|
Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muxammad al-xorazimiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
bet | 1/3 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 314,92 Kb. | | #127156 |
Bog'liq ML must
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUXAMMAD AL-XORAZIMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
«Sun’iy intellekt» kafedrasi
MASHINALI O‘QITISHGA KIRISH FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Bajardi: 221-21 guruh talabasi
Ahmadjonov Ibrohim
Qabul qildi: Javohir Normurodov
Toshkent – 2023
Mavzu: Mashinali o‘qitishda instrumental vositalardan foydalanish.
Reja:
1. O’zgaruvchilar turlari va Amallar
2. List va Matritsalar
3. Sikl operatorlari va Funksiyalar
4. Pandasda yangi ma’lumot e’lon qilish, o’qish va yozish
5. Pandasda indekslash va tanlash
Kirish
Hozirgi kunimizda hayotimiz texnologiyalar va ma’lumotlar bilan to’lgan bir paytda, Sun’iy intellekt katta tezlik bilan rivojlanmoqda, va albatta, Mashinali o’qitishning sun’iy intellektdagi o’rni juda katta. Ammo mashinali o’qitish uchun avvalo kerakli dasturlash qobiliyatlari, texnologiyalar, qurilmalar, va eng 1 – navbat yetarlicha matematik bilimlar talab etiladi. Biz hozirda eng muhim laridan bo’lgan python dasturlash tilining mashinali o’qitish uchun muhim bo’lgan qismlarini iloji boricha o’rganishga harakat qilamiz.
O’zgaruvchilar turlari va Amallar
Bularga: Butun(int), Haqiqiy(float), Satrli(str), komplex(complex) turlari kiradi.
Butun sonlarni qo“shish, ayirish, bo“lish, darajaga oshirish amallari python da ham mumkin.
a = 10
b = 5
print(a + b) # 15
print(a – b) # 5
print(a * b) # 50
print(a ** b) # 100000
print(pow(a, b)) # 100000
print(a // b) # 2
print(a / b) # 2.0
*Eslatma // amali butun bo“lish uchun(bu bo“lib olib shu zahoti butunga o“tkazadi), / amali esa haqiqiy qiymatini ma“lum bir aniqlik chegarasida qaytaradi.
Butun son turiga o“tish uchun int() funksiyasidan foydalaniladi.
Haqiqiy sonlar bilan ham yuqoridagi amallarni bajarish mumkin, bular bilan qo“shimcha ravishda haqiqiy sonlar uchun xos bo“lgan bir nechta funksiyalar bor
import math
a = 3.943
print(round(a, 2)) # 3.94 (Sonni 10-2 xonagacha yaxlitlash)
print(math.floor(a)) # 3 (Sonni pastga qarab yaxlitlash)
print(math.ceil(a)) # 4 (Sonni yuqoriga qarab yaxlitlash)
Haqiqiy son turiga o“tish uchun float() funksiyasidan foydalaniladi.
Qolgan turlar ML da uncha ishlatilmaydi, shunga ularga to“xtalib o“tmaymiz.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muxammad al-xorazimiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|