• 1083-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish huquqi
  • -bob. Sanoat mulkiga bo‘lgan huquq (ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga bo‘lgan huquq)




    Download 85,94 Kb.
    bet21/40
    Sana19.02.2024
    Hajmi85,94 Kb.
    #158874
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
    Bog'liq
    IM huquqi

    62-bob. Sanoat mulkiga bo‘lgan huquq (ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga bo‘lgan huquq)
    1082-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasini huquqiy jihatdan muhofaza qilish
    Ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga bo‘lgan huquq patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qo‘yiladigan, patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda vakolatli davlat organining bunday hujjat berish tartibi qonun bilan belgilab qo‘yiladi.
    (1082-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-oktabrdagi O‘RQ-640-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son)
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 397-II-son “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi.
    1083-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanish huquqi
    Patent bilan muhofazalangan ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan o‘z xohishicha foydalanishdagi alohida huquq, shu jumladan muhofazalangan yechimlarni qo‘llangan holda mahsulot ishlab chiqarish, patent bilan muhofazalangan texnologik jarayonlarni o‘z ishlab chiqarishida qo‘llash, muhofazalangan yechimga ega bo‘lgan mahsulotlarni sotish yoki sotishga taklif etish, tegishli mahsulotlarni chetdan keltirish huquqi patent egasiga tegishlidir.
    Patent egasidan boshqa shaxslar uning ruxsatisiz ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanishga haqli emas, bunday foydalanish ushbu Kodeks yoki boshqa qonunga muvofiq patent egasining huquqlarini buzish hisoblanmaydigan hollar bundan mustasno.
    Patentlangan ixtironi, foydali model yoki sanoat namunasini qo‘llangan holda mahsulotni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llanish, chetdan olib kelish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlash, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo‘llanish yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul vositasidagina tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlash patent egasi alohida huquqining buzilishi hisoblanadi.
    Boshqacha holat isbotlangunga qadar mahsulot patentlangan usul bilan tayyorlangan hisoblanadi.
    LexUZ sharhi
    Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi 397-II-son “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi.


    Download 85,94 Kb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




    Download 85,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Sanoat mulkiga bo‘lgan huquq (ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga bo‘lgan huquq)

    Download 85,94 Kb.