• 1086-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasining hammualliflari
  • 1087-modda. Xizmat ixtirolari, foydali modellari, sanoat namunalari
  • -modda. Patentga bo‘lgan huquqni tasarruf etish




    Download 85,94 Kb.
    bet22/40
    Sana19.02.2024
    Hajmi85,94 Kb.
    #158874
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
    Bog'liq
    IM huquqi

    084-modda. Patentga bo‘lgan huquqni tasarruf etish
    Patent olish huquqi, talabnomani ro‘yxatdan o‘tkazishdan kelib chiqadigan huquqlar, patentga egalik huquqi va patentdan kelib chiqadigan huquqlar boshqa shaxsga to‘liq yoki qisman berilishi mumkin.
    1085-modda. Mualliflik huquqi
    Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga mualliflik huquqi va maxsus nom berish huquqi ixtiro, foydali model, sanoat namunasining muallifiga tegishlidir.
    Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga bo‘lgan mualliflik huquqi va boshqa shaxsiy huquqlar patentga asoslangan huquqlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran vujudga keladi.
    Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi muallifini qonun maxsus huquqlar, imtiyozlar va ijtimoiy tusdagi afzalliklar bilan ta’min etishi mumkin.
    Talabnomada muallif tariqasida ko‘rsatilgan shaxs boshqacha holat isbotlangunga qadar muallif hisoblanadi. Huquq yuzaga kelishidan avval mavjud bo‘lgan faktlar va holatlargina dalil tariqasida jalb etilishi mumkin.
    1086-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasining hammualliflari
    Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi hammualliflarining o‘zaro munosabatlari ular o‘rtasidagi kelishuv bilan belgilab qo‘yiladi.
    Ixtiro, foydali model, sanoat namunasini yaratishga noijodiy yordam berish (texnikaviy, tashkiliy yoki matematik yordam, huquqlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashish va hokazolar) hammualliflikka sabab bo‘lmaydi.
    1087-modda. Xizmat ixtirolari, foydali modellari, sanoat namunalari
    Xodim o‘z xizmat majburiyatlarini yoki ish beruvchidan olgan aniq topshiriqni bajarish vaqtida yaratgan ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga (xizmat ixtirosiga) patent olish huquqi, basharti bu ular o‘rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, ish beruvchiga tegishli bo‘ladi.
    Xizmat ixtirosi, foydali modeli, sanoat namunasi uchun muallifga to‘lanadigan mukofot puli miqdori, to‘lov sharti va tartibi u bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv bilan belgilab qo‘yiladi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda qarorni sud chiqaradi. Basharti muallif va ish beruvchining xizmat ixtirosi, foydali modeli yoki sanoat namunasini yaratishga qo‘shgan hissasini aniq belgilashning iloji bo‘lmasa, ish beruvchi olgan yoki oladigan foydaning yarmisiga bo‘lgan huquq muallifniki deb e’tirof etiladi.

    Download 85,94 Kb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




    Download 85,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Patentga bo‘lgan huquqni tasarruf etish

    Download 85,94 Kb.