Boshqarishning iqtisodiy usullari




Download 164,39 Kb.
bet19/22
Sana08.02.2024
Hajmi164,39 Kb.
#153024
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
1-ma\'ruza

Boshqarishning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Zero, xar bir muayyan jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlar tarzda namoyon bo‘ladi. Manfaatlar uch xilda bo‘ladi:
* umumjamiyat manfaatlari;
*jamoa manfaatlari;
*shaxsiy manfaatlar.
Bu manfaatlarni uyg‘un sur’atda bog‘lab olib borish muammosi bir qator vazifalarni xal qilishni, xar bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlar o‘rnatishni talab qiladi.
Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyat manfaatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya’ni:
*korxonalar va xo‘jaliklarga faoliyat yuritishlariga erkinlik va mustaqillik berish;
*xo‘ajaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag‘batlantirish, soliq imtiyozlarini berish;
*korxona va xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro shartnomalarning bajarilishi intizomini mustaxkamlash va ularning rolini oshirish;
*moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish;
*bozor munosabatlari mexanizmlari: baxo, foyda, soliq, rentabellik, rag‘obat va xokazolarga keng e’tibor beriladi.
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazmfasi ishlab chiqariladigan maxsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo‘jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shunungdek, manfaatdorlik muxitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.
Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruxiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashni ta’minlanadi. Shu maqsadda qo‘shimcha ish xaqi to‘lash, mukofotlar berish, bir yo‘la katta pul bilan taqdirlash kabilar muxim kasb etadi. Iqtisodiy metodlar boshqarishning barcha metodlari ichida etakchi o‘rinni egallaydi. Xar qanday darajadagi raxbar bu metodning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to‘g‘ri qo‘llay olish kerak. Boshqariluvchi ob’ektga metodlar orqali ko‘rsatiladigan ta’sir korxonalari:
*jiddiy rejalar qabul qilishga:
*mexnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishiga;
*yangi texnolgiyalarni joriy qilishga;
*mexnat unumdorligini oshirishga;
*raqobatbop maxsulotlarni ishlab chiqarishga rag‘batlantiradigan bo‘lish va shunga davlat etish kerak.
Shu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va qo‘llanilishi kerakki, bunda jamoalar va xar bir xodimning manffatlarigina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga rioya qilinadigan bo‘lsin. Bir korxona uchun faoydli tadbir davlatga xam foydali bo‘lsin.
Boshqarishning iqtisodiy usullari va ularning shakllari jumlasiga:
*kredit va foiz stavkasi;
*soliq va soliq yuki;
* boj to‘lovlari;
*subsidiya va sanktsiya;
*litsenziya;
*transfert to‘lovlari;
*narx-navo va xokazolar kiradi.
Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullar qo‘llab, bozorni shakillantirish chog‘ida xam, uning o‘zini-o‘zi boshqarishi bosqichida xam g‘oyat muxim jarayonlarni boshqaradi.
Agar ma’muriy boshqarish usullari o‘zini-o‘zi boshqaradigan bozor mexanizmlariga qarshgilik ko‘rsatsa, ularga to‘sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa aksincha, ularga foydalanishga tayanadi. Xo‘jalik soxasiga xam davlatning ta’siri tubdan o‘zgaradi. Binobarin, ma’muriy boshqarish metodida davlat korxonalariga. £z ta’sirini qat’iy belgilangan reja orqali o‘tkazsa.
Boshqarishning iqtisodiy metodlari yordamida esa, u korxonalarga bozor orqali o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Natijada bozor korxona va firmalar faoliyatini, davlat esa bozorning o‘z qonuniyatlaridan kelib chiqqan xolda makroiqtisodiyot boshqarishini amalga oshiradi. Bu esa davlatning bozor va korxonalar faoliyatiga minimum darajada aralashuvini ifodalaydi.
Kreditning boshqarishdagi rolini quyidagicha izoxlaymiz. Davlat kredit tizimi orqali iqtisodiyotga faol ta’sir etadi. Bunda qarzga beriladigan pul miqdorini o‘zgartirish uchun foiz stavkasidan foydalaniladi. Bozor qoidasiga ko‘ra foiz kamaysa, qarz pulga talab oshadi. Binobarin, kredit ko‘proq olinadi va ko‘proq ishlab chiqarishga investitsiya qilinadi.
Kreditning iqtisodiy o‘sishiga aloqadorligini xisobga olgan xolda davlat uni arzonlashtirish choralarini ko‘radi. Davlatning qo‘lida katta pul to‘planadi, bu pul bankka qo‘yiladi va ishlatilishiga qadar kredit resursini tashkil etadi. Davlatning puli kapital bozoriga chiqib kreditning taklifini ko‘paytiradi.
Shu tariqa davlat bo‘sh turgan pulning tarkibini o‘zgartirish orqali bozordagi pulga bo‘lgan talab va taklifni o‘zgartirishga erishadi.
Bo‘sh pullar:
*Hozir qarz berish uchun ajratilgan;
*zaxiradagi kredit rezervi sifatida turgan pullarga bo‘linadi.

Download 164,39 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Download 164,39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshqarishning iqtisodiy usullari

Download 164,39 Kb.