Mavzu: Mol mulk solig’i xisobi
Reja:
1.Mol-mulk solig’i.
2.Mol-mulk solig’I xisoblash tartibi.
3.Jismoniy va Yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig’i
Mol-mulk soligʻi - mahalliy soliqlarning bir turi, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda mavjud. Oʻzbekistonda yuridik shaxslarga qarashli asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarining oʻrtacha yillik balans qiymati soliq solish obʼyekti hisoblanadi. Mulk sifatida qonunga muvofiq sotib olingan yerlar qiymati bundan mustasno. Yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi mol-mulkning oʻrtacha yillik balans qiymatining 3% miqdorida belgilangan. Yuridik shaxslar oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarning 50% va undan ortigʻini eksportga chiqarsa, molmulk soligʻidan ozod etiladi, 25% dan 50% gachasini chiqarsa, soliq summasi 50% foizga kamaytiriladi. Jismoniy shaxslar esa uy-joylari, kvartiralari, chorbogʻ va bogʻ uylari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar, inshootlar qiymati, avtomobillarning barcha turlari (yuk, yengil, avtobuslar, mikroavtobuslar va boshqalar), motorli qayiklar, vertolyotlar, samo-lyotlar va boshqa transport vositalari dvigatellarining quvvatiga qarab soliq toʻlaydilar. Ularga qarashli boʻlgan uy-joylar, kvartiralar, dala va bogʻ hovlilardagi uy-joylari, inshootlar va boshqa qiymatining, agar ularning 1998-yil 1-yanvargacha qayta inventarlashtirish qiymati hisoblab chiqilgan boʻlsa 0,5%, qayta hisoblab chiqilmagan boʻlsa, 7% miqdorida M.-m. s toʻlaydilar (2003). Oʻzbekiston Respublikasi Soliqkodeksi, Respublika Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlarida yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan M.-m. s.ni kamaytirish, bu soliq boʻyicha imtiyozlar berish yoki ozod etish tartibi mavjud.
Soliq solish ob’ektlarining kadastr qiymati soliq bazasi hisoblanadi.
Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi qirq ikki million so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas.
Soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida – 210 mln. so‘m boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa – 90 mln. so‘m miqdorda soliq bazasi hisoblanadi.
Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish ob’ekti bo‘yicha soliq to‘lovchi bo‘lgan taqdirda, soliq bazasi har bir ob’ekt bo‘yicha alohida hisoblab chqiladi.
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan er uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk ob’ektlari egallagan er uchastkalari uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘ini to‘lash uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha undiriladi hamda Soliq kodeksining 436-moddasida ko‘rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona er uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘lanadi.
Yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i miqdorlari o‘zgardi
Mol-mulk solig‘ining asosiy stavkasi (1,5 foiz) saqlab qolingan holda, soliq bazasini aniqlashda 1 kvadrat metr uchun o‘rnatilgan minimal qiymat indeksatsiya qilinadi.
O‘zbekistonda 2024 yilning 1 yanvaridan boshlab, mol-mulk solig‘i to‘lovlari oshiriladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining asosiy stavkasini (1,5 foiz) saqlab qolgan holda, soliq bazasini aniqlashda 1 kvadrat metr uchun o‘rnatilgan minimal qiymat indeksatsiya qilinadi.
Bu miqdor Toshkent shahri uchun – 3 mln so‘m (amalda 2,5 mln so‘m), Nukus shahri va viloyat markazlari uchun – 2 mln so‘m (amalda 1,5 mln so‘m), boshqa shaharlar va qishloq joylar uchun – 1,2 mln so‘m (amalda 1 mln so‘m) qilib belgilanmoqda.
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi qanday soliq?
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi qanday soliq?
Mol-mulk solig’i mahalliy soliqlarning bir turi bo’lib, yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi.
Kimlar mol-mulk solig‘i to’lovchilari hisoblanadi?
Mulkida ushbu Kodeksning 419-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti deb tan olinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.
Mol-mulk solig’i nimalardan undiriladi?
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi mol-mulk jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti hisoblanadi.
1) uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
2) tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari;
3) qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlar.
Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga ushbu obyektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi;
4) ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar.
Mazkur soliq bo’yicha kimlarga soliq imtiyozlari mavjud?
Quyidagilarning mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi:
1) “O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning.
Mazkur imtiyoz tegishincha “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning ma’lumotnomasi asosida beriladi;
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar.
Ushbu imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, nogironligi bo‘lgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi bo‘lgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnomasi asosida beriladi.
3) sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoxud harbiy xizmatning yoki ichki ishlar organlaridagi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari).
Ushbu imtiyoz “Halok bo‘lgan askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)” yoki “Ichki ishlar organlari halok bo‘lgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)”, “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi halok bo‘lgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)” shtampi qo‘yilgan yoxud pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi.
Agar mazkur shaxslar pensioner bo‘lmasa, soliq imtiyozi ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining tegishli organlari va harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa idoralar tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimining halok bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida beriladi.
Tegishincha sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yoki ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan o‘tmagan taqdirda beriladi.
4) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.
Mazkur imtiyoz energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan holda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida taqdim etiladi.
5) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular yigirma uch yoshga to‘lguniga qadar amal qiladi.
Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:
1) o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining. Mazkur imtiyoz fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida beriladi;
2) pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
3) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan erdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
JISMONIY SHAXSLARNING MOL-MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQLAR TO‘G‘RISIDA
1-modda. Soliq to‘lovchilar
Ushbu Qonun bilan belgilab qo‘yiladigan obyektlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar mulk solig‘i to‘lovchilardir.
2-modda. Soliq solish obyektlari
Jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan turar-joylar, kvartiralar, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari a’zolarining bog‘ uylari, garajlar va o‘zga imoratlar, binolar hamda inshootlar, shuningdek motorli qayiqlar, vertolyotlar, samolyotlar va boshqa transport vositalari (rezina g‘ildirakli avtomobillar, mototsikllar hamda boshqa o‘ziyurar mashina va mexanizmlardan tashqari) Ushbu Qonunga muvofiq soliq solinadigan obyektlar hisoblanadi.
3-modda. Soliq stavkalari
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Soliq to‘lovlari soliq solish obyektlari joylashgan (ro‘yxatidan o‘tkazilgan) yerdagi mahalliy budjetga kiritiladi.
4-modda. Soliq imtiyozlari
Ushbu Qonunda belgilab qo‘yilgan barcha soliqlarni to‘lashdan:
Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan mukofotlangan shaxslar;
Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari va partizanlari, ularga tenglashtirilgan shaxslar, Ulug‘ Vatan urushi davrida ichki ishlar va davlat xavfsizligi organlarida xizmat qilgan, harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlarda, shtablarda va muassasalarda shtatli lavozimlarni egallab turgan shaxslar, Leningrad shahri qamalini boshdan kechirganlar, konsentratsion lagerlarning sobiq kichik yoshli mahbuslari, baynalminalchi jangchilar;
“Qahramon ona” unvoniga sazovor bo‘lgan shaxslar, shuningdek o‘nta va undan ortiq bola tuqqan hamda tarbiyalangan onalar;
Chernobil atom elektr stansiyasi tegrasi doirasidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda qatnashganligi uchun imtiyoz oladigan (shu jumladan u yerga vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yo‘llangan) fuqarolar ozod qilinadilar.
Imoratlar, binolar va inshootlarga solinadigan soliq to‘lashdan:
pensionerlar, I va II guruh nogironlari;
harbiy xizmatchilar jumlasidan bo‘lmish soldatlar, serjantlar, starshinalar, praporshchiklar va ularning oilalari — haqiqiy harbiy xizmatni o‘tash davrida, shuningdek muqobil xizmatni o‘tayotgan shaxslar;
harbiy xizmat vazifalarini ado etayotganda yarador bo‘lganlik, kontuziyaga uchraganlik yoki shikastlanganlik natijasida yoxud frontda bo‘lish tufayli orttirilgan kasallik oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va boshqa turmush qurmagan rafiqalari (erlari);
Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlarining xizmat vazifalarini ado etayotganda yaralanganlik, kontuziyaga uchraganlik yoki shikastlanganlik oqibatida nogiron bo‘lib qolgan boshliq va oddiy askar shaxslar jumlasidan bo‘lmish nogironlar ozod qilinadilar.
5-modda. Soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi
Soliqlarni davlat soliq organlari hisoblab chiqaradilar.
Soliq imtiyozlari huquqiga ega bo‘lgan shaxslar kerakli hujjatlarni soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadilar.
Imoratlar, binolar va inshootlarga doir soliq ularning har yili 1-yanvargacha bo‘lgan holati yuzasidan kommunal xo‘jaligi organlari beradigan inventarizatsiya qiymatiga doir ma’lumotlar asosida, bunday ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda esa — mazkur obyektlarning davlat majburiy sug‘urtasiga muvofiq to‘lovlarni hisoblab chiqishda qo‘llaniladigan baho asosida hisoblab chiqariladi.
Bir necha mulkdorning ulushbay asosidagi umumiy egaligida bo‘lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun soliq har bir mulkdor tomonidan mazkur imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi.
Transport vositalariga solinadigan soliq to‘lov yoziladigan yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan holat bo‘yicha, transport vositalarini ro‘yxatga olishni amalga oshiruvchi tashkilotlar har yili soliq organlariga taqdim etadigan ma’lumotlar asosida hisoblab chiqariladi.
Soliq to‘lovlarini hisoblab chiqarish uchun kerakli ma’lumotlar soliq organlariga bepul taqdim etiladi.
Yangi imoratlar, binolar va inshootlar, shuningdek yangi sotib olingan transport vositalari yuzasidan soliq qurib bitkazilgan yoki sotib olingan yildan keyin keladigan yildan boshlab to‘lanadi.
Bir necha jismoniy shaxs egaligidagi transport vositasi uchun soliq tarnsport vositasi ro‘yxatda kimning nomiga qayd etilgan bo‘lsa, shu shaxsdan undiriladi.
Merosga qolgan imorat, bino, inshoot yoki transport vositasi uchun soliq meros ochilgan paytdan e’tiboran merosxo‘rlardan undirilb olinadi.
Imorat, bino, inshoot yoki tansport vositasi yo‘q qilingan, batamom buzilgan hollarda soliq undirish imorat, bino, inshoot yoki transport vositasi yo‘q qilingan yoxud batamom buzilgan oydan boshlab to‘xtatiladi.
Imorat, bino, inshoot yoki tarnsport vositasiga egalik huquqi kalendar yil davomida bir mulkdordan ikkinchisiga o‘tgan taqdirda soliqni birinchi mulkdor o‘sha yilning 1-yanvaridan bu mulkka egalik huquqini yo‘qotgan oyning boshigacha bo‘lgan davr uchun, yangi mulkdor esa egalik huquqini qo‘lga kiritgan oydan boshlab to‘laydi.
Kalendar yil davomida soliq imtiyozlari huquqi yuzaga kelgan taqdirda soliq bu huquq yuzaga kelgan oydan boshlab qayta hisoblab chiqiladi.
Soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov qog‘ozlari soliq organlari tomonidan har yili 1-martdan kechiktirmay topshiriladi.
Mol-mulk egalari soliqni teng ikkiga bo‘lib ikki muddatda — 15-iyundan va 15-dekabrdan kechiktirmay to‘laydilar.
Soliq to‘loviga o‘z vaqtida tortilmagan shaxslar uni ko‘pi bilan oldingi uch yil uchun to‘laydilar.
Noto‘g‘ri olingan soliqning ko‘pi bilan oldingi uch yilligi qayta ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yiladi.
6-modda. Soliq to‘lovchilarning javobgarligi
Ushbu Qonun talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tarzda javobgar bo‘ladilar.
Soliq belgilangan muddatda to‘lanmagan hollarda muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun to‘lanmagan summaning 0,5 foizi miqdorida penya yoziladi.
7-modda. Soliq undirilishini nazorat qilish
Jismoniy shaxslarning mol-mulkidan vaqtida, to‘g‘ri va to‘liq soliq undirilishini nazorat qilish davlat soliq organlari zimmasiga yuklatiladi.
|