1 – Mavzu: Menejmentning rivojlanishi tarixi va hozirgi holati. Menejmentning nazariy asoslari reja




Download 164,39 Kb.
bet5/22
Sana08.02.2024
Hajmi164,39 Kb.
#153024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
1-ma\'ruza

Vazirlar va ularning vazifalari

Mamlakat va raiyat vaziri

  • Bu vazir el-yurtning muxim ishlarini, kunda chiqib turadigan muammolarni, raiyat axvolini, olingan xosil, daromadning miqdori, oliq-soliq, davlat xarajatlari, el-yurtning obodonchiligi va axolining farovonligi qay darajada ekanligidan oliy xukmdorni xabardor qilib turgan

Soliq vaziri

  • Sipoxiylarning maosh va tanxolarini boshqargan, uning qiyinchilik va parishonlikka tushib qolmasligining chora-tadbirlarini ko‘rgan, sipox axvolidan doimo podshoxni ogox etib turgan.

Mol-mulk, daromad, xarajatlar vaziri

  • Turli sabablarga ko‘ra egasiz qolib ketgan er-suv va mol-mulkni boshqargan, zakot va boj yig‘imiga mutasaddiylik qilgan.

Sarkori xissa va saltanat ishlarini yurituvchi vazir

Qozi kalon

  • Adliya muassasalarini boshqargan

Jalol ul-islom

  • Podshoxning favqulodda xuquqlarga ega bo‘lgan nazoratchisi.

Vaziri devoni insho

  • Turli mamlakatlar bilan olib boriladigan yozishmalar devonining boshlig‘i.

El - yurtning obodonligi, saltanatning ustuvorligi ko‘p jixatdan mana shu vazirlarga bog‘liq bo‘lgan. Boshqaruv tizimining shu tariqa oqilona tashkil etilishi uning negizida inson manfaatlari yotganligi, davlat siyosatining boshqaruvga ijobiy ta’siri dunyoda buyuk davlat paydo bo‘lishi bilan yakunlandi. Bu markazlashgan buyuk, iqtisodiy barkamol, siyosiy barqaror davlatning shakllanishiga olib kelgan boshqaruv nazariyasi faqat shu davlatdagina emas, balki boshqa o‘lkalarda xam davlatni ilmiy boshqarish nazariyasi sifatida qo‘llanila boshlandi.
Hozirgi menejment fanida ta’kidlangan boshqarishning iqtisodiy, insoniy, oqilona va samarali shaklini yaratish bo‘yicha xarakatlar Amir Temurning “Temur tuzuklari”da o‘z aksini topib Hozirgacha xam o‘zining qimmatini yo‘qotmagan. Aksincha, bugungi mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi gurkirab rivojlanayotgan paytda xam boshqarishni tashkil qilishda muxim dastur amal sifatida qo‘llanilmoqda.
Ishlab chiqarishni va xodimlarni boshqarish so’nggi o’n yilliklarda kasbiy faoliyatining bir shakliga, boshqaruvchi xodimlar esa, ishchi kuchining muhim bo’g’iniga aylandi. Bu ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan, kadrlar salohiyatidan to’liqroq foydalanish yo’li bilan boshqarish samaradorligini oshirish, keskin raqobat kurashi kuchaygan davrda muhim ahamiyatga egaligi bilan tushuntiriladi. Malakali ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik, motivatsiya darajasi, xodimlardan foydalanish samaradorligi kabilar raqobatbardoshlikning asosiy omillariga aylandi.
Boshqarish va xodimlar mehnati samaradorligini oshirish kadrlarga, xususan, boshqaruvchi xodimlarga yangicha yondashishni taqozo etadi. Xodimlar bilan ishlashga yangicha yondashishning kompleks xarakteri rejalashtirish elementlaridan kengroq foydalanish, individual ish yuritish shakllaridan foydalanish bilan ifodalanadi. Korporatsiyaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishining muhim sharti – xodimlar bilan ishlashga ajratiladigan mablag’larini oshirish hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda kadrlar bilan ishlash yangi shaklining nazariy asosi bo’lgan “inson resurslari” kontseptsiyasi ishlab chiqilgan. U xodimlarni tanlash, uzluksiz o’qitib borish va ishchining sifatlari, imkoniyatlarini, qobiliyatlarini aniqlash va doimo rivojlantirib borishga sarflanadigan kapital qo’yilmalarni iqtisodiy maqsadga muvofiqligini e’tirof etishga asoslanadi. Bu kontseptsiyaning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
* zamonaviy sharoitda inson omili rolini baholashda iqtisodiy mezonlardan foydalanish;
* firma doirasida boshqarish;
* xodimlar bilan ishlash tizimini qayta qurish;
Xodimlarni boshqarishning zamonaviy nazariyasi va amaliyotida, industrial taraqqiy etgan mamlakatlarning firmalarida bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan 2 xil yondashuvni ko’rish mumkin (10-jadval).
“Amerikacha” yoki “bozor” yondashuvida xodimlarini boshqarish asosan tashqi mehnat bozori, iqtisodiyot holati, ma’lum tovarga bo’lgan talab va taklifga qarab tashkil etiladi.
Bu yondashuv ishchi kuchi ortiqchaligi va ishsizlik yuqori bo’lgan, xukumatning ijtimoiy ta’minot dasturi ishdan bo’shaganlarni himoya qiladigan va ijtimoiy keskinlikni pasaytiradigan sharoitda vujudga keldi. Bu sharoitda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida xodimlar bilan ishlash texnologiyasi doimiy ravishda takomillashtirib borilardi va shunga muvofiq ravishda xodimlarni boshqarishning tamoyillari ishlab chiqarilardi.
1– jadval

Download 164,39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 164,39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 – Mavzu: Menejmentning rivojlanishi tarixi va hozirgi holati. Menejmentning nazariy asoslari reja

Download 164,39 Kb.