|
1 – Mavzu: Menejmentning rivojlanishi tarixi va hozirgi holati. Menejmentning nazariy asoslari reja
|
bet | 1/22 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 164,39 Kb. | | #153024 |
Bog'liq 1-ma\'ruza
1 – Mavzu: Menejmentning rivojlanishi tarixi va hozirgi holati. Menejmentning nazariy asoslari
REJA:
Boshqaruv va menejment.
Menejmentning ilmiy yondashuvlari va tamoyillari.
Boshqaruv usullari
Menejmentni paydo bo’lishi.
Menejmentning ilmiy maktablari.
Boshqaruv fani maktabi yoki miqdoriy usul.
Menejmentning xorijiy modeli
Tayanch so’z va iboralar: Boshqaruv (menejment)ning mohiyati va tizimi. Ma'muriy yondashuv. Qayta ishlab chiqaruvchi yondashuv. Dinamik yondashuv. Integratsiyali yondashuv. Majmuaviy yondashuv. Marketingli yondashuv. Me'yoriy yondashuv. Ahloqiy yondashuv. Jarayonli yondashuv. Tizimli yondashuv. Vaziyatli yondashuv. Vazifaviy yondashuv. Menejment tamoyillari. Mehnat taqsimoti tamoyili. Vakolatlar va javobgarlik tamoyili. Intizom tamoyili. Yakka hukmronlik tamoyili. Harakatlar birligi tamoyili. Shaxsiy manfaatlarni bo’ysindirilishi tamoyili. Xodimlarni mukofatlash tamoili. Markazlashtirish tamoili. Qoyali zanjir tamoili. Tartib tamoili. Adolat tamoili. Xodimlarning barqarorligi tamoili. Tashabbus tamoili. Korporativ ruh tamoili. Boshqaruvning iqtisodiy usullari. Boshqaruvning ma'muriy usullari. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari.
Ilmiy boshqaruv maktabi, boshqaruvning klassik yoki ma'muriy maktabi, boshqaruvdagi insoniy munosabatlar maktabi, ahloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab, vaziyatli yondashuv, tizimli yondashuv, jarayonli yondoshuv, mamlakat boshqaruvining rivojlanishi, menejmentning amerikacha modeli, menejmentning yapon modeli, menejmentning G’arbiy Yevropa modeli
Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari Yu.Tsezar, A.Makedonskiy, Turkistonda esa o‘rta asr davrida Amir Temur xukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo‘lib asosan xarbiy tavsifga ega edi.
U davrlardagi menejerlar esa xarbiy intizomni o‘rnatish maqsadida xodimlarni jazo bilan qo‘rqitish, xar qanday buyruq va farmonlarga so‘zsiz itoat etish kabi usullarni qo‘llaganlar. Bunday boshqaruv mexnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko‘proq qo‘shimcha qiymat undirishning g‘oyatda samarali usuli, deb qaralgan, Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo bo‘lganligi xam sarkardamizning o‘z qo‘l ostidagilarni “qo‘rquv bilan umid o‘rtasida ushlash” tamoyili bo‘yicha boshqargani sabab bo‘lgan.
Kapitalizm tuzumining boshlang‘ich davrida tadbirkor- mulk egasi o‘zining shaxsiy tajribasiga tayanib ishlab chiqarishni boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo‘lgan sanoat to‘ntaruvi boshqaruvga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga a’loxida e’tibor berila boshlandi.
Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o‘sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning maxsus soxasiga ajratadi. Ushbu muammolarni xal etish uchun boshqaruv soxasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to‘g‘risidagi ilmni, fanni vujudga keltirdi.
Shu davrdan boshlab to bugunga qadar boshqaruv ta’limotida quyidagi to‘rtta yo‘nalish (maktab) evolyutsion tarzda rivojlangan va o‘zlarining tegishli xissalarini qo‘shishgan.
Shunday qilib, menejment nazariyasi va amaliyoti turli davrlarda o‘ziga xos ko‘rinishlarda shakllanadi:
50-60 - yillarda boshqaruvning tashkiliy tarkibi diqqat markazida turgan bo‘lsa;
60-70 - yillarda strategik rejalashtirish vujudga keldi;
80 - yillardan boshlab esa ilg‘or g‘arb firmalarida strategik rejalashtirishdan, strategik boshqaruvga o‘tiladi.
¥ozirgi zamon boshqaruv fani - fanlararo fandir. Boshqaruvning xar bir funksiyasini bugun maxsus fanlar:
industrial-muxandislik sotsiologiyasi;
ijtimoiy psixologiya;
ijtimoiy injeneriya (ergonomika);
marketing kabilar bajaradi.
Ayniqsa, menejmentning marketing nazariyasi bilan uyg‘unlashuvi boshqarishning bozor kontseptsiyasining vujudga kelishiga asos bo‘ldi. ¥ozirgi davrda boshqaruv nazariyasi va amaliyotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar “Tinch boshqarish inqilobi” deb atalmoqda.
“Ilmiy menejment” maktabi XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Amerikada shakllana boshlagan. Bu maktab boshqacha nom bilan xam atalgan, ya’ni “boshqaruvning mumtoz maktabi” deb xam yuritilgan. Bu maktab ibtidosida amerikalik muxandis va ixtirochi F.Teylor (1856-1915) turgan edi. Uning nazariyasi keyinchalik “Teylorizm” degan nom olgan. U yaratgan tizim esa ishchilarning “siqib suvini olish”ning ilmiy tizimi deb atalgan.
F.Teylor ta’limotining asosiy mazmuni - yollanma ishchilar mexnatining unumdorligini oshirishda g‘oyatda samarador va maqbul usullarni izlashdir.
Uning tamoyillariga binoan:
mexnatning xar bir jarayoni, uning ko‘lami va ketma-ketligi aniq-puxta ixtisoslashtirilishi shart;
|
xar bir mexnat turi qat’iy vaqt oralig‘ida taqsimlanishi lozim;
|
xar bir mexnat jarayoni va xatto xar bir xarakat puxta ishlab chiqilgan qoidalarga bo‘ysindirilgan bo‘lishi kerak;
|
yuqoridan belgilab berilgan ish usullari va qoidalarni bajarish uchun doimiy talabchan nazorat amalga oshirilishi lozim.
|
ishchilar malakasi va saviyasiga qarab joy-joyiga qo‘yilishi shart;
|
boshqaruvchi bilan boshqariluvchi mas’uliyatini aniq belgilash va vazifalarini to‘g‘ri taqsimlash shart.
|
F.Teylorning mexnatni tashkil etish va uni boshqarish borasida taklif etgan va ishlab chiqarishga tadbiq etgan bu tamoyillari mexnat unumdorligining ikki baravar (100%ga) o‘sishiga olib keladi. Ayniqsa, uning qo‘llagan xaronometraj usuli diqqatga sazovordir.
F.Teylor tamoyiliga binoan raxbar va mutaxassislarni kam malaka talab qiladigan ijrochilik mexnatidan va ularga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod qilinishi va ishchidan esa boshliqlarning barcha buyruqlarini xech qanday muloxaza yuritmasdan, biror bir shaxsiy tashabbus ko‘rsatmasdan aniq xamda tez bajarishini talab qilinar edi.
F.Teylor boshqarishni “aniq qonun va qoidalarga tayanadigan xaqiqiy ilm, shuningdek, aniq bilish, nima qilish keragu va uni qanday qilib puxta va arzon usulda bajarish san’ati” deb baxolagan.
Shunday qilib, F.Teylor “boshqaruvning mumtoz maktabi”ni yaratishga asos soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki Evropaning boshqa mamlakatlarida xam turli nazariya va oqimlar ko‘rinishda rivojlanib bordi.
Teylorning zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi G.Emerson mexnatni ilmiy tashkil qilish bo‘yicha yirik mutaxassislardan bo‘lib, u boshqarish va mexnatni tashkil qilishning kompleks, sistemali tizimini ishlab chiqqan. Uning tamoyillari, mashxur “Mexnat unumdorligining 12 tamoyili” nomli asarida yoritilgan.
G.Emerson mazkur kitobning mundarijasida ilmiy boshqaruv tamoyillarini mohiyatiga qarab quyidagi ketma-ketlikda bergan:
Aniq qo‘yilgan maqsad va g‘oyalar;
Oqilona, sog‘lom fikr;
Malakali, e’tiborli maxsulot;
Intizom;
Xodimga nisbatan adolatli bo‘lish;
Tezkor, ishonchli, to‘liq, aniq va muntazam xisob-kitob;
Dispetcherlash;
Me’yorlar va jadvallar;
Sharoit bilan ta’minlash;
Operatsiyalarni me’yorlash;
Standart yo‘riqnomalarni tayyorlash;
Unumdorlikni rag‘batlantirish.
|
Ko‘rinib turibdiki, G.Emersonning diqqat-e’tiborida eng avvalo ikki tamoyil, ya’ni aniq qo‘yilgan maqsad va g‘oyalar, shuningdek oqilona fikr turibdi. U shunday usullarni ishlab chiqdiki, unga ko‘ra xar bir operatsiya uchun, ishchining xarakatini o‘rganish natijasida berilgan ish xajmining yagona, eng muvofiq usuli o‘rnatilar edi. Befoyda, xato xarakatlar bartaraf etilib, qo‘yilgan maqsad va g‘oyalarga muvofiq ravishda eng takomillari tanlab olinar edi.
Bunda oqilona fikr asosida, masalan, nisbiy ish xaqining maxsus tizimi qo‘llanilib, unga ko‘ra berilgan normani bajargan ishchilarga tarif stavkalari va koeffitsientlari oshirilar (8-band), uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalari 20-30 foiz pasaytirilib jarima solinar edi. Shu bilan birga berilgan vazifalarni yuqori darajada bajarilishi uchun ularga sharoit yaratilar edi. (9-band).
“Mumtoz menejment” maktabi mohiyati.
“Ilmiy menejment” namoyandalari o‘z ilmiy ishlarini asosan korxona, tashkilot boshqaruvini takomillashtirishga bag‘ishlashgan. Ular boshqaruv darajasidan quyi masalalar bilan, ya’ni faqat ishlab chiqarish darajasidagi boshqaruv bilan shug‘ullanishgan. Ma’muriy maktabning vujudga kelishi munosabati bilan mutaxassislar endi umum tashkilot darajasidagi boshqaruv muammolari bilan shug‘ullana boshladilar.
Teylor va Gilbretlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuxrat qozonib martabaga minganlar. Aynan shu tajriba ularning boshqaruv to‘g‘risidagi tushunchalariga keskin ta’sir etgan. Ulardan farqli o‘laroq, mumtoz ma’muriy boshqaruv maktabining asoschilari:
Yirik biznes soxasida mashxur, boshqaruvning yuqori bo‘g‘inida esa yuksak tajribali amaliyotchi raxbarlar bo‘lganlar.
|
Ularni tashvishlantiruvchi bosh masala-bu umumtashkilot miqyosidagi samaradorlikka erishish bo‘lgan. Shunday maqsad qo‘yilgan bo‘lsa-da ular xam boshqaruvning sotsial jixatlariga unchalik e’tibor bermadilar. Uning ustiga ustak ularning ishlari shaxsiy tuzatuvlar doirasidan chiqmagan. Shu sababli ularning yondoshuvlari ilmiy metodologik asosga ega emas edi.
“Mumtoz”chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai nazardan yondoshish yo‘li bilan undagi umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarni aniqlashga urinishgan. Maqsad-boshqarishning unversal tamoyillarini yaratish va shuning evaziga muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jixatiga e’tiborni qaratdilar:
Tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish. Shu maqsadda tashkilotni bo‘linmalar yoki ishchi guruxlarga bo‘lish, moliya, ishlab chiqarish va marketing boshqarishni takomillashtirishning muxim tomonlari deb xisobladilar.
Tashkilotning oqilona tarkibi va xodimlarning oqilona boshqaruviga erishish. Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik bo‘lishini va xodim faqatgina bitta boshliqdan topshiriq olish va unga bo‘ysinishi lozim degan g‘oyani ilgari surishadi.
A.Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli xissa qo‘shgan frantsuz olimlaridandir. U Frantsiyadagi yirik ko‘mir qazib oluvchi kompaniyani boshqargan. A.Fayol o‘zining boy amaliy tajribasini “Umumiy va sanoat boshqaruvi” (1916) nomli kitobida umumlashtirgan. Uning ilgari surgan quyidagi boshqaruv tamoyillari Hozirgi kunda xam o‘z axamiyatini yo‘qotmagan.
|
| |