• Xulosa……………………………………………………………………………22 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..23
  • Mavzu: makroiqtisodiyot, uning maqsadlari va vazifalari




    Download 93,96 Kb.
    bet1/5
    Sana08.02.2024
    Hajmi93,96 Kb.
    #153065
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mavzu makroiqtisodiyot, uning maqsadlari va vazifalari
    O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

    MAVZU: MAKROIQTISODIYOT, UNING MAQSADLARI VA VAZIFALARI

    Mundarija
    Kirish…………………………………………………………………………2
    Asosiy qism

    1. “Makroiqtisodiyot” kursining predmeti va ob’ekti, uning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi…………………………………………………4

    2. Makroiqtisodiy tahlilning usullari va tamoyillari…………………..7­

    3. Resurslar, tovarlar (va xizmatlar), daromadlarning makroiqtisodiy doiraviy aylanishi……………………………………………………….12

    4. Makroiqtisodiy modellar tushunchasi va ko’rinishlari……………..16

    Xulosa……………………………………………………………………………22
    Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..23
    KIRISH
    Hozirgi sharoitda mamlakatimiz ta’lim tizimida yuz berayotgan o'zgarishlar tayyorlanayotgan yosh mutaxassislarni jahon talablariga javob beradigan darajada bo'lishini talab etmoqda. Ayniqsa, bu iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot sohasidagi mutaxassisliklarni tayyorlashda oliy ta'lim muassasalarida o'qitiladigan iqtisodiy fanlar muhim o'rin tutadi. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo'nalishlarda ko'zda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo'shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o'tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, printsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o'zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish1 kabi vazifalar belgilangan bo'lib, bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko'p jihatdan mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining birlamchi bo'g’ini hisoblangan firmalar faoliyati, iste’molchilar hatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini alohida olingan tarzda tahlil qilish, ularni rivojlantirish omillaridan samarali foydalanish yo'llarini o'rganish kabi jarayonlarni tadqiq qilishga bog'liqdir.
    Makroiqtisodiyot (inglizcha Macroeconomics) zamonaviy iqtisodiy nazariyaning bo’limi bo’lib, uning doirasida iqtisodiy o’sish, ishchan faollikning tebranishlari, inflyatsiya va ishsizlik, shuningdek makroiqtisodiy siyosat masalalari o’rganiladi.
    Makroiqtisodiyotning fan sifatida rivojlanishi bir xilda kechmagan va etakchi dunyoqarashlarning almashishiga olib kelgan qarashlardagi bir necha inqiloblar va aksil inqiloblar bilan kuzatilgan. Oldingi asrning boshlarida makroiqtisodiyotda turli shart-sharoitlarga asoslangan va yanada muhimligi makroiqtisodiy siyosat bo’yicha bir-biriga butunlay qarama-qarshi tavsiyalarni bir vaqtda ifoda etuvchi ta’limotning ikkita etakchi maktabi - neolassik va post-keynschilik shakllandi.


    Download 93,96 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 93,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: makroiqtisodiyot, uning maqsadlari va vazifalari

    Download 93,96 Kb.