«TASDIQLANGAN»
Universitet Kengashining 2024-yil 29
-fevraldagi 7-sonli qarori asosida.
Kengash
raisi,
rektor
prof.
Sh.Sharipov
«29»fevral 2024 yil
KURS ISHINI BAJARISH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA
Umumiy qoidalar
Kurs ishi - bu oʻquv rejasiga kiritilgan, biror aniq mavzu boʻyicha talaba
tomonidan
tayyorlanadigan, ilmiy-tadqiqot elementlarini oʻz ichiga olgan
yozma ish. Kurs ishlarini bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta
maxsus ta'lim vazirining 2021 yil 19 oktyabrdagi 35-2021-son buyrugʻi bilan
tasdiqlangan “Davlat ta'lim standarti”da koʻzda tutilgan. Uni bajarish
talabalarning fan boʻyicha olgan bilimlarini chuqurlashtirish va
mustahkamlashga, mustaqil ravishda ilmiy-tadqiqot
ishlarini olib borish
koʻnikmasini egallashga, bajargan ilmiy ishi natijalarini ijodiy yakunlashni
oʻrgatishga yordam beradi.
Kurs ishinining maqsadi va vazifalari
Universitetning ta'lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida
tahsil olayotgan talabalarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish koʻnikmalarini
shakllantirishda kurs ishining ahamiyati katta. Kurs ishini bajarish jarayonida
talabalar egallagan nazariy bilimlari va mavjud me'yoriy
xujjatlar,
ma'lumotnomalar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib
amaliy masalalarni mustaqil ravishda echish hamda oʻz gʻoya va echimlarini
jamoada himoya qilish koʻnikmasini egallaydi.
Kurs ishini bajarishdan maqsad - oʻquv rejasida koʻzda tutilgan
muayyan fan boʻyicha ma'ruza va amaliy mashgʻulotlarda olgan nazariy va
amaliy bilimlarini mustahkamlash,
chuqurlashtirish, umumlashtirish va
ushbu bilimlarni aniq ijodiy va amaliy masalalarni mukammal echishda
qoʻllashdir.
Kurs ishini bajarish orqali talabalar murakkabroq nazariy va amaliy
masalalarni, masalan, bitiruv-malakaviy ishini bajarishga tayyorlanadi. Shu
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: QF05288245
bilan birga kurs ishi talabalarda
davlat standartlari, soha me'yorlari,
ma'lumotnomalar, jadvallar, diagrammalar, yuriqnomalar va muqaddam
egallangan
tajribalardan
foydalanish
koʻnikmasini
shakllantiradi.
Shuningdek, kurs ishi talabalarda
hisob-kitob ishlarini bajarish, masalalar
chizmalarini chizish, tushuntirish hisobotlarini rasmiylashtirish koʻnikmalarini
hosil qilishi lozim.
Kurs ishining vazifalariga asosan quyidagilar kiradi:
-
talabalarning ma'ruza va amaliy mashgʻulotlarda, mustaqil
faoliyatlarda olgan nazariy va amaliy koʻnikmalarini ijodiy masalalarni
bajarishda qoʻllay olishini namoyish etish;
-
talabalarda me'yoriy, ma'lumotnoma
va boshqa adabiyotlardan
foydalanish koʻnikmalarini hosil qilish;
-
mustaqil fikrlash va eng maqbul echimlarni qabul qilishga oʻrgatish;
-
axborot texnologiyalari vositasida tayyorlagan oʻz ishining taqdimoti
(himoyasi)ni oʻtkazish, unda kurs ishini bajarish jarayonida egallagan
natijalarni ishonchli dalillar bilan asoslash, oʻzini
dadil tuta bilish, turli
zamonaviy texnik vositalar va ularning dasturlaridan foydalana olish
kobiliyatini koʻrsatish;
-
oʻquv jarayonida shakllangan kommunikativ koʻnikmalarini namoyish
etish, oʻz nuqtai nazarini himoya qila olish va murosaga kelish, muloqotga
qoʻshilish, ish boʻyicha savollarga asoslangan javob berish, etika qoidalariga
rioya qilgan holda baxslashish, muzokaralar va davra suxbatlarida
qatnashish imkoniyatini namoyish etish;
-
talabalarda guruh bilan ishlash koʻnikmalarini
faollashtirish, oldinga
qoʻyilgan maqsadni bajarish boʻyicha tashabbus koʻrsatish kobiliyatini
kengaytirish, umumiy masalalarni echishda hamkorlar bilan ishlash
koʻnikmalarini mustahkamlash;
-
mustaqil ijodiy ishlash, ma'lumotlarni izlash, echish, qayta ishlash va
saqlash uchun zamonaviy kompyuter va
axborot texnologiyalaridan
foydalana olish, ijodiy ishlash jarayonini toʻla nihoyasiga etkazish
mas'uliyatini xis etishga oʻrgatish.