1. Korxona faoliyati haqida malumot




Download 2,56 Mb.
Sana10.12.2023
Hajmi2,56 Mb.
#114934
Bog'liq
amaliyot hisoboti
tarbiyachi ish hujjatlari, 21-ДМТТ қолиб кетган буйруқлар, 1 bob erim, elka, MOTSART 303 DILFIDO, Bazalash asoslari 22, Aniqlikka tekshirish, 4.Internet resurslar va ulardan o’quv jarayonida foydalanishni tashkil etish, 835c664d-1f42-4f64-822a-d20d70e49d54, Ma\'naviyat soati, publicOffer, 1-ma'ruza Nochiziqli tizim, 9434 Презентация5, Listening Answer Sheet 1, file name

Andijon mashinasozlik instituti “IB va KT”fakulteti “IMT”yonalishi 2-kurs k-88-21 guruh talabasi Mulkamolov Kamoliddinning malakaviy amaliyotdan tayyorlagan Xisobot ishi.


Xisobot
I. Kirish.


1. Korxona faoliyati haqida malumot.
2. Texnalogik jarayon tavsifi.
3. Nazorat qilinadiagan qurilmalar va fizik parametrlar tavsifi.
II. Xulosa.
III. Foydalanilgan adabiyotlar.

O'zbekiston Respublikasi Andijon shahrida joylashgan "O'zAuto – AUSTEM" mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O'zbekiston-Koreya qo'shma korxonasi 2011 yil 25 fevralda tashkil etilgan. Korxonaning muassislari: "AUSTEM Co.Ltd " (Janubiy Koreya) va "O'zavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi (O'zbekiston). Korxona rasmiy ravishda 2012 yil 20 sentabrda o'z faoliyatini boshladi. "O'zAuto-AUSTEM" qo'shma korxonasi "GM O'zbekistan"AJ avtomobil zavodida ishlab chiqariladigan Lacetti, Cobalt va Spark kabi zamonaviy avtomobillarga g'ildirak disklari va shassi uzellarini ishlab chiqarish va yetkazib berishga ixtisoslashgan. Korxonaning ishlab chiqarish maydonlarida zamonaviy uskunalar o'rnatilgan: YASKAWA MOTOMAN kompaniyasi (Yaponiya) tomonidan ishlab chiqarilgan payvandlash robotlari, DongShin kompaniyasi (Janubiy Koreya) tomonidan ishlab chiqarilgan press uskunalari va saelim

G. M. t kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr depozit bo'yoq liniyasi(Janubiy Koreya). Elektr depozitli bo'yoq liniyasining imkoniyatlarini alohida ta'kidlash kerak, bu nafaqat ishlab chiqarilgan g'ildirak disklari va shassi qismlarini yuqori sifatli bo'yash, balki yuqori korroziyaga chidamliligini ta'minlaydigan turli qismlarning korroziyaga qarshi qoplamasini ham amalga oshirishga imkon beradi. Biz ishlab chiqaradigan avtomobillar uchun butlovchi qismlarni bo'yashni amalga oshiradigan korxonalar qismlarni bo'yashning yuqori sifatini ta'kidlashadi. Bugungi kunda korxonada 300 dan ortiq ishchi va xodimlar qo'lma-qo'l mehnat qilmoqda. Korxonada mavjud bo'lgan yuqori malakali mutaxassislardan iborat texnik xodimlar kompaniyaga turli xil avtomobil modellari uchun shtamplangan po'lat g'ildiraklar va shassi uzellarining yangi markalarini ishlab chiqarishni o'zlashtirishga imkon beradi. Hozirgi vaqtda korxonada ISO 9001:2008 va ISO/TS 16949:2009 xalqaro avtomobil standartlari talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi joriy etilgan. 2014 yilda korxona sifat tizimining ushbu standartga muvofiqligi to'g'risida sertifikat olindi. Hozirgi vaqtda korxonaning yillik quvvati 900 ming dona po'lat g'ildirak disklari va 128 ming shassi uzellari to'plamini tashkil etadi. Korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar asosan o'rta Osiyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi - "GM O'zbekistan"AJga yetkazib beriladi. Hozirgi vaqtda g'ildiraklarning po'lat jantlari va shassi uzellari O'zbekiston Respublikasi hududidagi xizmat ko'rsatish markazlariga yetkazib berilmoqda. Korxona Rossiya, Qozog'iston va Ozarbayjon kabi yaqin xorijiy mamlakatlarga eksport qiladi.


UzAvto-Austem korxonasida birinchi bo’lib RIM (diska yig’uv linyasi ) tashkil topgan . Keyinchalik boshqa linyalar ham sekin astalik bilan kirib kelgan. Bu korxonada eng katta linya diska yig’uv linyasi hisoblanadi . UzAvto Austemdagi barcha qurilmalar va uskunalarning barchasi koreadan olib kelingan. Bu qurilmalarning barchasi havo kopressr yordamida ishlaydi . Bu esa ishlab chiqarishni yanada rivojlanishiga olib keladi. Bu korxona asosan 3 bolimdan iborat . Yani 1. PRESLASH 2. RIM va BO`YOQLASH bolimlardan iborat . Korxonada yana bu bolimlardan tashqari ombor , qadoqlash qisimlari ham mavjud . Men bu korxonaga borib ozimga kerakli juda koplab bilimlarni organdim. Bu korxonadan ishchilarga qilingan sharoitlar ham juda yaxshi va ajoyib ekan . Men korxonaga borganimda BO`YOQLASH linyasida instutda olgan bilimlarimni amalda qollab kordim va juda kop narsalarimni organdim.



1-rasm Tayyor disklar bo`yoqlanish jarayoni uchun xankerlarga ilinmoqda.


Bu yerda 1-bosqich ish jarayoni ketadi, ya`ni (hotwater) issiq suv vannasiga kirib boradi va bu yerda disklar va detallardagi chang va keraksiz narsalarni tozalaydi.

2-bosqichda disklar va detallar sodali issiq suv vannasiga kiritiladi. Bu yerda disklar va detallar yuzasidagi yog` qoplamasini butunlay tozalaydi.


3-bosqichda disklar va detallar sodali suv vannasiga kiritiladi va oddiy sovuq suv vannasiga kiritiladi, va bu yerda detallar soda qoplamasidan butunlay tozalanadi.
4- bosqichda disk va detallar yuzasidagi mayda zarra va kertiklar butunlay tozalanadi.
5-bosqichda detal va disklar fasfalt vannasiga kiritiladi va bu kimyoviy moddaga toyingan metal uzoq vaqt davomida zanglamaydi, keyin esa disk va detallar toza distillangan suv vannasiga kiritiladi.
6-bosqichda disk va detallar kraska vannasiga kirib boradi u yerda detallar elektr yordamida ko`chib ketmaydigan darajada bo`yoqlanadi.
7-bosqichda UF 1 va UF 2 vannasida detal va disklar distillangan suv bilan yuviladi.
8-bosqichda detal va disklar issiq pechkaga kiritiladi bu yerda esa detallar 180* daraja issiqlikda qurilib tayyor holatga keladi.



.

Bu 2-rasmda har bir vannadagi suv va suyuqliklarning harorati ko`rsatib berilgan




Bu 3-rasmda butun jarayonni ishga tushirish va to`xtatish uchun ishlatiladigan puskatel keltirilgan.


4-rasmda issiqlik pechini haroratini boshqaradigan puskatel keltirilgan.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda men bu korxonada instutda olgan bilimlarimni amalda sinab kordim va guvohi boldim . Men shu paytga instutga olgan bilimlarimni amaliyotda sinab korib ozimda juda katta tassurot qoldirdi.Haqiqatdan ham amaliyotda korgan boshqacha bolar ekan va yana shuni aytib otishim joizki bu amaliyotdan men ozimning yonalishimga bolgan hurmatim va ishtiyoqim yanada ortdi.Chunki mening yonalishim hozirgi kunda juda kerakli yonalishlardan biri ekanligini tushunib yetdim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1.UzAvto-Austem arxiv.uz
2.Wikipendiya
3.hozir.org.uz
Download 2,56 Mb.




Download 2,56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Korxona faoliyati haqida malumot

Download 2,56 Mb.