• 1032-modda. Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish
  • Intellektual mulk 1031-modda. Intellektual mulk obyektlari




    Download 85,94 Kb.
    bet1/40
    Sana19.02.2024
    Hajmi85,94 Kb.
    #158874
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
    Bog'liq
    IM huquqi



    Intellektual mulk

    1031-modda. Intellektual mulk obyektlari
    Intellektual mulk obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
    1) intellektual faoliyat natijalari:
    fan, adabiyot va san’at asarlari;
    Oldingi tahrirga qarang.
    ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlari;
    elektron hisoblash mashinalari (bundan buyon matnda EHM deb yuritiladi) uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari;
    (1-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi O‘RQ-79-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
    ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari;
    seleksiya yutuqlari;
    oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau);
    2) fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar:
    firma nomlari;
    tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari);
    Oldingi tahrirga qarang.
    geografik ko‘rsatkichlar;
    (1031-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-noyabrdagi O‘RQ-878-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 03/23/878/0852-son — 2024-yil 17-fevraldan kuchga kiradi)
    tovarlar chiqarilgan joy nomi;
    3) ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual faoliyatning boshqa natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar.
    1032-modda. Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish
    Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish ularning yaratilganligi tufayli yoxud ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda vakolat berilgan davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza berilishi natijasida yuzaga keladi.
    Oshkor etilmagan axborotga huquqiy muhofaza berish shartlari qonun bilan belgilanadi.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi va 5-bobi, O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 397-II-son “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 395-II-son “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 218-II-son “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 267-II-son “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4, 6, 322-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan “Patent vakillari to‘g‘risida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellatsiya kengashi to‘g‘risida nizom, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2018-yil 4-iyundagi 14/6-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”.

    Download 85,94 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




    Download 85,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Intellektual mulk 1031-modda. Intellektual mulk obyektlari

    Download 85,94 Kb.