• 1034-modda. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar
  • -modda. Intellektual mulk obyektlariga shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlar




    Download 85,94 Kb.
    bet2/40
    Sana19.02.2024
    Hajmi85,94 Kb.
    #158874
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
    Bog'liq
    IM huquqi

    1033-modda. Intellektual mulk obyektlariga shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlar
    Intellektual faoliyat natijalarining mualliflari ana shu natijalarga nisbatan shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega bo‘ladilar.
    Shaxsiy nomulkiy huquqlar muallifga uning mulkiy huquqlaridan qat’i nazar, tegishli bo‘ladi va uning intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan mulkiy huquqlari boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda uning o‘zida saqlanib qoladi.
    Fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar yoki xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar (bundan buyon matnda — xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositalar)ga nisbatan huquq egalariga bu vositalar borasida mulkiy huquqlar tegishli bo‘ladi.
    Mualliflik huquqi (intellektual faoliyat natijasining muallifi deb e’tirof etilish huquqi) shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi va ijodiy mehnati bilan intellektual faoliyat natijasini yaratgan shaxsgagina tegishli bo‘ladi.
    Mualliflik huquqi boshqa shaxsga o‘tkazilmaydi va berilmaydi.
    Agar natija ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo‘lsa, ular hammualliflar hisoblanadilar. Intellektual mulkning ayrim obyektlariga nisbatan qonunda asarning to‘laligicha hammualliflari deb hisoblanadigan shaxslar doirasi cheklab qo‘yilishi mumkin.
    1034-modda. Intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar
    Intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mulkiy huquqlar egasiga ana shu intellektual mulk obyektidan o‘z xohishiga ko‘ra har qanday shaklda va har qanday usulda mutlaq qonuniy foydalanish huquqi tegishli bo‘ladi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Huquq egasiga mutlaq huquq asosida tegishli bo‘lgan intellektual mulk obyektlaridan boshqa shaxslarning foydalanishiga faqat huquq egasining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
    (1034-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi O‘RQ-79-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
    Intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquq egasi bu huquqni boshqa shaxsga to‘liq yoki qisman o‘tkazishga, intellektual mulk obyektidan boshqa shaxs foydalanishiga ruxsat berishga haqli va, agar bu ushbu Kodeks va boshqa qonunlarning qoidalariga zid bo‘lmasa, ularni boshqacha tarzda tasarruf etishga haqli.
    Mutlaq huquqlarni cheklashga, shu jumladan intellektual mulk obyektidan boshqa shaxslar foydalanishiga imkoniyat berish yo‘li bilan cheklashga, bu huquqlarni haqiqiy emas deb topishga va ularni tugatishga (bekor qilishga) ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan hollarda, doiralarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Mutlaq huquqlarni cheklash bunday cheklash intellektual mulk obyektidan normal foydalanilishiga o‘rinsiz ziyon yetkazmagan va huquq egalarining qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi.
    (1034-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi O‘RQ-79-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)

    Download 85,94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




    Download 85,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Intellektual mulk obyektlariga shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlar

    Download 85,94 Kb.