1. Men shu yilning 6-fevraldan boshlab kafedra professor o’qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va kafedra ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim




Download 16.69 Kb.
Sana24.05.2023
Hajmi16.69 Kb.
#64096
Bog'liq
hisobot 1
ichki taqriz

Shahrisabz davlat pedagogika instituti magistratura bo’limi (Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi Boshlang’ich ta’lim) 2-kurs magistranti G’aniyeva Muhabbatning pedagogik amaliyotdan tayyorlagan
Hisoboti
Bizga 2023-yilning 6-fevral sanasidan boshlab Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida amaliyot o’tash uchun yo’llanma berildi. Bizni kafedra mudiri p.f.n Sh.Hamroyev kutib oldilar . Bizni amaliyot jarayonimizni kuzatish va rahbarlik qilish ma’suliyatini ustozimiz p.f.n Sh.Hamroyevga yukladilar. Men amaliyot davomida quyidagi ishlarni olib bordik:
1.Men shu yilning 6-fevraldan boshlab kafedra professor o’qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va kafedra ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim. O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini kuzatdim, dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalarning dars davomida qo’llanilishini, shu bilan birga, noan’anaviy o’qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida talabalar bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o’rgandim.
2. Kafedraning professor o’qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni, darslar uchun mustaqil ravishda dars ishlanmalari yozishni, foydalanishni, darsni to’g’ri tashkillashtirish, mavzuga mos bo’lgan materiallar,ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni o’rgandim.
3.Amaliyotimizning 2-haftasida barcha talabalar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil etishni o’rgandim, va o’zim ham mustaqil ravishda talabalarga dars o’tdim. Bunda menga ustozlardan o’zlashtirgan bilimlarim samara berdi.

Amaliyotim mobaynida bir qancha ochiq darslarni tashkil qildim va Kafedramizning professor o’qituvchilari tahlillari natijasida darsda va tadbirda nimalarga e’tibor berishim kerakligini bilib oldim.


Shu bilan birga kafedradagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Ma’naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh rahbari ish rejasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni o’rgandim.Davomati va o’zlashtirishi past talabalar bilan ish olib borishni, ularga ko’maklashishni o’zlashtirdim. Bunda menga amaliyot rahbarimizning yo’l-yo’riqlari yordam berdi.
4. Amaliyotimizning 3-haftasida men mustaqil ravishda ishchi o’quv reja, o’quv majmualarini ko’zdan kechirdim hamda o’zim ham 3-kurs sirtqi talabalari uchun matematika o’qitish metodikasi fanidan va 4-kurs kunduzgi talabalar uchun texnalogiya va uni o’qitish metodikasi, tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi fanlaridan ustozlar ko’magida ma’ruza majmuasini tayyorlashni o’rgandim. Bundan tashqari onlayn tarzda tashkil etilgan amaliy mashg’ulot darslarini kuzatib, o’zim ham dars jarayonlarini onlayn tashkil qildim.
Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida o’rgangan va keying bosqichlarda o’rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimda katta yordam beradi.
Download 16.69 Kb.




Download 16.69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Men shu yilning 6-fevraldan boshlab kafedra professor o’qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va kafedra ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim

Download 16.69 Kb.