|
Resurslar, tovarlar (va xizmatlar), daromadlarning makroiqtisodiy
|
bet | 3/5 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 93,96 Kb. | | #153065 |
Bog'liq Mavzu makroiqtisodiyot, uning maqsadlari va vazifalariResurslar, tovarlar (va xizmatlar), daromadlarning makroiqtisodiy
doiraviy aylanishi
Tovarlar aylanmasida iqtisodiyot ikki sektorga bo’linadi: uy xo’jaliklari va firmalar. Uy xo’jaliklari o’z resurslarini (ishchi kuchi, kapital va erni) firmalarga sotib daromad oladilar va bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar olishga ishlatadilar. Firmalar o’zlarining tovar va xizmatlarini sotib undan tushgan daromadni uy xo’jaliklaridan resurslarni sotib olishga ishlatadilar.
Quyida keltirilgan 1-chizmadan ko’rinib turibdiki, xaqiqatdan ham nima iste’mol qilish kerak, demak, nima ishlab chiqarish kerak, degan masalani uy xo’jaliklari hal qiladi. Uy xo’jaliklarining bunday qarori, firmalarning ishlab chiqarish rejalarini tuzish uchun asos bo’lishi kerak. Firmalar, o’z navbatida, noyob resurslardan foydalanish qarorlarini bir-biri bilan muvofiqlashtirishi lozim. Nihoyat, uy xo’jaliklari iste’mol qilish uchun rejalashtirgan ne’matlarni olishlari kerak, ya’ni ular iste’mol qilish bo’yicha qarorlarini bir-biri bilan moslashtirishi kerak bo’ladi.
Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal qiladi: ishlab chiqarish resurslari bozori va iste’mol ne’matlari bozori.
Talab va taklif modeli tadbirkorlar sektori bilan uy xo’jaliklari sektori o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tushuntirishga xizmat qiladi. Agar bu ikki sektor tovarlar bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsa, talab va taklif modeli tovar narxini va sotiladigan tovar hajmini aniqlaydi. Agar ular resurslar bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsalar model sotiladigan resurslar narxini va miqdorini aniqlaydi.
Har bir bozor o’zining ikkita qaror qabul qiluvchi sub’ektiga ega: sotuvchilar va xaridorlar. Bozorda qabul qilinadigan qarorlarning muvofiqligi har bir ne’matning muvozanat narxi va muvozanat miqdori bilan ta’minlanadi. Narx talab va taklif munosabatlari natijasi sifatida, uy xo’jaliklari va firmalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish uchun muhim axborot bo’lib hisoblanadi. Bunday axborot bir vaqtning o’zida jamiyatdagi noyob ne’matlarni taqsimlash muammosini echish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, non narxining oshishi - xaridorlar uchun nonni iste’mol qilishni cheklash to’g’risida signal bo’lsa, firmalar uchun nonni ishlab chiqarishni oshirish va non bozoridagi muvozanatni tiklash to’g’risida muhim axborot bo’lib xizmat qiladi.
Narxlar noyob resurslarni ratsional taqsimlashni ta’minlaydi, ne’matlarni ratsional iste’mol qilishga, xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Narx er, kapital va resurslar egalarining daromadini aniqlaydi. Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalasini bozor hal qiladi. Muvofiqlashtirish masalasi bilan bog’liq xarajatlarga transaktsion xarajatlar deyiladi.
Bozor muvofiqlashtirishdan tashqari ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar qarorlarini vaqt bo’yicha tartiblashtiradi. Bu kelajakdagi ne’matlar (fyuchers) bozorining vujudga kelishi bilan bog’liqdir. Kelajakdagi ne’matlarning oldi-sotdisi, ularning narxlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishga, ularning kelajakda nisbatan noyobligi to’g’risida axborot beradi. Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar bunday narx axborotlariga ko’ra, o’zlarining joriy xo’jalik rejalarini qayta ko’rib chiqadilar va o’zlarining iqtisodiy harakatlarini tartibga soladilar.
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning doiraviy oqimi modeli ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( ya’ni davlat ishtiroki mavjud bo’lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi firmalar va uy xo’jaliklari o’rtasida amalga oshiriladi (1-chizma).
Uy xo’jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha iqtisodiy resurslarni resurslar bozoriga etkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so’ngra esa ularni tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoriga etkazib beradilar. Ayni paytda “resurslar - tovarlar va xizmatlar” oqimiga qarama qarshi yo’nalishda “daromadlar - xarajatlar”ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Ya’ni, uy xo’jaliklari o’zlari etkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va xizmatlar iste’mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad oladilar.
2-chizma. “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar - xarajatlar”ning davlat aralashuvi mavjud iqtisodiyotdagi doiraviy aylanishi modeli.
Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi jami taklifni, daromadlar va xarajatlar oqimi jami talabni ko’rsatadi. Davlat ishtiroki mavjud bo’lmagan yopiq iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o’zaro teng bo’lishi firmalarnining yalpi sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo’jaliklarining yalpi daromadlari, yoki yalpi daromadlariga teng bo’lishi shaklida namoyon bo’ladi. Bu ko’rsatkichlar o’rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning pasayishi, inflyatsiya va ishsizlik darajalarining ko’tarilib ketishiga sabab bo’ladi. Davlat aralashuvi mavjud bo’lgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko’rinish oladi.Bunda:
Bunday iqtisodiyotda resurslar - tovarlar va xizmatlar, daromadlar- xarajatlarning uzluksiz harakati ham bozor mexanizmlari orqali, ham davlat aralashuvi bilan ta’minlanadi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning harakatini bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar bozorlarida qatnashish orqali ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay sharoitlar yaratadi. Davlat korxonalar va uy xo’jaliklarini soliqqa tortish bilan birga korxonalarga subsidiyalar berish, aholiga transfert to’lash orqali ularning ishlab chiqarish imkoniyatlari va xaridga qodir talablariga ta’sir etadi. Ayni paytda davlat resurslar bozoridan hamda tovarlar va xizmatlar bozorida sotib oluvchi sifatida ishtirok etadi. Davlat o’z ishtiroki bilan firmalarning ishlab chiqarish hajmlari va uy xo’jaliklarining tovarlar va xizmatlar xarid qilish miqdolari to’g’risidagi qarorlari o’zaro mos kelmagan hollarda ro’y beradigan iqtisodiy tebranishlarni tartibga solib turadi. Ochiq iqtisodiyot sharoitida doiraviy oqimlar modeli yanada murakkablashadi. Endi unda to’rtinchi makroiqtisodiy sub’ekt- tashqi dunyo ham paydo bo’ladi. Chet el investitsiyalarinig kiritilishi va xorijga investitsiya qilish, eksport va import operatsiyalari shu jumladan moliyaviy bozor orqali jamg’armalarning investitsiyalarga oqib o’tishi va moliyaviy mablag’larning qayta taqsimlanishini e’tiborga olsak ko’rib o’tilgan model mukammal emasligiga iqror bo’lamiz. Ammo shu ko’rinishda ham bu model makroiqtisodiy jarayonlarni yaxlit holda tasavvur qilishga imkon beradi. Doiraviy oqimlar modelidan chiqariladigan xulosa shuki, davlat, firmalar, uy xo’jaliklari va tashqi dunyoning yalpi xarajatlari yalpi ishlab chiqarish hajmiga teng bo’lishi resurslar, tovarlar va xizmatlar oqimlari (ya’ni real oqim) bilan daromadlar va xarajatlar oqimlari ( ya’ni pul oqimlari) o’zaro teng bo’lishining asosiy shartidir Yalpi xarajatlar hajmining oshishi ishlab chiqarish hajmlari va ish bilan bandlilik darajasining o’sishiga olib keladi . Bu esa o’z navbatida yalpi daromadlarning oshishiga sabab bo’ladi. Kattaroq hajmdagi yalpi daromadlar unga mos hajmdagi yalpi xarajatlarni belgilab beradi. Sabab oqibat bog’lanishlari o’rin almashishi tufayli doiraviy oqimlar modeli doiraviy aylanish ko’rinishini oladi. Iqtisodiyot barqaror rivojlanib borishi uchun yalpi xarajatlar to’xtovsiz o’sib borishi shart. Bu vazifa byudjet-soliq siyosati vositalari bo’lgan soliqlarni hamda davlat xarajatlarini o’zgartirish hamda pul-kredit siyosati vositalari yordamida mul massasini o’zgartirish orqali bajariladi.
Makroiqtisodiy modellar tushunchasi va ko’rinishlari
Makroiqtisodchilar tomonidan o’rganiladigan butun iqtisodiyotda yuz beradigan voqeliklar va jarayonlar oxir-oqibatda ko’plab uy xo’jaliklari hamda ko’plab firmalar o’zaro hatti-harakatlari natijasida yig’ilganligi sababli, mikro va makroiqtisodiyot bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Butun iqtisodiyotni o’rganishda biz alohida iqtisodiy agentlarning qarorlarini e’tiborga olishimiz lozim. Masalan, yalpi iste’mol omillarini aniqlash uchun oilaning bugun qancha sarflashi, kelajak uchun qancha olib qo’yishi haqidagi qarorini tahlil qilishi kerak. Investitsiyalarning umumiy hajmini belgilovchi omillarni aniqlash uchun firmalarning yangi korxonalarni qurish haqidagi qarori to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish zarur. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar alohida shaxslar yoki korxonalar qarorlari natijasida yig’iladigan o’zgaruvchilarning oddiy yig’indisi bo’lganligi uchun, makroiqtisodiyotning asoslari mikrodarajada qo’yiladi.
Makroiqtisodiy modellar asosida xar doim mikroiqtisodiy darajada qabul qilinadigan qarorlar tursa, firmalar va uy xo’jaliklari nuqtai nazaridan maqbul bo’lgan ko’plab modellarda ularninghatti-harakatlarini aniqlovchi qarorlar yaqqol ko’rinishda bo’lmaydi, balki ko’zda tutiladi.Bizning non bozori modelimiz bunga misol bo’lib xizmat qiladi. Nonga bo’lgan talab asosida uy xo’jaliklarining sotib oladigan nonlari miqdori haqidagi qarorlar yotsa, non taklifi nonvoyxonalarning non ishlab chiqarish hajmlari to’g’risidagi qarorlari bilan aniqlanadi. Uy xo’jaliklari qarorni naflilikni maksimallashtirishdan kelib chiqqan holda, nonvoyxonalar esa foydani maksimallashtirishdan kelib chiqqan holda qabul qilishlari ko’zda tutiladi. Shu bilan birga, bu mikroiqtisodiy qarorlar modelda o’zidan o’zi qatnashmaydi: ular uning “foni”ni tashkil etadi. Xuddi shunday firmalar va uy xo’jaliklari tomonidan qabul qilinadigan ular nuqtai nazaridan maqbul hisoblangan qarorlar faqat yopinchiqli ko’rinishda va butun makroiqtisodiyotda qatnashadi.
Iqtisodchilar modellar nomini olgan soddalashtirilgan nazariyalarni qo’llab iqtisodiyot haqidagi qarashlarni tuzishga urinadilar. Modellarda ko’pincha matematik ko’rinishda turli iqtisodiy o’zgaruvchilar o’rtasidagi nisbat ifodalanadi. Modellarni qo’llash ahamiyatli bo’lmagan qismlarga e’tibor bermaslik va ahamiyatli iqtisodiy bog’liqliklarni aniqlashga imkon berganligi uchun ham maqsadga muvofiqdir.
Modellarda ikki xil: ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) o’zgaruvchilar qo’llaniladi. Ekzogen o’zgaruvchilar tashqaridan kiritiladi-bu dastlabki ma’lumotlar; endogen o’zgaruvchilar model “ichida” shakllanadi- ular uni hal etishning natijasi hisoblanadi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, ekzogen o’zgaruvchilarning miqdori modelni qurish boshlanguncha beriladi, endogen o’zgaruvchilarning miqdori esa model bo’yicha hisob-kitoblar qilish jarayonida aniqlanadi. 1-rasmda ko’rsatilganidek, modelning maqsadi ekzogen o’zgaruvchilar endogen o’zgaruvchilarga qanday ta’sir qilishini aniqlash hisoblanadi.
rasm. Model nimani ko’rsatadi.
Model iqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasidagi asosiy bog’liqliklarni soddalashtirilgan nazariy asoslanishi hisoblanadi Ekzogen o’zgaruvchilar - bu tashqaridan kiritiladigan o’zgaruvchilar. Endogen o’zgaruvchilar - bu ushbu model bilan tushuntiriladigan o’zgaruvchilar. Model ekzogen o’zgaruvchilardan birining o’zgarishi endogen o’zgaruvchilarga qanday ta’sir etishini ko’rsatadi.
Masalan, non bozori modeli qanday qurilishini ko’rib chiqamiz. Iqtisodchi nonga bo’lgan talab hajmi Qd non narxi Pb va yalpi daromad Yga bog’liq deb faraz qiladi. Bu bog’liqlik quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Qd =D(Pb , Y)
Xuddi shunday iqtisodchi nonvoyxonalartomonidan taklif qilinadigan nonlar miqdori Qs nonning narxi Pb va nonni ishlab chiqarishda foydalanilayotgan unning narxi Pf ga bog’liq deb faraz qiladi:
Qs =S(Pb , Pf)
Nihoyat, iqtisodchi talab va taklif muvozanati ta’minlanishi uchun nonning narxi shunday o’zgarashini faraz qiladi:
Qd = Qs
Bu uchta tenglama non bozori modelini tashkil etadi.
Non bozori modeli talab va taklifning 1-3 rasmda ko’rsatilgan diagrammasi bilan namoyon etiladi. Talab egri chizig’i yalpi daromadning doimiy daraja sida nonga bo’lgan talab bilan non narxi o’rtasidagi nisbatni ko’rsatadi. Talab egri chizig’i pastga yo’naltirilgan, chunki non narxi qanchalik yuqori bo’lsa, iste’molchilar shunchalik ko’p darajada boshqa oziq -ovqatlarni iste’mol qila boshlaydilar va shunchalik kam non sotib oladilar. Taklif egri chizig’i nonning taklif qilinayotgan miqdori va unning doimiy narxida non narxi o’rtasidagi nisbatni ko’rsatadi.Taklif egri chizig’i yuqoriga yo’naltirilgan, chunki nonning narxi qanchalik yuqori bo’lsa, nonvoyxonalar shunchalik ko’proq miqdorda non ishlab chiqaradi. Ikki egri chiziqning kesishish nuqtasi bozor muvozanati holatiga mos keladi, bunda nonga muvozonatli narx o’rnatiladi va taklif qilinayotgan non miqdori talabga mos keladi.
Modelda bir ekzogen o’zgaruvchining o’zgarishi ikkala endogen o’zgaruvchilarga qanday ta’sir etishini ko’rsatadi. Masalan, yalpi daromad oshganda 1-4 rasmda ko’rsatilganidek nonga talab oshadi. Xuddi shunday, 1-5 rasmda ko’rsatilganidek un narxi oshganida non taklifi kamayadi. Modelda ushbu holatda non narxining muvozanatli darajasi oshishi, non miqdorining muvozanatli darajasi kamayishi ko’rsatiladi. Shunday qilib, model yalpi daromadning yoki un narxining o’zgarishi non bozoriga qanday ta’sir etishi mumkinligi yaqqol namoyon etadi.
|
| |