|
Uyga vazifa: Darsda ulgurmagan mashqlarni bajarish. O`tilganlarni takrorlash
|
bet | 203/208 | Sana | 23.07.2021 | Hajmi | 1,92 Mb. | | #15865 |
Uyga vazifa: Darsda ulgurmagan mashqlarni bajarish. O`tilganlarni takrorlash.
Sana :______________
Sinf :_______________
64- dars. Mavzu: Interaktiv web-sahifalar
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu
|
Interaktiv web-sahifalar
|
Maqsad
va
vazifalar
|
Darsning maqsadi: o’quvchilarga interaktiv web-sahifalar haqida ma’lumot berish.
Darsning ta'limiy vazifasi: o'quvchilarga chat, interaktiv web-sahifalar, interaktiv web-sahifalarni ishlab chiqarishning prinsiplari haqidagi bilim berish va ularni tashkil etish ko’nikmalarini hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: o'quvchilarni yangi bilimlar egallashga hamda izchil muloqotga o’rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o'quvchilarda kompyuterdan samarali foydalanish haqida bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
|
O'quv
jarayonining mazmuni
|
Chat. Interaktiv web-sahifalar. Static va dinamik web-sahifalar. Interaktiv web-sahifalarni ishlab chiqarishning asosiy 7 prinsipi. Test o’tkazish web-sahifasi. JavaScript elementlari.
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
|
Kutiladigan natijalar
|
O'quvchilarning yangi bilim va ko'nikmaga ega bo’ladi. Statik va dinamik web-sahifalar haqida bilim oladi. Chat, interaktiv web-sahifalar, interaktiv web-sahifalarni ishlab chiqarishning asosiy prinsiplari to’g’risida tasovvur hosil bo’ladi. Interaktiv web-sahifa hosil qilish ko’nikmasiga ega bo’ladi.
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)
|
O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki ham- kasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.
|
|
| |