universiteti
    Sanaat texnologiya fakulteti
    Neft va neft gazni qayta ishlash
    texnologiyasi yoʻnalishi
    1-kurs talabasi Yusupova Gulnura Muhamdislik va kompyuter grafikasi fanidan
    Slayd ishi
    Sirtlarning tekislik bilan kesishuv chizigʻini va kesim yuzalarining haqiqiy kattaligini yasash.

    • Sirtlarning tekislik bilan kesishuv chizigini va kesim yuzalarining haqiqiy kattaligini yasash.
    • 1-masalani koʻrib chiqish.
    • 2-masalani koʻrib chiqish.
    • 3-masalani koʻrib chiqish.

    Reja:
    Sirtlarning tekislik bilan kesishuv chizigini va kesim yuzalarining haqiqiy kattaligini yasash.
    Sirtlarning umumiy vaziyatdagi tekislik bilan kesishish chiziqlari quyidagi algoritm asosida bajariladi:
    • berilgan  sirt va Q tekislik yordamchi kesuvchi P1 tekislik bilan kesiladi (15.1-rasm). P1 yordamchi tekislikni shunday o‘tkazish kerakki, uning  sirt bilan kesishiish chizig‘i to‘g‘ri chiziq yoki aylana singari sodda chiziq bo‘lsin.
    • yordamchi P1 tekislik bilan  sirtning kesishish chizig‘i m1 yasaladi: ∩P1=m1
    • berilgan Q va P1 tekisliklarning o‘zaro kesishish to‘g‘ri chizig‘i yasaladi: Q∩P1=a1;
    • a1 va m1 chiziqlarning kesishish nuqtasi A1 ni belgilab, (A1=a1∩m1) olinadi. a1 va m1 chiziqlarining kesishish nuqtalari bitta yoki ko‘p bo‘lishi mumkin.
    Yuqorida bayon qilingan yasashlarga asosan P2, P3,… tekisliklar o‘tkazilib A2, A3,… nuqtalar xolati aniqlanadi.
    Bu nuqtalar o‘zaro tutashtirilib,  sirt bilan Q tekislikning kesishishidan hosil bo‘lgan tekis egri chizig‘i ℓ hosil qilinadi.
     sirtning Q tekislik bilan kesishish chizig‘ini shu sirt yasovchilarning tekislik bilan kesishish nuqtalarini topish orqali ham yasash mumkin.
    Sirtlarning tekislik bilan kesishuv chizigini va kesim yuzalarining haqiqiy kattaligini yasash.
    1-masalani koʻrib chiqish.
    1-masala. To‘g‘ri doiraviy silindrning Q(Q′,Q″) tekislik bilan kesishish chizig‘ini proyeksiyalari yasalsin. (15.2-rasm).
    Yechish. Bunda A(A′,A″) yuqori va B(B′,B″) quyi nuqtalarni topish ikki xil usulda ko‘rsatilgan. Bu usullardan biri-urinma gorizontallar o‘tkazishdir. Yuqori va quyi nuqtalar kesuvchi tekislikning silindrga urinma vaziyatda o‘tkazilgan h1 va h2 gorizontallarga tegishli bo‘ladi.
    Ikkinchisi A va B nuqtalarni silindrning i(i′,i″) o‘qi orqali o‘tuvchi va Q tekislikka perpendikulyar bo‘lgan M(MH) tekislik yordamida ham topish mumkin. Buning uchun Q tekislikning ixtiyoriy h gorizontali o‘tkaziladi. Uning h′ gorizontal proyeksiyasiga perpendikulyar ravishda silindirning i o‘qi orqali M tekislikning gorizontal Mn izi o‘tkaziladi.
    Bu tekislik silindrni ℓ va ℓ1 yasovchilari bo‘yicha, berilgan Q tekislikni esa 3,4 to‘g‘ri chiziq bo‘yicha kesadi. 3,4 kesishish chizig‘i va l, l1 yasovchilarning frontal proyeksiyalari 3″4″ hamda l′, l″ larning o‘zaro kesishuvidan A″ va B″ nuqtalar hosil bo‘ladi. Yuqori va quyi nuqtalarning A′ va B′ proyeksiyalari silindr asosining proyeksiyasiga tegishli boʻladi.
    Silindr ocherkiga tegishli C va D nuqtalar shu ocherkni ifodalovchi l2, va l3 yasovchilarning Q tekislik bilan kesishuvida hosil boʻlgan, oraliqdagi E va F nuqtalar esa C hamda D nuqtalar singari topiladi.

    Download 0.82 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Python. Олимпиадное программирование

    Download 0.82 Mb.