• 1059-modda. Asarlarni muallifning roziligisiz va haq to‘lanmagan holda shaxsiy maqsadlarda takrorlash
  • 1060-modda. Asarlarni omma oldida erkin ijro etish
  • -modda. Mualliflik huquqlarining cheklanishi




    Download 85,94 Kb.
    bet12/40
    Sana19.02.2024
    Hajmi85,94 Kb.
    #158874
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
    Bog'liq
    IM huquqi

    1058-modda. Mualliflik huquqlarining cheklanishi
    Oldingi tahrirga qarang.
    Muallif va boshqa shaxslarning asardan foydalanish borasidagi mutlaq huquqlarini cheklashga ushbu Kodeksning 1059—1062-moddalarida yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. Mazkur cheklashlar asardan normal foydalanilishiga o‘rinsiz ziyon yetkazmagan va muallifning qonuniy manfaatlarini asossiz kamsitmagan taqdirdagina tatbiq etiladi.
    (1058-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi O‘RQ-79-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    1059-modda. Asarlarni muallifning roziligisiz va haq to‘lanmagan holda shaxsiy maqsadlarda takrorlash
    Oshkor qilingan asarni shaxsiy maqsadlarda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq to‘lanmagan holda takrorlashga yo‘l qo‘yiladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
    Ushbu modda birinchi qismining qoidalari:
    binolar va inshootlar shaklidagi arxitektura asarlarini takrorlashga;
    ma’lumotlar bazalarini yoki ularning muhim qismlarini takrorlashga;
    qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno qilganda, EHM uchun dasturlarni takrorlashga;
    kitoblarni (to‘laligicha) va notali matnlarni reprografik takrorlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasi.
    (1059-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi O‘RQ-79-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
    1060-modda. Asarlarni omma oldida erkin ijro etish
    Oldingi tahrirga qarang.
    Chop etilgan musiqa asarlarini rasmiy, diniy va dafn marosimlarida bunday marosimlarning xususiyatiga mos hajmda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz hamda haq to‘lanmagan holda omma oldida ijro etishga yo‘l qo‘yiladi.
    (1060-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi O‘RQ-79-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Oldingi tahrirga qarang.

    Download 85,94 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




    Download 85,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Mualliflik huquqlarining cheklanishi

    Download 85,94 Kb.