|
Bajardi: 111-21- guruh
|
Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 418,55 Kb. | | #100963 |
Bog'liq 111-21 guruh
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH UNIVERSITETI
MUHANDISLIK FAKULTETI
MUSTAQIL ISH TAQDIMOTI
BAJARDI: 111-21- GURUH
Komilov Mirg’iyos
MAVZU: POLISTIROLBETON XOSSALARI VA ULARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI. REJA: 1. Polistirolbeton qanday material. 2. Polistirolbeton nimalarda ishlatiladi. 3. Qurilishda qo’llanishinining avzalliklari
Qurilish materiallari sohasida olib borilayotgan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalari ishlab chiqarish jarayonlarini yaxshilash hamda yangi innovatsion tehnologiyalarni qoʻllagan holda, issiqlik izolyatsion hamda mustahkamligi yuqori boʻlgan materiallarni ishlab chiqarish, mamlakatimiz hududida joriy qilinmoqda. Ma’lumki, devorbop qurilish gʻishtini ishlab chiqarish sanoati koʻp issiqlik sarfini talab etadigan ishlab chiqarish sohalardan biridir. Sarflanadigan issiqlik tannarxning kattaqismini tashkil etadi.
Bunda issiqlik asosan materialni quritish va pishirish uchun sarflanadi. Ushbu qurilish gʻishtini oʻrniga issiqlik izolyatsion polistirolbeton bloklar ishlab chiqarilsa hamda undan uy-joy, bino-inshootlar qurilishida foydalanilsa, bu qurilish materiali ishlab chiqarish jarayonida sarflanadigan yoqilg’idan voz kechish va xonalarni isitishda issiqlik sarfini iqtisod qilish imkonini beradi
Polistirolbeton koʻp funksiyali qurilish materiali hisoblanadi. Ishlab chiqarish tehnologiyasi ancha oddiy va ishlab chiqarishda ishlatiladigan jihozlarga energiya sarfi kam talab qilinadi. Polistirolbetonni ishlatilish joyi va ishlatilish iqlim sharoitiga qarabxossalarini yaxshilash va boshqarish mumkin. Shuning uchun ham uning xossalari katta intervalda oʻzgaruvchan hisoblanadi. Polistirolbeton kengaytirilgan polistirol granulalari va bogʻlovchilar asosida ishlab chiqariladigan yengil beton hisoblanadi. Polistirolbeton tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar (GOST R 51263-99 ) ning talablariga javob berishi va belgilangan texnik xossalarga ega boʻlishi kerak.
Polistirol koʻpikli granulalar polistirolbeton uchun toʻldiruvchi sifatida ishlatiladi. Polistirol ko’pikli granulalar penoplastlarni qayta ishlash natijasida olinishiga ham ruxsat etiladi.
Polistirol ko’pikli granulalarning fraksiyasi 2-40 mm dan katta boʻlmasligi hamda uning namlik miqdori 15% dan koʻp bo’lmasligi kerak. Polistirolbeton uchun ishlatiladigan polistirol granulalarining zichligi 15-20 kg/m3ga teng. Bogʻlovchi sifatida portlandsement yoki shlakaportlandsement ishlatilshi maqsadga muofiq, chunki bu bog’lovchilarni polistirol bilan bogʻlanishi boshqa sementlarga nisbatan ancha ijobiydir. Polistirol granulasining zichligi juda kam boʻlganligi sababli sement bilan bog’lanishdagi boʻladigan reaksiyani amalga oshirishjuda qiyindir shuning uchun biz kimyoviy qoʻshimchalardan foydalanamiz. Kimyoviy qo’shimchalar (havo kirituvchi, plastiklashtiruvchi hamda qotishini tezlashtiruvchi) dan foydalanishimiz maqsadga muofiq
Polistirolbeton oʻrtacha zichligi ρ=200-1200 kg/m3 , issiqlik oʻtkazuvchanlik koffitsienti λ =0.055-0.145W/m·K, suv shimuvchanlik koeffitsienti W=8-18%, olovga ta’siriga yuqori bardoshlilik xossasiga ega. Polistirolbeton ishlatilish maqsadi va xossalariga qarab, zichligi yuqori polistirolbeton, gʻovakli polistrolbeton, serg’ovakli polistrolbeton turlariga bo’linadi. Polistirol beton bloklari ishlab chiqarishda asosan quydagi 1.1- jadvalda keltirilgan tarkibdan foydalanish maqsadga muofiqdir
Polistirolbeton qo’llaniladigan sohalar:
1. Issiqlikni o’tkazmaydigan plita va bloklar ishlab chiqarilishi;
2. Bino tomlarining issiqlik izolyatsiyasi;
3. Issiq monolit pol va devorlarni quyish;
4. Yer usti va yer osti teplotrassalarining issiqlik izolyatsiyasi;
5. Monolit uylar va inshootlarning qurilishi; Polistirolbetonni parmalash, frezerlash va oddiy arra bilan arralashmumkin. U suvni o’ziga singdirmaydi.
Polistirol betonning qurilishda ishlatishning avzallik tomonlari;
Polistirol beton bloklarni terishdagi qorishmaning hajmini g’isht terishdagi qorishma hajmiganisbatan70%gacha kamaytirilishi.
issiqlik izolyatsiya xossasi yuqoriligi tufayli isitish tizimida kam energiya sarfiga erishiladi.
600x400x300mm hajmdagi polistirolbeton blok , 7-8 dona oddiy qurilish g’ishti hajmiga tengligi sababli,qurilishjarayoni3-4barobar tezlashadi.
bloklarning qirralar itekisligi sababli,bloklar orasidagi gorizontal va vertikal choklar 3-4 mm ni tashkil etadi bu esa tashqi muhitdan kirib keluvchi to’g’ridan –to’g’ri sovuq havoni kirishini kamaytiradi.
bloklarni terishda ulkan mashina–mexanizmlardan foydalanilmaydi
Polistirol beton biologik muxitga, sovuqqa va olovga bardoshli, yaxshi tovush va issiqlik o'tkazuvchanlik xossalariga ega.
Polistirol beton bloklarining umriboqiyligi 100 yilni tashkil etadi, shu sababli binolarning umri boqiyligi taminlanadi.
Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi polistirol beton bloklaridan foydalanish orqali yuqori sifatli binolarning qurilish vaqtini qisqarishi, qisqa muddatda katta natijaga erishish, iqtisodiy jihatdan arzonlashtirilgan bino va inshootlarga ega bo‘lishga erishish, binoning umrboqiyligini uzaytirishni ta‘minlash bilan bir vaqtda, binoning ichki va tashqi zamon talablariga javob bera oladigan darajada qurib bitirish imkonini beradigan optimal variantlarini beradi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Botirqulovna, R. N. (2022). KIMYOVIY QO ‘SHIMCHANING YENGIL BETONLARNING FEZIKMEXANIK XOSSALARIGA TA’SIRINI O ‘RGANISH. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(10), 54-56. 2. Nurmamatov, N. R., & Tilavov, E. N. O. G. L. (2022). Bazalt tolasi asosida fibrabeton optimal tarkibini tanlash va fizik mexanik xossalarini taxlili. Science and Education, 3(3), 153-160. 3. Istamov, Y., & O’roqboyev, O. B. (2022). YUQORI MUSTAHKAM BETONLAR OLISHDA KIMYOVIY VA MINERAL QO’SHIMCHALAR YORDAMIDA FIZIK-MEXANIK XOSSALLARINI TADQIQ ETISH. Journal of Integrated Education and Research, 1(1), 310-318. 4. Botirova, N., Abdikomilova, M., Botirov, B., & Abdullayev, M. (2022). 1(17), 99-106. 5. Botirova, N., Abdikomilova, M., & Botirov, B. (2022). SANOAT BINOLARINI LOYIHALASHNING UMUMIY ASOSLARI. Models and methods in modern science, 1(17), 75-81. 6. Nazirboyevich, A. R. (2022, September7. Rasul, A. (2022). KO’PCHITILGAN VERMIKULITNING YENGIL BETONLARDA QO’LLANILISHI VA BETON KIRISHISHI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(10), 50-53. 8. Rasul, A., & Lazizjon, H. (2023, February). BETON TO ‘LDIRUVCHILARINING G ‘OVAKLIK XOSSASI HAMDA G ‘OVAK TO ‘LDIRUVCHILARNING HOZIRGI KUNDA QO’LLANILISHI. 9. Nazirbayevich, A. R., & Lazizjon, H. (2023). SANOAT CHIQINDI MAHSULOTLARI VA POLIMER XOM ASHYOLARDAN FOYDALANGAN HOLDA ZAMONAVIY QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISH ISTIQBOLLARI
|
| |