• Kerakli jixozlar 1. Kompyuter. 2. Cisco Packet Tracer dasturi. Umumiy ma’lumotlar IP-tarmoqlarida adresatsiyalash. Tarmoqdagi kompyuterlarning adress
  • 1 – laboratoriya mashg’uloti mavza: Oddiy tarmoqni qurish va sozlash (2 soat) Laboratoriya majg’ulotini maqsadi




    Download 161.16 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana07.03.2024
    Hajmi161.16 Kb.
    #168758
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    vVqprrZe9jkYesrfWRkep0XYvSRCUZ5dbyK2qttX, 30.04.2024 Summit White, file-1700724838847


    1 – LABORATORIYA MASHG’ULOTI 
     
    Mavza: Oddiy tarmoqni qurish va sozlash (2 soat) 
     
    Laboratoriya majg’ulotini maqsadi: 
    1. Oddiy tarmoqni loyihalash
    2. Ping utiliti bilan tanishish va ping-jarayonini ishga tushirish. 
     
    Majg’ulotini bajarilish tartibi 
    1. Boshlong‘ich ma’lumotlarni olish. 
    2. Mavzu bо‘yicha nazariy va umumiy ma’lumotlar bilan tanishish. 
    3. Berilgan ma’lumotlarni kompyuterga kiritish. 
    4. Xisob ishlarini bajarish. 
    5. Tegishli xulosa chiqarish. 
    Kerakli jixozlar 
    1. Kompyuter. 
    2. Cisco Packet Tracer dasturi. 
    Umumiy ma’lumotlar 
    IP-tarmoqlarida adresatsiyalash. Tarmoqdagi kompyuterlarning adress 
    tiplari 
    TCP/IP tarmog‘idagi har bir kompyuter OSI modelining turli sathlariga 
    tegishli bolgan uch turdagi adresga ega:
    Fizik adres 
    Tarmoq adresi 
    Belgili adres 

    Tugunning fizik adresi, lokal tarmoq qurilgan texnologiya yordamida 
    aniqlanadi. Tugunning fizik adresi kanal sathining MAC ost sathiga tegishli. Fizik 
    adresga misol qilib tarmoq adapterining yoki marshrutizator portining MAK-
    adresini olishimiz mumkin. Ethernet tarmoqlarida adres 6-bayt uzunligiga ega. 3 
    baytdan katta qismi ishlab chiqaruvchi firmani identifikatsiyalaydi, 3 baytdan 
    kichik qismi esa ishlab chiqaruvchilar uchun unikal hisoblanadi va ular tomonidan 


    beriladi. Shunday qilib bir nechta bir xil adreslarning paydo bo‘lish ehtimoli 
    bartaraf etiladi. Masalan, 58-10-37-S0-V6-5A. 

    Tarmoq adreslariga misol bo‘lib 4 baytdan iborat bo‘lgan IPX adres yoki 
    IP-adreslari bo‘lishi mumkin, masalan 107.42.7.252. Mazkur adres tarmoq sathida 
    ishlatiladi. U kompyuter va marshrutizatorlarni konfiguratsiyalash mobaynida 
    administrator tomonidan beriladi. IP-adres ikki qismdan iborat bo‘ladi: tarmoq 
    nomeri va tugun nomeri. Tarmoq yoki tugun nomerini kodlovchi baytlar miqdori, 
    tarmoq sinfi bilan aniqlanadi. Tugun bir nechta IP-tarmoqlariga kirishi mumkin. 
    Bunday hollarda tugun tarmoq aloqalarining soniga qarab, bir nechta IP-adreslarga 
    ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. Shunday qilib, IP-adres alohida kompyuter yoki 
    marshrutizatorni emas, balki bitta tarmoqni xarakterladi. 

    Belgili adres administrator tomonidan tayinlanadi va bir nechta qismdan 
    iborat bo‘ladi, masalan mashina nomeri, tashkilot nomi, domen nomi. Bunday 
    DNS-adres deb nomlanuvchi adres, amaliy sathda ishlatiladi, masalan, FTP yoki 
    telnet protokollarida. Masalan, IS.MGUP.RU.

    Download 161.16 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 161.16 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – laboratoriya mashg’uloti mavza: Oddiy tarmoqni qurish va sozlash (2 soat) Laboratoriya majg’ulotini maqsadi

    Download 161.16 Kb.
    Pdf ko'rish