• Energoresurslar tariflari va ularning tannarxi
  • Disproporsiya
  • Reja: Energetikada tariflar




    Download 21.84 Kb.
    bet1/7
    Sana28.03.2024
    Hajmi21.84 Kb.
    #179658
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Energetikada tariflar va narxlar istemol qilinishi
    Меҳнат як намуди фаъолиятест, 2-semestr ucun fizika fanidan tajriba ishlari, Kurs ish ABBOS TJMO.doc, kurs1, 9-mavzu O’zbekiston respublikasida ta’lim sohasida amalga oshir, INGLIZ, JAMOANI SHAKILLANTIRISH, XTBga taqdimnoma, 6-sin Burchoqdoshlar oilasi, Проект АР КР (1), қўл-ва-оёқ-суяклари, МУСТАКИЛ ТАЪЛИМ БЎЙИЧА КЎРСАТМА, REFERAT, 7, 88 (25)

    Energetikada tariflar va narxlar istemol qilinishi
    Reja:

    1.Energetikada tariflar


    2.elektr energiya narxlari





    1. Energiya istemol qilinishi



    Moliya vazirligi yoqilg‘i-energetika sohasidagi islohotlar, narxlar oshirilishi yuzasidan ma'lumotlarni taqdim etdi.
    Davlat tomonidan maqsadli subsidiyalar, soliq imtiyozlari va boshqa yengilliklar taqdim etish yo‘li bilan yoqilg‘i-energetika kompleksi tarmoqlari uzoq yillar davomida qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Ushbu maqsadlarga har yili Davlat byudjyetidan katta miqdordagi mablag‘lar davlatning kvazifiskal xarajatlari deb yuritiluvchi shaklda ajratib kelinyapti.
    Lekin jahon tajribasi ko‘rsatishicha, muayyan toifadagi korxonalarni doimiy ravishda dotatsiya berish orqali qo‘llab-quvvatlash hamda narx siyosatini shakllantirishning bozor mexanizmlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuv ularning faoliyati samaradorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, pirovardida shunday iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlar kelib chiqadiki, bundan butun jamiyat aziyat chekadi.
    Energoresurslar tariflari va ularning tannarxi
    Yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalarining moliyaviy ahvoli tahlili ularning samaradorligi pasayganini, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini energiya bilan barqaror ta'minlashda muammolar va uning yomonlashuvi xavflari ortib borishini ko‘rsatmoqda. Bu, shu jumladan, yoqilg‘i-energetika resurslarining asosiy turlariga narx belgilashdagi disproporsiyalar ortib borishi bilan ham bog‘liq.
    Disproporsiya paydo bo‘lishi natijasida zarar va qarzlar hosil bo‘ldi. Iqtisodiyotdagi debitorlik qarzlar miqdori shunchalik ko‘payib ketgan ediki, bu holat nafaqat alohida xo‘jaliklar, balki butun bir tarmoqlarning keyingi faoliyati umuman to‘xtab qolishi xavfini vujudga keltirdi. Shu bois yillar davomida «umidsiz» qarzlar subsidiya ajratish orqali yoki byudjyet hisobidan, ya'ni haqiqatda soliq to‘lovchilar mablag‘lari hisobidan qoplanar edi. Bunday amaliyot esa o‘zlashtirishlar, suiiste'molliklar va turli korruptsion sxemalar paydo bo‘lishiga olib keldi.
    Masalan, 2017 yilda «O‘zbekneftgaz» AJ ning 8 trln so‘m «umidsiz» qarzlari, shu jumladan, «O‘ztransgaz» AJ ning 7,5 trln so‘m va «O‘zneftmahsulot» AJ ning 0,5 trln so‘m qarzlari kechib yuborildi. «O‘ztransgaz» AJ ning qarzlari «O‘zbekenergo» AJ tomonidan 3 trln so‘m, aholi tomonidan — 2,7 trln so‘m, «O‘zkimyosanoat» AJ tomonidan 1,4 trln so‘m va issiqlik ta'minoti korxonalari tomonidan 0,4 trln so‘m mablag‘lar to‘lanmagani natijasida kelib chiqdi. O‘z navbatida, «O‘zneftmahsulot» AJdan esa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari, asosan, fermer xo‘jaliklari qarz bo‘lib qolishgan.

    Download 21.84 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 21.84 Kb.