Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usui: Tayyor prezentatsiya materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Kutiladigan natijalar
|
O'quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to'g'risidagi bilim va ko'nikmalari rivojlanadi. Ularda Paskal das- turlash tilida parametrli takrorlash operatoridan foydalanish malakasi shakllanadi.
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)
|
O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki ham- kasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.
|
Darsning borishi va vaqt taqsimoti
O’tilgan mavzuni takrorlash.
1. Takrorlanuvchi algoritmlarga misollar keltiring.
2. Parametrli takrorlash operatorining ko'rinishi qanday bo'ladi?
3.Takrorlash parametri qanday qiymatlarni qabul qiladi?
4.Parametrli takrorlash operatorining boshlang'ich va oxirgi qiymatlarini izohlang.
5.Takrorlash parametrining qiymatlari chegaralanganmi?
6.Takrorlash operatorining ishlashini tushuntiring.
7.Qanday vaziyatda To o'rniga Downto xizmatchi so'zi qo'llaniladi?
|