22-amaliy mashg`ulot Mavzu




Download 39.89 Kb.
bet1/2
Sana13.06.2023
Hajmi39.89 Kb.
#72410
  1   2
Bog'liq
22-amal mash (1)
11-mavzu, BJB oxr, Mathlab sistema-WPS Office, Math termins-2, 3-Mavzu (1), 1684839966-20233318 запрос (1), Yusupova Gulnura , Xolbo`tayev Diyorbekning 5 lab, Orziqulov Nurjahonning materialshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi 2., 7-ma\'ruza, 1-mustaqil ish, BIOPASPORT, rumiy 2, мавзулар

22-amaliy mashg`ulot
Mavzu: Ilmiy mavzudagi kurs ishlari (loyihasi), diplom loyihasini bajarish va ularni rasmiylashtirish talablarini o`rganich.
Ishdan maqsad: Ilmiy mavzudagi kurs ishlari (loyihasi), diplom loyihasini bajarish va ularni rasmiylashtirish talablarini o`rganich

Talabalar o`zlarining tanlagan ta`lim yo`nalishlari bo`yicha shu ta`lim yo`nalishlarining o`quv dasturi asosida tahsil davrida bir nechta kurs ishlari (loyihasi) bajaradilar. Kurs ishini (loyihasini) bajarish jarayonida talabalar


mustaqil ravishda ishlab chiqarishda ishlashda tayyorlanadi. Shuning uchun ham kurs ishining (loyihasining) vazifalari talabalarning ma`lum kurs bo`yichaolgan bilimlarini kompleks har xil muammolarini echishda qo`llashni hamda hozirgi ilmiy-texnik yutuqlardan foydalangan holda amaliy vazifalarni echishni
o`rgatadi. Ilmiy mavzudagi kurs ishlari (loyihalari) tarmoqli ilmiy texnik progress yokishu tarmoqlarni, kafedralarda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot mavzularini hisobga olgan holda bajariladi.
Shuning uchun kurs ishi mavzusi kafedra tomonidan beriladi va
ularni tanlab olish talabalarning o`ziga havola etiladi.Kurs ishini bajarish uch un beriladigan topshiriq, Oliy vao`rta maxsus ta`lim Vazirligi tomonidan belgilangan shaklda,rahbarning ko`rsatilishi va kafedra mudirining tasdiqlanganligi
bilan beriladi. Kurs ishi talabalar tomonidan individual ravishda bajariladi, ayrim mavzularni esa ikki yokiuch talaba bajarishi ham mumkin.
Talabalikning birinchi kursidan har bir yo`nalish bo`yicha
tahsil olayotgan talabalar, shu yo`nalish maxsus kafedralaridan
bo`lajak malakaviy bitiruv ishlarining mavzusini aniqlab, so`ng
boshqa kafedralarda bajariladigan kurs ishi mavzularini shunga
bog`lab olib borishsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Kurs ishiga kafedra professor-o`qituvchilari rahbarlikqiladilar va bajarilish nazoratini olib boradilar. Kurs ishi tugatilgandan so`ng uni tekshirish uchunhar bir talaba o`zining rahbariga topshiradi, rahbar esa o`z navbatida kurs ishini himoyaga qo`yilishi qo`yilmasligini yoki qayta ishlash uch un talabaga qayta topshirishi mumkin. Himoyaga ruxsat etilgan kurs ishini talaba kafedra tomonidan tuzilgan komissiyaga himoya qiladi. Himoya qilishda gurux talabalari ham qatnashadilar.
Himoya vaqtida talaba bajarilgan ish hakida qisqacha gapiribo`tadi, komissiya a`zolarini savollariga javob beradi, olingannatijalarini, tajriba uslublarini tushuntirib beradi. Kurs ishlari nazariy, nazariy va amaliy, yoki amaliy ishlardaniborat bo`lishi mumkin. Umumiy hajmi tahminan 40 betni tashkil
etadi. Kurs ishining tarkibi ta`lim yo`nalishidagi fanlarga qarab
har xil bo`lsada, ammo umumiy qismlar: kirish, adabiyotlar tahlili, amaliy qism va talablar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati, qo`shimcha materiallar qismidan tuzilganligi bir bo`ladi. Tarkibiy qismlari yo`nalish faniga qarab har xil, kattayu-kichik va x.k. bo`lishi mumkin. Masalan:
1. Kirish.
2. Adabiyotlar tahlili va vazifalar.
3. Eksperimental (tajriba) - amaliy qism;
- tajriba qismlarini bajarish shartlari;
- ishlab chiqarish texnologiyasini;
- texnologik sxema tuzish;
- xom-ashyo va qo`shimcha materiallar tavsifi;
- yarim tayyor mahsulotlarni jarayonlar bo`yicha chiqish;
- tayyor mahsulotni sifatini aniqlash;
4. Talablar va takliflar;
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati;
6. Qo`shimcha materiallar: kurs ishini natijalari bo`yicha jadvallar, rasmlar, sxemalar va grafik.
Kurs ishi 210x297 format qog`ozining bir tomoniga ko`k yoki qora
rangda yozilishi kerak. Qog`ozning ko`k burchagini ustki qismida varaqlar soni qo`yiladi. Abzatsda esa beshta bosma xarfdan keyinboshlanadi, ya`ni oltinchi bosma xarfdan boshlanib yoziladi. Bir varaqda satrlar 30 danoshmasligi kerak, satrlarda esa belgilar soni 63 dan oshmasligi kerak. Qog`ozning chap tomonidan 30-40, yuqori qismidan - 20, o`ng qismidan -10 va pastki qismidan esa 25 mm qo`yib yozish kerak. Kirish, adabiyotlar tahlili, tajriba qism, qo`shimcha materiallar qismlarini boshlanishida arab harflari bilan, raqamlari bilan belgilanadi. Mundarijada har xil bo`limning sarlavhasi, betlari bilan keltirilgan bo`lishi kerak. Bo`limlarning sarlavhasi umumiy satrlardan uchinterval oralig`ida ajralgan holda bo`lib katta harflar bilan yoziladi.
Kurs ishidagi hamma satrlar hamda ularda keltirilganjadvallar, rasmlar, sxemalar va diagrammalar ketma-ketnomerlangan bo`lishi kerak. Kurs ishida qo`llanilgan hammatenglamalarni qog`ozni o`ng tomonida arab soni bilan nomerlangan bo`lishi kerak va nomerlar qavsni ichida bo`lishi kerak.
Tenglamani pastki qismida esa tenglamada bo`lgan koeffitsientlarni ahamiyati va belgilari keltirilishi kerak.
Tenglamadan keyingi birinchi satr “bunda” degan so`z bilan boshlanib ikki nuqta qo`yilishi kerak.Kurs ishidagi hamma rasmlarning pastki qismida satrlar bilanuning mazmunini yozilishi kerak. Satrlarda rasmlarga murojaatqilinganda “Shu nomerdagi rasmga qarang” degan so`zni qavs ichiga
olinadi. Sonli materiallar jadval shaklida to`ldiriladi. Har birjadval mavzu sarlavhasi va kema-ket nomerlangan bo`lishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati tuzilganda muallifning ismi va familiyasi, manbaning to`liq nomi va bosmadan hiqarilgan shahri, nashriyot nomi, chiqarilgan yili, manbadagi umumiy betlar.
Masalan: Севостянов А.Г. Методы и средства исследования механико-технологичeских процессов текстилной промышленности. -М.”Легкая индустрия”. 1980. 400 стр.
Jurnal maqolalari qo‘yidagicha rasmiylashtiriladi:
А.С.Сатторов. “Чиқиндисиз технология” // Фан ва турмуш -1989. -№6. -10-12 б.
Satrlarda albatta foydalanilgan adabiyotlarga ilova qilinadi.
Kvadrat qavslar ichida foydalanilgan adabiyotlar ko`rsatiladi.
Kurs ishida “qabul qilamiz”, “aniqlaymiz” yoki “qabul qilinadi”, “aniqlanadi” sifatida ishlatiladi. Satrlarni mazmuni tez va yaxshi tushunarli bo`lishi
uch un ularni mazmun jihatidan abzatslarga bo`lamiz. Tayyor ishning ustki qismiga qalin varaqdagi titul qog`ozi yopishtiriladi.Titul qog`ozida oliy o`quv yurtining to`liq nomi, kurs ishining bajarilishiga rahbarlik qiladigan kafedraning nomi, oliy o`quv yurti bo`ysunadigan mahkama ko`rsatiladi. Titul qog`ozini o`rtasida katta xarflar bilan kurs ishini to`liq nomi yoziladi. Undan pastroq qismida, ya`ni qog`ozni talabaning kursi, guruhi, familiyasi,ismi va otasining ismi: kurs ishiga rahbarlik qilayotgano`qituvchining ilmiy darajasi, unvoni familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi. Qog`ozni pastki qismida esa oliy o`quv yurti
joylashgan shaharni nomi va defis orqali yil yoziladi.Titul qog`ozidan keyin kurs ishining vazifalari qo`yiladi.Kurs ishini oxirida hamda titul qog`ozida talaba o`zini
imzosini qo`yadi. Kurs ishi bezatilgan so`ng kafedraga topshiriladi.
O`qituvchi ishning oxirgi varag`iga ish haqida taqriz yozadi va o`z imzosi bilan taqriz yozgan kunini qo`yadi.
2. Ilmiy mavzudagi bitiruv malakaviy ishlarini bajarish va ularning rasmiylashtirilishi
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`limvazirligining ta`lim yo`nalishi bo`yicha bitiruv malakaviy ishinibajarishda bitiruvchilar oldiga quyidagi vazifalar qo`yiladi:
- butun ta`lim davomida mutaxassislik bo`yicha olingan nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish, kengaytirish;
- olingan nazariy va amaliy bilimlarni aniq ilmiy texnikaviy
topshiriqlarini echish da ishlata olish; - berilgan topshiriqlarni bajarishda izlanish uslublarini o`rganish va ulardan qo`yilgan muammo va topshiriqlarni echish da va tajriba o`tkazishda foydalanish;
- talabaning amaliyotda va ishlab chiqarish tizimida mustaqilishlashga tayyorgarligini aniqlash.Shu maqsadga, bugungi talabga, ertangi mustaqil fikr yurita oladigan bakalavr, normativ materiallarni hozirigi zamon yutuqlarini xalq xo`jaligida qo`llashni puxta o`rganishi kerak.
Bitiruv ishlarining bajarilishi Davlatimiz Prezidenti, hokimiyat qarorlarini bajarish asosida, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani, mehnatni ilmiy asosida tashkil etishning texnologiya jarayonlarini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va ishlab chiqarishni samaradorligini oshirishi bilan olib borilishi
kerak.
Bitiruv malakaviy ishlarini bajarish umumiy qoidalariga, eng avval, bitiruv ishining mavzusi hozirgi mavjud muammolarni echish da dolzarb mavzular bo`lib, tarkibiy va sifat jihatidan Oliy kasbiy ta`lim Davlat andozasi talablariga javob berishi lozim.
Oliy kasbiy ta`limning Davlat ta`lim andozasi ta`lim yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyat doirasi va ob`ektlari qo`yidagilardan iborat: Bitiruv ishlari bajarilish sohasiga qarab turli xil: ilmiy tadqiqot bitiruv malakaviy ishi; loyiha bitiruv ishi; ilmiy tadqiqot va loyiha ishi; texnologik faoliyat bitiruv ishi, jihozlar va ekspluatatsiya bo`yich a bitiruv ishi; ekologik tadbirlar ishlabchiqish bo`yicha bitiruv ishi; iqtisodiy ishlar bo`yicha bitiruv ishi va x.k.lar. Bitiruv ishi mavzusini tanlashda xalq xo`jaligi, fan vamadaniyatning aniq topshirig`i va vazifalarni e`tiborga olish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bitiruv ishlarining mavzusi, eng avvalo dolzarb bo`lib, hozirgi zamon fan, texnika va madaniyatning rivojlanishi, aks ettirishi, tarkibiy jihatdan oliy kasbiy ta`lim Davlat andozasi talablariga javob berishi kerak. Bitiruv ishi mavzularini mutaxassislarni shakllantiruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va fakultet Ilmiy kengashida ko`rib chiqilib, tasdiqlanadi. Bitiruv ishlar ro`yxati ushbu ishlar bajarish semestri boshlanishidan bir oy oldin e`lon qilinadi.
Bitiruv ishi, talabalarning bitiruv ishi bajarilgunga qadar, bajargan kurs loyihalari (ishlari), ilmiy (fundamental fanlar bo`yicha) va mutaxassislik fanlari (texnologiyada EHMni qo`llash, jarayonlar va apparatlar, ularni loyihalash, umumiy texnologik asoslari) hamda boshqa yo`nalish fanlar bo`yicha kurs va loyiha ishlari, shuningdek bitiruv ishlari kafedradagi “Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari” jamoasi mavzularining davomi sifatida bajarilishi kerak. Bitiruv ishlari mantiq jihatdan oldingi bajarilganishlarning mantiqiy tugallanishi bo`lishini talab qiladi.
Bitiruv ishlar mavzularini talabalar erkin tanlash huquqiga
ega, bunda belgilangan mavzulardan tanlashlari, eki o`zlari ham,
asoslangan holda yangi mavzularni berishlari mumkin. Bitiruv ishlar mavzulari, talabalarga ularning shaxsiyarizalari bo`yicha biriktirilgandan so`ng bitiruv ishi kafedra vafakultet taqdimnomasiga asosan, institut rektorining buyrug`i
bilan rasmiylashtiriladi.
Bu jarayon bitiruvchilarning bitiruv ishlari oldindan bo`ladigan amaliyotgacha bajarilsa, maqsadgamuvofiq bo`ladi. Bitiruv ishlari mavzulari rasmiylashtirilgandan so`ng ham har qanday o`zgarish va yana qaytadan rasimylashtirilishi mumkin.
Har bir bitiruv ishlarida kafedra tomonidan maqullangandastur asosida mavzu bajarilsada, u bilan birga hozirgi zamonperspektiv nazariy va amaliy savollar ham ko`rilishi kerak. Shu ninguch un , bitiruv ishlarida asosiy mavzudan tashqari, qo`shimcha,boshqaruv tizimi, ekologiya standartizatsiya va albatta iqtisodiybaholash va mehnatni muhofaza qilish ham ko`rilishi kerak.
Mavzular amaliyotdagi korxonalar, tashkilotlar, ilmiy tadqiqot
institutlari va h.k. tomonidan berilgan, buyurtma qilingan
mavzular bo`yich a bo`lsa, bu vazifalar real topshiriqlar hisoblanadi.
Bitiruv ish mavzusiga muvofiq rahbar talabaga bitiruv ishga
amaliyot ob`ektini o`rganish va material yig`ish uch un topshiriq beradi. Shu bilan birga maxsus formada rahbar tayyorlangan, kafedra mudiri tasdiqlagan, bajarish muddatlari ko`rsatilgan bitiruv ishi topshirig`i ham beriladi.
Bitiruv ish rahbari, topshiriqni talabaga berish bilan bitiruv ishini bajarish, vaqtida ishlash taqvim rejasini ishlab chiqishda yordam berib, mavzu bo`yicha kerakli kitoblarni, majmua materiallarini, tipli loyihalarni va x.k. manbaalarni taklif etadi. Talabalar sistemali ravishda ishlash jadvali bo`yicha suhbat o`tkazadi va ayrim savollar echimi bo`yicha maslahat beradi.
Talaba tashabbusini har tomonlama taqdirlab, bitiruv ishining qismlariva bir butunligicha bajarilishini tekshirib boradi. Bitiruv ishining rahbari taklifi bilan kerak bo`lgan taqdirda, kafedrada bitiruv ishining qismlarini bajarishga maslahatchilar taklif qilish huquqi beriladi. Bitiruv ishlari qismlarining maslahatchilari bo`lib, oliy o`quv yurt professorlari va o`qituvchilari, hamda korxona va tashkilotlar malakali mutaxassislari va ilmiy xodimlari bo`lishlari mumkin. Maslahatchilar belgilangan qismlarni bajarish uch un maslahat beradilar, talabalarning shu qismlarni bajarishlarni tekshirib boradilar, tushu ntirish xatining titul varaqasiga va ko`rilgan qism grafik varag`iga o`z imzolarini qo`yadilar. Bitiruv ishlarining bajarilishida qabul qilingan echimlar va ulardagi ishlatilgan, hisoblangan, keltirilgan ko`rsatgichlarni to`g`riligiga bitiruv ish muallifi talaba javob beradi.
Bitiruv ishlarini talaba tomonidan, oliy o`quv yurtida
ajratilgan “Bitiruv ishlar” auditoriyasida, ilmiy izlanishlaboratoriyasida bajarilishi kerak. Ayrim mavzular bo`yicha rahbar va kafedra mudirining ruxsati bilan ishlab chiqarish korxonalarida, tashkilotlar va ilmiy muassasalarida bajarilishi mumkin.
Ishning boshlanishidan oldin, talaba bitiruv ishi bo`yicha
qilinadigan ishlar taqvim jadvalini tuzish va unda ishlarning
bajarilish bosqich larini ko`rsatishlari, rahbarning roziligi bilan
bu ish rejasi kafedra mudiriga tasdiqga berilishi maqsadga
muvofiq bo`ladi. Talabalarning bitiruv ishlarining bosqich lari bo`yich a
bajarilishi to`g`risida hisobotlarni berish vaqtlarini fakultet
dekanati qo`yadi. Qo`yilgan muddatlarga talaba, rahbar va kafedra
mudiri olishda hisobot beradi, ular o`z navbatida, bajarilishi
darajasini hisobga olib, fakultet dekanatiga ma`lum qilishadi.
3. Kurs ishlari (loyihasi) va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilish tartibi to`g`risida.Oliy ta`lim muassasida bakalavriaturaning to`rt yil davomida
har bir talaba o`quv rejasiga binoan kamida 5-6 ta kurs ishlarini
(loyihasi) bajaradi. Kurs ishlari (loyihasi) talabaning professor-o`qituvchilar rahbarligida bajarilgan mustaqil ishi bo`lganligi uch un uning natijasi, kafedra tomonidan tayinlangan dekanat tomonidan tasdiqlangan uch kishidan iborat komissiyada, avvaldan belgilangan reja asosida himoya qilinadi.
Kafedra tomonidan berilgan topshiriqga asosan talaba kurs
ishlarini to`liq bajarib, rasmiylashtiradi va kafedraga rasmiy
ravishda topshiradi, shundan so`ng, kurs ishi rahbarining ijobiy
taqrizini olgandan so`ng himoyaga qo`yiladi. Himoyaning o`tkazilish tartibi quyidagidan iborat: komissiyaga taqdim etilgan ish komissiya raisi tomonidan e`lon qilinadi, e`tirozlar bo`lmasa, muallifga 5-10 min ishning maqsadi, mohiyati,
olingan natija va xulosalar haqida gapirishga ruxsat etiladi. So`ng
savol-javoblar bo`lib, komissiya a`zolari va qatnashuvchilar
e`tirozi bo`lmasa, navbatdagi himoyaga o`tiladi. Himoya vaqtida
himoyachi – muallif kurs ishlari materiallaridan, grafik
tasvirlari va qo`shimcha ma`lumotlardan foydalanishga haqlihisoblanadi.
Himoya rejada ko`rsatilgan barcha talabalar himoya qilingandan
so`ng, komissiya a`zolari xoli qolib, bir qarorga kelinadi va
reyting sistemasiga asosan baholanadi. Shundan so`ng himoyachilar,
qatnashuvchilarning barchalari taklif etilib qo`ilgan baholar e`lon
qilinadi. Qoniqarsiz baholanganlar, akademik qarzdor hisoblanib,
dekanat belgilangan rejaga asosan yana bir bor himoya qilishlari
mumkin.
Komissiyaga topshirilgan kurs ishlari rasmiy ravishda kafedraga so`ng institut arxiviga kamida 5 yil muddatda saqlash uchun topshiriladi.
Bitiruv ishi tugallangandan so`ng talaba va maslahatchilar qo`l qo`ygan tushuntirish xati va grafik materiallarni bitiruv ishi rahbariga taqdim etiladi. Bitiruv ishning rahbari ishni tekshirib chiqqandan keyin qo`l qo`yadi va bitiruv ishining bajarilishi, talabaning ishga bo`lgan munosabati haqida yozma ravishda taqriz beradi. Taqrizda berilgan qilingan ishlarning hamma qismlari
bo`yich a qisqacha tavsif berilishi kerak.Talaba himoyagacha 7-10 kun oldin, rasmiylashtirilgach bitiruvishini, rahbarning taqrizi bilan boshlang`ich himoyaga kafedraga beradi.
Kafedraga komissiya ko`rib chiqib, ishning mazmuni, rasmiylashtirilishi haqida kamchiliklarini ko`rsatib, kafedra mudiriga himoyaga qo`yilishi to`g`risida taqdim etadi.
Kafedra mudiri, talabani himoyaga qo`yilishi to`g`risidagi savolni ko`rib
chiqib, bitiruv malakaviy ishining titul varag`iga qo`l qo`yadi. Agar kafedra mudiri, bitiruv ishini himoyaga qo`yilishi mumkin bo`lmasligini bildirsa, unda bu masala kafedra majlisida, rahbarning ishtirokida ko`rib chiqiladi. Kafedra majlisi qarori fakultet dekani orqali tasdiqlash uchun institut rektoriga chiqariladi.
Kafedra mudiri tomonidan himoyaga qo`yilgan bitiruv ishlari
fakultet dekani tomonidan tashqi taqrizga yuboriladi. Ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish xodimlaridan tarkib topgan taqrizchil ar ro`yxatini kafedra mudiri taqdimnomasi bo`yicha fakultet dekani tasdiqlaydi va rektor buyrug`iga beradi. Taqrizchilar sifatida boshqa institut professor-o`qituvchilari ham taklif qilinishlari mumkin, faqat ular shu yo`nalish bitiruv kafedrasida ishlayotgan bo`lishlari kerak.
Taqriz olingandan so`ng, fakultet dekani bu bilan kafedra mudirini, bitiruvchi talabani tanishtiradi va bitiruv ishini taqrizi bilan Davlat Attestatsiya Komissiyaga yuboradi (DAK). Agar bitiruvchi - talaba, bitiruv ishi oldi amaliyoti o`tgan korxona yoki tashkilot yoki muassasa rahbaridan fikrnoma olsa, bu yanada maqsadga muvofiq bo`ladi.
Bitiruv ishlarining himoyasi Davlat Atesstatsiya Komissiyasining (DAK) ochiq majlisida, kamida komissiyaning yarmi qatnashgan holda o`tkaziladi. Davlat Atesstatsiya Komissiyasining ish jadvali, uning raisi bilan kelishilgan holda, fukultet dekani taqdimnomasiga asosan institut o`quv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlanadi va bitiruv ishlari himoyadan bir oy oldin e`lon qilinadi.
Bitiruv ishlarining himoyasiga DAKga quyidagi hujjatlartaqdim etiladi:
- fakultet dekanining talabalar o`quv rejasini bajarganligi va olgan baholari haqida ma`lumot;
- bitiruvchi - talaba haqida tavsifnoma;
-bitiruv ishi rahbarining mulohazasi; - bitiruv ishiga olingan taqriz. Bitiruv ishining himoyasida, ishning mazmunini etkazish uchun, bitiruvchi
- talabaga ko`pi bilan 15 min. vaqt beriladi. Himoyachining natijasi “a`lo”, “yaxshi”, “qoniqarli“ baholar bilan baholanadi. Reyting tizimi bo`yicha bitiruv ishiga beriladigan ball
-maksimal 100 ball beriladi.
Agar bitiruv ishi DAK tomonidan “qoniqarsiz” deb baholansa, shuqo`yilishini (qo`yilmasligini) yoki kafedradan yangi mavzu olib ishlashini ham DAK aniqlaydi. Bitiruv ishini himoya qilolmagan talaba, institutn bitirganidan so`ng, 3 yil ich ida bitiruv ishini qayta himoyaga qo`yishi mumkin, bunda shu yo`nalishda ishlaganligi to`g`risida hujjat va tavsiyanoma berilishi kerak. Bitiruv ishi himoyadan so`ng (kamida 10 yil) oliy o`quv yurtida saqlanadi. Har bir ta`lim yo`nalishi bo`yicha bitiruv ishlarining bajarishdagi talab va uslubiy ko`rsatmalar, maxsus kafedralar tomonidan tuzilib berilgan.
Shuning uchun ayrim umumiy talablarni aytib o`tamiz. Bitiruv ishlari tarkibi tushuntirish xati (matn hujjati) va grafik qismidan (grafik hujjatdan) iboratdir. Bitiruv ishining hajmi kamida 10-15 ming so`zdan va grafik qismi esa 5-6 varaqdan iborat bo`lishi kerak.Tushuntirish xati qisqa va aniq formada yozilib, bitiruv ishining maqsadini yoritishi kerak.
Unda hisoblash metodi, hisoblarning o`zi, tadqiqot ishlar metodlari yozuvi, natijalar tahlili, ular bo`yicha xulosalar, texnikaviy iqtisodiy asoslash, mehnat muhofazasi, iqtisodiy samaradorlik to`g`risida tarkib topishi maqsadga muvofiqdir. Tushuntirish xati, matnli hujjatlar Davlat standartiga (GOST) asosan tuzilib A4 (297x210 mm) formatli qog`ozga tushunarli va aniq qilib qog`ozning bir tomoniga yozilishi kerak. Bitiruv ishining yozuvi yozuv mashinkasida yoki kompyuterda qilinishi ham mumkin.
Ammo bunga bitiruv kafedra ruxsati bo`lishi kerak. Bunda shrift standartga to`g`ri kelishi kerak va qog`ozning atrofida qo`yidagi masofada joy qoldirilishi kerak. Qog`ozdagi satr boshida - 25 mm, satr oxirida 10 mm, yuqorisidan - 15 mm, pastdan esa - 10 mm.
Tushuntirish xatida betlarning nomerlari betlar ketma-ketligida, har bir betning yuqori o`ng burchagida arab sonida nuqta bilan qo`yilib borilishi kerak.
Tushuntirish xatidagi har bir bo`lim yangi betdan boshlansa, nomi quyuq yozuv bilan (5 yoki 7 shrift nomer bilan), matnning har bir punkti abzatsdan yozilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Agar yozuvda harflar, so`zlar to`g`rilansa, aniqlantirilsa, bunda ehtiyotkorlik bilan tozalash va elimlash, yoki maxsus tozalagich bilan tozalab to`g`irlash mumkin.
Tushuntirish xatining mazmuni, albatta, qo`yilgan talablarga asosan tanlangan mavzulardan kelib chiqqan holda har xil bo`lishi mumkin. Tushuntirish xati mazmunini yoritish uch uni bo`lim va bandlarga bo`lish kerak.Tuzilish jihatdan har xil bo`lganda ham umumiy holda tushuntirish xati mazmuni quyidagi qismlardan tarkib topilishi kerak:
Kirish
a) tanlangan mavzuni dolzarbligini asoslash va bitiruv ishi vazifalarini aniqlash;
b) tadqiqot qismi;
v) texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimi;
g) ekologik, metrologiya va standartlash qismi;
e) mehnatni muhofaza qilish;
j) iqtisodiy qism.
Masalan:
1. K i r i sh;
2. Adabiyotlar asosida analitik tahlil;
3. Ishning maqsadi va vazifalari;
4. Tadqiqot qismi;
5. “Standartlash” qismi;
6. Inson faoliyati xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasi qismi;
7. Olingan ilmiy natijalarni “Iqtisodiy ko`rsatgichlari qismi;
8. Xulosa qismi.
9. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati qismi;
10. Ilovalar.
Bitiruv ish mazmuni har xil bo`lsada, uning tushuntirish xat tarkibi quyidagicha joylashtirilishi kerak:
1. Titul varag`i;
2. Bitiruv ish rasmiy topshirig`i;
3. Mundarija;
4. Kirish;
5. Bayon matni, hisoblar, jadvallar, rasmlar va x.k. bilan;
6. Xulosalar va tavsiyalar;
7. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati;
8. Ilovalar.
Bitiruv ishining tushuntirish xati, o`zining muqovasi bilan
bo`lishi kerak. Muqovaning ichkiqismida kerakli hujjatlar (annotatsiya, rahbar mulohazasi, taqriz va x.k. saqlash uchun kissa konvertdan) qilish lozim.Tushuntirish xatining birinchi varag`i bu titul varag`idir. Unda: vazirlik, institut, fakultet, kafedra, mavzu nomi, muallifning (talaba) ismi-sharifi, kafedra mudiri, rahbarning ismi-sharifi, unvoni va lavozimi, qaerda bajarilganligi,
bajarilgan yili keltiriladi. Agar titul varag`i bosma (blanka) shaklida bo`lsa, unda tipografik uslubda qo`l yozuvi bilan to`ldiriladi.
Tushuntirish xatining mundarijasidan uning tuzilishi rejasi bilan tanishib,
butun ishning yoritilishi, uning tuzilishi bilan tanishish, baholash
mumkin.
Agar mundarija tushuntirish xatini rasmiylashtirishidan
oldin tuzilsa, ishning noaniq tuzilishi aniqlanadi va ko`pgina
kamchiliklarning oldini oladi. Har bir bo`limga arab soni bilan tartib raqamlari berilib, larning ketma-ketligi ta`minlanadi. Xuddi shunday bo`limchalar ham belgilanadi. Har bir bo`lim nomlari qisqa, shu bo`lim mazmuniga munosib holda yozilishi kerak. Agar bo`limlar katta harflarda yozilsa, bo`limchalar kichik xarflarda yoziladi.

Download 39.89 Kb.
  1   2




Download 39.89 Kb.