Kirish. Metalurgiyada issiqlik texnikasi fanining ahamiyati. Yoqilg’ilar va ularning xossalari kirish




Download 67.29 Kb.
bet1/10
Sana14.04.2024
Hajmi67.29 Kb.
#195260
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 (3)
Optik asboblar 3 чорак, Nókis qala 5-mektep IV-sherek fizika 6-kl , yuqumli kasalliklar faniga kirish-1, Avesto, mo\'rilar

Kirish. Metalurgiyada issiqlik texnikasi fanining ahamiyati. Yoqilg’ilar va ularning xossalari
KIRISH

O‘zbekiston zaminida mavjud bo‘lgan boyliklarga ega davlatlar jahon xaritasida ko‘p emas. O‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxranadi – bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan.


Har qanday mamlakatning iqtisodiy va mafkuraviy salohiyati unda mavjud tabiiy boylik, energiya resurslari va shu mamlakat egasi bo‘lgan har bir insonning bu boyliklardan oqilona foydalanishga yo‘naltirilgan munosabati bilan belgilanadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Hozirgi kunda mustaqil respublikamiz o‘zida ishlab chiqarilayotgan rangli, qimmatbaho, noyob va qora metallari bilan dunyo bozorida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Qadimdan ma’lumki, insoniyat toshdan (rudadan) metall ajratib olishda issiqlikdan foydalanib kelgan. Hozirgi texnika va texnologiyalarni rivojlantirilgan bir davrda ham metallurgiyani issiqlik energiyasisiz tasavvur etish qiyin. Chunki har qanday metallurgik jarayonlar (pirometallurgik, gidrometallurgik) issiqlik yutish yoki chiqarish bilan boradigan fizik-kimyoviy o‘zgarish orqali amalga oshiriladi. Ayniqsa metallurgik jarayonlar katta miqdorda issiqlik talab etadigan, yuqori haroratlarda (800°C-1500°C) ishlaydigan agregatlarda olib boriladi. Demak, metal-lurgiyada issiqlik xomashyosidan metall olishda, ulardan turli qotishmali mahsulotlar tayyorlashda asosiy omil bo‘lish bilan bir qatorda, shu mahsulotlarning tan narxini belgilashda asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi, chunki metallurgik jarayonlarni issiqlik bilan ta’minlash uchun juda katta miqdorda yoqilg‘i (tabiiy gaz, mazut, ko‘mir) va elektr energiyasini sarflashini talab etadi. Shunday ekan metallurgiyada issiqlik energiyasidan unumli foydalanish mutaxassisdan bir qator bilimlarni o‘rganishni talab etadi, bularga: metallurgiyada issiqlik bilan boradigan jarayonlar, issiqlik manbalari va ularni jarayonlar boradigan agregatlarga yetkazib berish, agregatlarda uglerodli yoqilg‘ilarning yonishi va elektr energiyasining issiqlik energiyasiga aylanishi issiqlik almashuvi, issiqlik sarfi, agregatlarda issiqlikga chidamli materiallar qo‘llanilishi va boshqalar kiradi. Bularning barchasini «Metallurgik jarayonlarda issiqlik va massa almashuv» fani o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, mutaxassis tayyorlashda ahamiyati katta.


Download 67.29 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 67.29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kirish. Metalurgiyada issiqlik texnikasi fanining ahamiyati. Yoqilg’ilar va ularning xossalari kirish

Download 67.29 Kb.