Mavzu-2: Tarmoqlanuvchi jarayonlarni tashkil etish




Download 185,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana30.11.2023
Hajmi185,97 Kb.
#108699
1   2   3   4   5
Bog'liq
1- Mustaqil ish

Mavzu-2: Tarmoqlanuvchi jarayonlarni tashkil etish
(Algoritm va dastur).
Tarmoqlanuvchi algoritm - deb ma’lum shartlarga muvofiq bajariladigan 
ko‘rsatmalardan tuzilgan algoritmga aytiladi.
Takrorlanuvchi algoritm biron bir shart tekshirilishi yoki biron parametrning har 
xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga 
aytiladi.
Algoritmlarni turli usullarda tasvirlash mumkin. Masalan: so‘z bilan ifodalash
formulalarda berish; blok-sxemalarda tasvirlash; dastur shaklida ifodalash va 
boshqalar.


Algoritmlarni blok-sxema ko‘rinishda tasvirlash qulay va tushunarli bo‘lgani 
uchun ko‘p ishlatiladi. Bunda algoritmdagi har bir ko‘rsatma o‘z shakliga ega. 
Masalan: parallelogramm ko‘rinishdagi belgi ma’lumotlarni kiritish va 
chiqarish; to‘g‘ri to‘rtburchak belgisi hisoblash jarayonini; romb belgisi 
shartlarning tekshirilishini bildiradi.
Hayotimizda algoritmlarni turli sohalarda ba’zan bilgan holda ba’zan esa 
bilmagan holda ishlatamiz. Algoritmlar faqat matematik xarakterga ega 
bo‘lmasdan ularni oddiy hayotiy turmushimizda ham ko‘p qo‘llaymiz. Masalan, 
ovqat tayyorlash, choy damlash, biror berilgan ishni bajarish va boshqa. Bu 
ishlarni bajarishda ma’lum bo‘lgan aniq ko‘rsatmalarni ketma ket bajaramiz. 
Agar bu ko‘rsatmalar aniq bir ketma ketlik tartibida bajarilmasa kerakli natijani 
olaolmaymiz. Misol tariqasida matematik xarakterga ega bo‘lmagan butelbrod 
tayyorlash algoritmini ko‘rib chiqaylik. Bunda boshlang‘ich berilganlar: non, 
kolbasa va pishloq. Natija: butelbrod. Butelbrod tayyorlash algoritmi:
• non bo‘lagini kesib olish;
• kolbasa va pishloq bo‘lagini kesib olish;
• kolbasa va pishloq bo‘lagini non bo‘lagi orasiga qo‘yish.
Agar bu jarayonning ketma ketlik o‘rinlari almashsa yoki biror bir bosqich 
amalga oshirilmasa natija bo‘lmaydi.
Algoritmik tillar Masalani echish algoritmi ishlab chiqilgandan so‘ng dastur 
tuziladi.
Dastur - bu berilgan algoritmga asoslangan biror bir algoritmik tilda yozilgan 
ko‘rsatmalar, ya’ni buyruqlar yoki operatorlar to‘plamidir.
Dasturlash - esa bu dastur tuzish jarayoni bo‘lib, u quyidagi bosqichlardan 
iboratdir:
• dasturga bo‘lgan talablar;
• qo‘yilgan masala algoritmini tanlash yoki ishlab chiqish;
• dastur kodlarini (matnlari, buyruqlarni) yozish;
• dasturni to‘g‘rilash va test o‘tkazish.
Hozirgi kunda juda ko‘plab algoritmik tillar mavjud. Ularga dasturlash tillari 
deb ataymiz. Algoritmik til - algoritmlarni bir xil va aniq yozish uchun 
ishlatiladigan belgilashlar va qoidalar tizimidir. Algoritmik til oddiy tilga yaqin 
bo‘lib u matematik belgilarni o‘z ichiga oladi. Tuzilgan algoritmlarni 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri mashinaga berib bo‘lmaydi, shu sababli yozilgan algoritmni 
biror bir algoritmik tilga o‘tkazish zarur. Har qanday algoritmik til o‘z 
qo‘llanilish sohasiga ega. Masalan, muxandislik hisob ishlarini bajarishda 
Paskal, Beysik va Fortran. Iqtisod masalalarini echishda Paskal va Kobol. 
Mantiqiy dasturlash uchun Prolog va boshqalar. O‘quv jarayonlari uchun 
Beysik, Paskal va boshqalar.
Paskal, Fortran va Kobol tillari universal tillardan hisoblanadi. Assembler tili 
mashina tiliga ancha yaqin til bo‘lib o‘rta darajadagi tildir. Algoritmik til inson 
tillariga qancha yaqin bo‘lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa 
eng pastki darajali tildir.


Tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash - Tarmoqlanuvchi hisoblash 
jarayonlarini algoritmlash va dasturlash. Ko‘pgina masalalami yechishda ba’zi 
bir jarayonlar ma’him shart yoki shartlaming qo‘yilishiga nisbatan bajariladi. 
Bunday jarayonlar tarmoqlanuvchi jarayonlar deb yuritiladi va bu 
jarayonlaming algoritmik tavsiflari bilan awalgi boblarda tanishgan edik.
Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlari oddiy va murakkab boTishi mumkin. Bu 
esa jarayondagi tarmoqlar soniga bogTiq. MaTum bir tarmoqlanuvchi jarayon 
tarkibida yana tarmoqlanishlar boTishi mumkin. Bunday tarmoqlanishlari bor 
boTgan hisoblash jarayonlari murakkab tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlari 
deb ataladi.
C++ tilida tarmoqlanuvchi jarayonlarni dasturlash uchun shartsiz, shartli oTish 
va tanlash operatorlaridan foydalaniladi: IF, CASE.

Download 185,97 Kb.
1   2   3   4   5




Download 185,97 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu-2: Tarmoqlanuvchi jarayonlarni tashkil etish

Download 185,97 Kb.
Pdf ko'rish