• energetik tekshirishlarning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash




Download 1 Mb.
Sana05.03.2024
Hajmi1 Mb.
#166879
Bog'liq
nb 6
4 ma’ruza web texnologiyalari asosida elektron o‘quv materiallar, 4-Mavzu Konstanta maydonlar. Qism sinflar, 23-мавзу, AGRO0237 QR CLICK, 6-MAVZU, 8-Abstrakt sinflar, резюме, Buloqboshi tumani 10-maktab, Хўжаобод туман Мактабгача ва мактаб таълими бўлими тасарруфидаги, Informatika va raqamli texnologiyalari fanidan nazorat savollari, 10.1 Annotatsiya, 1

Olingan yoki tejalgan ma’lumotlarga ishlov berish, tahlil qilish va analitik sharhlash korxonalarning energetik faoliyatining barcha turlari bo'yicha o‘tkaziladi. Olingan yoki tejalgan ma’lumotlarni tahlil qilish quyidagilar uchun zarur bo’ladi:
• energetik tekshirishlarning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash;
• energetik tekshirishning texnik topshirigi, taqvim rejasi va o‘tkazish dasturini muvofiqlashtirish;
• korxonaning energetik pasportini qo‘shimcha ishlash va tasdiqlash.
• to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qolishlarni pul qiymatida moliyaviy baholash.
Analitik tahlil qilish korxonaning energetik faoliyatining barcha turlari bo'yicha o‘tkaziladi va quyidagi masalalarni qamrab oladi:
• qozonxonalar va yoqilg‘i iste’mol qiluvchi qurilmalarning
yoqilg'idan samarali foydalanishi;
• qozonxonalarning issiqlikni berishga yoqilgi va elektr
energiyasi sarflarining me’yoriy va amaldagi solishtirma sarflari;
• o‘zining ehtiyojlariga ratsional yoqilg‘i sarfi;
• issiqlik-texnologik jarayonning mahsulot birligiga ratsional yoqilg‘i sarfi;
• yoqilg‘i, elektr energiyasi va suvga tariflar va narxlar;
• aktiv va reaktiv quvvatga tariflar va narxlar;
• elektr iste’moli rejimlarini ratsionallashtirish;
• elektr ta’minoti tashkilotlari bilan shartnomaning borligi;
• issiqlik va elektr energiyasidan foydalanishga shartnoma hujjatlarining borligi;
• elektr ta’minoti, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti, suvni olib ketish tizimlari va issiqlik texnologiyalarida ta’mirlash, shaylash va sinovlardan o‘tkazish ishlari bo‘yicha hisobot hujjatlarining borligi;
• elektr ta’minoti, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti, suvni olib ketish tizimlari va issiqlik texnologiyalarida energiyani tejash tadbirlari bo‘yicha hisobot hujjatlarining borligi;
• elektr energiyasi iste’molini oshirganlik, to'liq olmaganlik, bildirilgan yuklama maksimumini oshirganlik, bildirilgan yuklama maksimumidan foydalanmaganlik uchun jarima choralarining borligi;
• yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanishning samaradorligi ko‘rsatkichlarining amaldagi va me’yoriy qiymatlarini taqqoslash;
• yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanishning samaradorligi ko'rsatkichlarining amaldagi va me'yoriy qiymatlarining nomuvofiqligining sabablarini aniqlash;
uskunalar guruhiari, texnologik jarayonlar, yoqilg‘i va energiya tashuvchilarning turlari bo‘yicha yoqilgi, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanishni tahlil qilish natijalarini umumlashtirish.
Download 1 Mb.




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



• energetik tekshirishlarning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash

Download 1 Mb.