• 1065-modda. Mualliflik huquqining amal qilish muddati
  • -modda. Mualliflik huquqining amal qilish sohasi




    Download 85,94 Kb.
    bet14/40
    Sana19.02.2024
    Hajmi85,94 Kb.
    #158874
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
    Bog'liq
    IM huquqi

    1063-modda. Mualliflik huquqining amal qilish sohasi
    Ushbu Kodeksga muvofiq mualliflik huquqi:
    O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy turar joyiga ega bo‘lgan mualliflarning yoki mualliflik huquqining boshqa dastlabki egalik qiluvchilarining asarlariga;
    mualliflarning fuqaroligi va doimiy turar joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasida birinchi marta chop etilgan asarlarga;
    O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida muhofaza qilinadigan asarlarga tatbiq etiladi.
    Agar asar O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida birinchi marta chop etilgan sanadan so‘ng o‘ttiz kun ichida O‘zbekiston Respublikasi hududida chop etilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida ham birinchi marta chop etilgan deb hisoblanadi.
    O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq asarga O‘zbekiston Respublikasi hududida muhofaza berilgan taqdirda, asar muallifi mualliflik huquqini olish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan yuridik fakt qaysi davlatning hududida sodir bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha davlatning qonuni bilan aniqlanadi.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasi.
    (1063-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi O‘RQ-79-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
    Oldingi tahrirga qarang.
    (1064-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi O‘RQ-79-sonli Qonuni bilan chiqarilgan— O‘R QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)
    1065-modda. Mualliflik huquqining amal qilish muddati
    Oldingi tahrirga qarang.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning vafotidan keyin yetmish yil davomida amal qiladi, ushbu moddada va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
    Hammualliflikda yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng uzoq umr ko‘rgan oxirgi shaxs vafot etganidan keyin yetmish yil davomida amal qiladi.
    (1065-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-avgustdagi O‘RQ-709-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son)
    Taxallus ostida yoki imzosiz qonuniy oshkor qilingan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi asar oshkor qilinganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi. Agar ko‘rsatilgan muddat ichida taxallus ostidagi yoki imzosiz asar muallifi o‘z shaxsini ma’lum qilsa yoki bundan buyon uning shaxsi shubhaga o‘rin qoldirmasa, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddatlar qo‘llaniladi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Muallifning vafotidan keyin birinchi marta e’lon qilingan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi asar e’lon qilinganidan keyin yetmish yil davomida amal qiladi.
    (1065-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-avgustdagi O‘RQ-709-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son)
    Mualliflik huquqi, mualliflik ismiga bo‘lgan huquq va muallif obro‘sini himoya qilish huquqi muddatsiz muhofaza qilinadi.
    Asarga O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq muhofaza berilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi hududida mualliflik huquqining amal qilish muddati ushbu moddaga binoan belgilanadi. Lekin bu muddat asar kelib chiqqan mamlakatda belgilangan mualliflik huquqining amal qilish muddatidan oshib ketmasligi kerak.
    Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlarni hisoblash muddatning o‘ta boshlashi uchun asos bo‘ladigan yuridik fakt yuz bergan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan e’tiboran boshlanadi.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-son “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunning 35-moddasi.
    (1065-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 16-yanvardagi O‘RQ-79-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 3-son, 21-modda)

    Download 85,94 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




    Download 85,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Mualliflik huquqining amal qilish sohasi

    Download 85,94 Kb.