• 1050-modda. Mualliflik huquqining himoya belgilari
  • -modda. Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslarning huquqlari




    Download 85,94 Kb.
    bet9/40
    Sana19.02.2024
    Hajmi85,94 Kb.
    #158874
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40
    Bog'liq
    IM huquqi

    1049-modda. Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslarning huquqlari
    Oldingi tahrirga qarang.
    Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslar (audiovizual asarlarni tayyorlovchilar, ensiklopediyalar noshirlari, prodyuserlar va boshqa shu kabilar) tegishli asarlarning mualliflari deb e’tirof etilmaydi. Biroq ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, bunday shaxslar ana shu asarlardan foydalanishda mutlaq huquqlarga ega bo‘ladilar.
    Audiovizual asarni tayyorlovchi bu asardan foydalanilganda o‘z ismi yoki nomini ko‘rsatishga yoxud ismi yoki nomi ko‘rsatilishini talab qilishga haqlidir.
    Ensiklopediyalar, ensiklopedik lug‘atlardan, ilmiy ishlarning davriy va davomli to‘plamlaridan, gazetalar, jurnallar hamda boshqa davriy nashrlardan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqlar ularning noshiriga tegishlidir. Bunday nashrlardan har qanday tarzda foydalanilganda noshir o‘z ismi yoki nomini ko‘rsatishga yoxud ismi yoki nomi ko‘rsatilishini talab qilishga haqlidir. Bunday nashrlarga kiritilgan asarlarning mualliflari, agar mualliflik shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, umuman nashrdan qat’i nazar, o‘z asarlaridan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqlarini saqlab qoladilar.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasi.
    (1049-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi O‘RQ-79-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
    1050-modda. Mualliflik huquqining himoya belgilari
    Alohida mualliflik huquqining egasi o‘z huquqlaridan xabardor etish uchun asarning har bir nusxasida aks ettiriladigan va quyidagi uch unsurdan iborat mualliflik huquqining himoya belgisidan foydalanishi mumkin:
    aylana ichiga olingan lotincha “S” harfi;
    alohida mualliflik huquqlari egasining ismi (nomi);
    asar birinchi marta e’lon qilingan yil.
    Mualliflik huquqining himoya belgisida ko‘rsatilgan shaxs, basharti boshqa hol isbotlanmagan bo‘lsa, huquq egasi hisoblanadi.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasi.

    Download 85,94 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   40




    Download 85,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslarning huquqlari

    Download 85,94 Kb.